O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Italiyada sanoat siyosati



Download 2,09 Mb.
bet45/110
Sana31.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#238566
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110
Bog'liq
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI

Italiyada sanoat siyosati. Italiyaning sanoat sahasida olib borayotgan siyosati asosan kichik va o`rtacha rivojlangan ishlab chiqarish korxonalarini (MSP) qo`llab-quvvatlash, shuningdek mamlakatning shimoliy va janubiy rayonlari o`rtasidagi iqtisodiy farqlarni qisqartirishga qaratilgan. Chunki bunday ishlab chiqarish korxona-firmalari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Italiyaning 93 %ga yaqin kichik va o`rta miqyosdagi ishlab chiqarish korxona-firmalarida 200 dan kam bo`lmagan ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Ishlab chiqarish firmalarining 85 %i kichik korxonalarni tashkil etib, ulardan 11 kishidan 50 kishiga qadar ishchi va xizmatchilar band. Bunday ishlab chiqarish korxonalari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 40 %ni beradi.

Hozirgi kunda Italiya qishloq xo`jaligi fermalarida ishga yaroqli aholining 5 %, xizmat ko`rsatish sahalarida esa 63 %i band. Italiyaning kichik va o`rta miqyosdagi ishlab chiqarish korxonalari asosan metalni qayta ishlash, to`qimachilik, teri, mebel ishlab chiqarish tashkil topgan. Xullas, Italiya ushbu ishlab chiqarish korxonalarining o`ta ixtisoslashganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining sifatliligi, ixcham va bejirimligi hamda doimo yangilikka intilishi bilan jahon bozorlarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda.

Italiyaning kichik va o`rta korxonalari mamlakatning ma'lum sanoat rayonlarida joylashgan bo`lib, ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatda 800 ga yaqin ishlab chiqarish sanoat rayonlari mavjud. Kichik va o`rta korxonalarning 91 %i Italiyaning shimoli va markaziy rayonlarida, 9 %i esa mamlakatning janubiy qismlarida va shuningdek Sitsiliya va Sardiniya orollarida joylashgan. Mamlakatning janubida ishsizlar soni mamlakatda yashaydigan umumiy aholining 25 %ini tashkil etadi (2003 yilda yoshlar o`rtasidagi ishsizlar soni mamlakat ishga yaroqli aholisining 56,6 %ni tashkil etgan edi).

2004 yilda Italiyaning sanoat tarmoqlarida umumiy aholining 32 %i band bo`lib, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy bahosi 509,7 trln. lirani tashkil etgan. Italiyaning oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida 358 mingga yaqin kishi (umumiy sanoat korxonalar aholisining 8,3 %) band bo`lgan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining 82 %i ichki talabni qondirishga, 5,4%i esa eksportga mo`ljallangan.

2004 yilda Italiyaning to`qimachilik va tikuv sanoati tarmoqlarida ishlayotgan ishchilarning soni 696 ming kishini tashkil etgan (barcha sanoat tarmoqlarida ishlayotgan ishchilarning 16,2 %). Ushbu sanoat tarmoqlarining 53,6 % mahsuloti eksport qilingan holda 46,4 %dan ortiqrog`i esa mamlakatning ichki talabini qondirishga qaratilgan edi. Mamlakat eksportida to`qimachilik sanoati mahsulotlari (asosan ip to`qimachilik sanoati) muhim rol o`ynaydi. Biroq, hozirgi kunda ba'zi bir sabablarga ko`ra ushbu sanoat tarmoqlari ham qarama-qarshiliklarga duch kеlmoqda.

Italiyada teri va poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarish ham rivojlangan soha bo`lib, u jahon mamlakatlari ichida ushbu soha bo`yicha 2- yoki 3-o`rinlardan birida turadi. Ushbu sanoat tarmoqlarida 258 ming ishchi yoki sanoatda ishlayotgan barcha aholining 6 %i banddir. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan poyafzal mahsulotlarining 80 %dan ortiqrog`i eksportga chiqariladi.

Italiyada yog`ochni qayta ishlash va mebel sanoati ham ancha rivojlangan sohadir. Sanoatning ushbu tarmoqlarida 2004 yilda 396 ming kishi yoki sanoatda band aholining 9 %i band bo`lgan. Rеspublika ushbu sanoat mahsulotlarini jahonning barcha mamlakatlariga, asosan, Lotin Amerikasiga eksport qiladi. Qog`oz-tsellyuloza sanoati va nashriyotlarida 241 ming kishi yoki sanoatda band bo`lgan umumiy aholining 5,6 %, kimyo sanoatida 188 ming kishi, sanoatda umumiy aholining 4,4 %i band bo`lgan. Metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida ishlayotgan ishchi va xizmatchilarning umumiy soni esa 552 ming kishini tashkil etgan.

Mamlakatning mashinsozlik tarmoqlarida aholining 11 % (472 ming kishi) banddir. Ushbu tarmoq o`z mahsulotining 70 %ini ichki talabni qondirishga qaratgan holda 55,7 %ni esa eksportga chiqaradi (asosan ЕI va Lotin Amerikasi davlatlariga, Rossiya Fеdеratsiyasi va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqaradi). Italiyaning elektron va elektronika sanoat tarmoqlarida mehnat qilayotgan umumiy aholining 7,6 %i (328 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 50 %ini qondirgan holda 50 %ga yaqin mahsulotni eksportga chiqaradi.

Italiyaning transport vositalarini ishlab chiqarish tarmoqlarida aholining 7,1 % (303 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 47 %ni qondirgan holda, 50 %dan ortiqrog`i eksportga ham chiqarib turadi. Mamlakatning rezina va plastmassa ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarida aholining 4,5% (195 ming kishi) band bo`lib, ushbu sanoat tarmoqlari mamlakat ichki talabini 75 % qondirgan holda 40 %ga yaqin o`z mahsulotini eksportga ham chiqarib turadi. Xizmat ko`rsatish sohalarida umumiy aholining 61,9%i (12.8 mln. kishi) banddir.

2004 yilda ishga yaroqli barcha aholisining 5,5 % (1134 mln. kishi) qishloq xo`jaligi ishlari bilan band bo`lgan edi. Mamlakatda agrar sektor asosan dehqonchilikka yo`naltirilgan bo`lib, ushbu sektorda band bo`lgan aholining 58 %i dehqonchilik bilan, 42 %i esa chorvachilik bilan shug`ullangan. Haydab dehqonchilik qilinadigan еrlarning 50%dan ortig`iga donli ekinlar (yiliga 1 mln. t.ga yaqindan еtishtirib, Еvropa mamlakatlari ichida birinchi o`rinda turadi) ekiladi. Mamlakatning shimoliy rayonlarida dehqon fermer xo`jaliklari bog`dorchilikdan yiliga 6 mln. tonnaga yaqin mevali mahsulotlarni oladi. Mamlakatning janubiy rayonlari asosan bodom, еr yong`og`ini va boshqa subtropik ekinlarni ekishga ixtisoslashtirilgan. Mamlakatning qishloq xo`jaligida yiliga 10 mln. tonnaga yaqin uzum hosili olinadi, shundan 3.3 mln.t. sitrus, 5.5 mln. tonna tomat еtishtiriladi. Italiya xo`jaligida sut va go`sht chorvachiligi asosan mamlakatning shimoliy rayonlaridagi o`tloqli yaylovlarda keng tarqalgan.




Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish