Italiyaning tashqi savdo siyosati. Rеspublika jahon mamlakatlari ichida tashqi savdo hajmi bo`yicha 6-o`rinda turadi (jahon savdo aylanmasining 6%i). 1999 yilda xorijiy mamlakatlarga nisbatan Italiyada tovarlar aylanmasining o`sish darajasi biroz pasayganligi kuzatilgan edi. 1996 yilga nisbatan tashqi savdo saldosi 3 barobarga qisqargan. 1999 yilda ham tashqi savdoda asosiy o`rinni ЕI davlatlari egallab turgan eksportining 57 %i va importining 61 %i ana shu davlatlarning hissasiga to`g`ri keladi. Eksportining eng o`sgan hududlaridan biri Shimoliy Amerika bo`lgan. 1998 yilda G`arbiy Еvropa mamlakatlrida ro`y bergan moliyaviy inqirozlar ta'sirida Italiyada markaziy va Sharqiy Еvropa mamlaktlaridan tovarlarning qo`plab kirib kelishi kuzatilgan edi. Avvalgi yillar kabi uning eksport pozitsiyasida asosiy o`rinni qayta ishlab chiqarish sanoat mahsulotlari (mashinalar va asbob-uskunalar, transport vositalari, to`qimachilik va to`quv buyumlari, kimyo mahsulotlari) egallagan.
1996-1999 yillarda iqtisodiyotda asosiy tarmoqlar bo`yicha rivojlanishning kvotalari saqlanib qolinishi asosida (qishloq xo`jaligi – 1,6 %, qayta ishlash sanoati – 97,7 %, qazib olish sanoati – 0,2 %, xizmat ko`rsatish sahasi esa 0,5 %) ba'zi tarmoqlar bo`yicha milliy eksport rivojlanishida quyidagi salbiy holatlar ham kuzatilgan edi:
1. An'anaviy rivojlanib kelayotgan sanoat tarmoqlari hissasining pasayishi (asosan to`qimachilik, tikuvchilik, teri va poyafzal sanoatida), ushbu tovarlarga nisbatan Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan tovarlar o`rtasidagi raqobatning kuchayishi, Osiyo va Rossiya bozorlarini egallashida uning moliyaviy muammolari va qisman mamlakatdan tashqarida tovarlarning joylashishi masalalari.
2. Moliyaviy va sug`urta institutlari tomonidan tashqi bozorlarda mashinasozlik sanoat komplеksi mahsulotlarini qo`llab-quvvatlashning qisqartirilishi.
3. 90-yillardan boshlab, kichik va o`rtacha korxonalarning eksportda ishtirok etish faoliyatidagi aktivlikning susayishi (asosan oziq-ovqat va kimyo sanoati, transport mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida), 1999 yilda Italiya eksporti eng kam rivojlanganligi bilan xarakterlanishi.
4. Italiyaning moliyaviy va boshqa tashkilotlari tomonidan еtarli qo`llab-quvvatlanmayotganligi sababli (ayniqsa, kichik va o`rta korxonalarni) ba'zi korxonalar nafaqat tashqi bozorlarda, balki ichki bozorlarda ham xorij kompaniyalari oldida raqobatga bardosh berolmayotganligi va h.k.lar). Natijada 1999 yilda Italiya importida asosiy o`rinni mashinasozlik va transport mahsulotlari, rezina-texnik buyumlar va mebellar turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |