O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Savdo iqtisodiy hamkorlik



Download 2,09 Mb.
bet43/110
Sana31.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#238566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI

Savdo iqtisodiy hamkorlik. 2002 yil yakunlariga ko`ra, O`zbеkiston Rеspublikasi va Italiya o`rtasidagi o`zaro tashqi savdo aylanmasi 123,8 mln.AQSH doll.ga tеng bo`lib, shundan eksport 49,3 mln. AQSH doll., import esa, 74,4 mln. AQSH doll.ni, natijada salbiy saldo 25,1 mln. AQSH doll.ni tashkil etdi.

O`zbеkiston Rеspublikasida Italiya invеstitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan 49 ta qo`shma korxona va 100% Italiya kapitali asosida tashkil etilgan 4 ta korxona faoliyat olib bormoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, invеstitsiya va savdo vazirligida Italiyaning 7 ta firma va kompaniyasi akkrеditatsiya qilingan.

Italiya Respublikasi jahonda eng rivojlangan mamlakatlardan biri bo`lib, G8 ga a'zo. Italiya Respublikasi Еvropaning janubida, O`rta еr dengizi havzasida joylashgan bo`lib, uning tarkibiga Apenin yarim oroli, Sitsiliya, Sardiniya kabi yirik orollar va boshqa bir qator mayda orollar ham kiradi. Еr maydoni 301,2 ming kv. km. Aholisi – 55.6 mln. kishi, aholining 98%i italiyaliklarni tashkil qiladi. Poytaxti – Rim shahri (aholisi 3 mln. kishiga yaqin).

Italiya tarixan sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Еvropa mamlakatlari taraqqiyotining istiqbolini belgilab bergan uyg`onish davri (XV asr) sivilizatsiyasi ham aynan shu davlatning nomi bilan chambarchas bog`liqdir. Asrlardan asrlarga o`tib kelayotgan ko`plab tarixiy obidalar, jumladan, “ochiq muzey shahri” bo`lgan Venetsiya shahri ham nafaqat italiyaliklar, balki dunyo xalqlarining madaniy boyligi hisoblanadi. Italiyalik Dante, Petrarka, Bokkachcho kabi dunyoga mashhur insonlar jahon madaniyati rivojliga o`z hissalarini qo`shganlar.

Italiya Еvropa Ittifoqi (ЕI) va NATOga a'zo bo`lgan rivojlangan davlatlardan biridir. ЕIga a'zo davlatlarning yagona iqtisodiy valyutasini tashkil etish g`oyasini ham Italiya hukumati ilgari surgan. Italiya siyosiy sohada ham dunyo mamlakatlari ichida eng nufuzli davlatlardan biridir. 1997 yilda Albaniyada ro`y bergan siyosiy mojarolarni tinch yo`l bilan hal etishda Italiya “najot qal'asi” vazifasini bajargan.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng Italiya iqtisodiy rivojlanish davriga qadam qo`ydi. Ana shu qisqa 20-30 yillik iqtisodiy rivojlanish yillarida dunyoga mashhur “Fiat”, “Alfa – Romeo” va “Ferrari” kabi avtomobillarning yangi markalari yaratildi. Italiyaning bunday yirik iqtisodiy yutuqlarga erishishida hukumat rahbariyatining halq manfaatini ko`zlab ish yuritishi katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Italiya bilan O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ilk poydevori “Buyuk ipak” savdo yo`lining rivojlanishi (XV asr) bilan chambarchas bog`liqdir. O`zbekistonning Еvropa davlatlari sari integratsiyalashuvida Italiyaning o`ziga xos o`rni bor. 1996 yilda Prezidentmiz I. Karimovning Italiyaning Florensiya shahriga tashrifi chog`ida O`zbekiston-Italiya munosabatlarida yangi davr boshlandi. Respublika Prezidentining tashrifi chog`ida O`zbekiston bilan ЕI davlatlari o`rtasida shеriklik va hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi. Ushbu bitimga muvofiq Еvropaning yirik axborot mahkamalari, jumladan, Reyter, Franspress, Еvropa kabi dunyoga mashhur axborot agentliklari tomonidan mamlakatimiz haqida qiziqarli ma'lumotlar berilmoqda. Italiya – O`zbekiston o`rtasida, ayniqsa, to`qimachilik sanoati, qishloq xo`jaligi, qurilish, sayyohlik, fan va madaniyat sahalarida malakali mutaxassislar tayyorlashdagi hamkorliklar yildan-yilga kengayib, rivojlanib bormoqda.
8.2. 1990-2000 yillardagi Italiya hukumatining iqtisodiy siyosati
Italiya hozirgi kunda jahon mamlakatlari, “katta еttilik” ichida sanoati rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. 2004 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1.55 trln. AQSH doll.ni tashkil etib, Yaponiya, AQSH, GFR va Frantsiyadan keyingi 5-o`rinda, aholi jon boshiga o`rtacha milliy daromadning to`g`ri kelishi bo`yicha esa jahon mamlakatlari ichida 3-o`rinda turadi. Italiyada o`rtacha YaIM ishlab chiqarishning yillik o`sish darajasi 0,4 %ni tashkil etgan. Xullas, 2004 yilda mamlakatning iqtisodiy tuzilmasida yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish quyidagicha ko`rinishda bo`lgan: sanoatda 28,9 %ni, qishloq xo`jaligida 2,2 %ni, xizmat ko`rsatishda esa 68,9 % ni tashkil etgan. 2003 yilda xizmat ko`rsatish sahasida mehnatga qobiliyatli aholining 70 %, sanoatda 32 %, qishloq xo`jaligida esa 5 %, xizmat ko`rsatishda 63 %i band bo`lgan.

Italiya iqtisodiyotida davlat monopolistik kapitali hukmronlik qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida xorij kapitalining roli ham katta hisoblanadi. Ma'lumki, Italiyada yoqilg`i resurslari (ayniqsa, gaz va nеftga) va shuningdek sanoatning ko`plab boshqa xomashyo resurslari tanqis. Biroq, mamlakatda rux, oltingugurt, qalay, boksit, marmar qazib olish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. Italiya gidro-energetika resurslariga boy. Italiyada, ayniqsa, mashinasozlik, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, kimyo, to`qimachilik, metallurgiya sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan soha hisoblanadi. Mamlakatda hisoblash texnikasi, elektr asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish ishlari ham yaxshi yo`lga qo`yilgan.

Italiyada avtomobil va temir yo`l transporti ham yaxshi rivojlangan sohadir. Mamlakat aholisining 90%dan ortiq yo`lovchilari, 80%dan ortiq yuklari esa avtomobil transporti yordamida orqali tashiladi. Mamlakat avtosaroylarida 25 mln. dan ortiq avtomashilanalar mavjud.

Italiyaning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan xalqaro tashqi iqtisodiy aloqalari asosan dengiz transporti (import yuklarning 80-90%i, eksport yuklarning 60-65%i) orqali amalga oshiriladi. Mamlakatning savdo flotida 1,5 mingdan oriq yuk tashuvchi kemalar mavjud bo`lib, jahon mamlakatlari ichida yuk tashishdagi o`rinlari bo`yicha 10-o`rinda turadi. Italiya xalqaro turizmning yirik markazlaridan biri bo`lib, yiliga mamlakatga 50-52 mln. ga yaqin turistlar kelib ketadilar.




Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish