O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 10,37 Mb.
bet42/218
Sana14.02.2022
Hajmi10,37 Mb.
#448952
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218
Bog'liq
B

Qorabaliq (Schizothorax intermedius) — zardabaliq; karp- namo baliqlar turkumining bir turi. O‘rta Osiyo va Hindiston shimolidagi daryolarda tarqalgan. Chuchuk suvda yashovchi bu baliq O‘rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo manbalarida, ko‘p- gina suv havzalarida, jumladan, ko‘l va buloqlarda yashaydi, tog‘ ko‘llarida ham uchrab qoladi. Odatda, suvi sovuq, toza va tez oqadigan havzalarda hayot kechiradi. Bundan 50—60 yil muqaddam Òoshkentning markazidan oqib o‘tadigan Chavlo arig‘ida juda ko‘p uchrardi, keyinchalik ariqning suvi ifloslanishi natijasida yo‘qolib ketdi.
Rangi yashaydigan muhitga bog‘liq. Loyqa suvli daryolarda yashovchilarining orqasi och kulrang, yon tomonlari xira ku- mushrang. Òiniq suvda yashaydiganlarining orqasi qoramtir yoki bo‘zrang, boshi ko‘kimtir, yonlari esa sarg‘ish bo‘ladi. Og‘zi


19-rasm. Qorabaliq.
boshining oldida o‘rnashgan, labi qalin, og‘zining burchaklarida bir juftdan mo‘ylovlari bor. Yelka qanotining birinchi shu’lasi qattiq va uchli, orqa qirrasi arra tishli.
Qorabaliq kunduzi ostidagi kamarlarga kirib yotadi, tunda faol hayot kechiradi umuman, bu baliq pana yerlarga yashirinib yotishni yaxshi ko‘radi. Òoshlar va qotib qolgan loylar ustiga yopishgan o‘simlik va jonivorlarni shox modda bilan qoplangan o‘tkir qirrali pastki jag‘i yordamida qirib olib yeydi. Chavoqlari mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan ovqatlanadi, kattalari esa yirtqichlarcha hayot kechiradi.
3—4 yoshida voyaga yetadi, butun yoz bo‘yi urchiydi. Mart va aprel oylarida, hatto sentabrda ham uvuldirig‘i to‘la yetilgan urg‘ochilariniki urchishi mumkin. Serpushtligi yoshiga bog‘liq — kattarog‘i o‘ng mingtacha va undan ham ko‘proq uvuldiriq tash- lashi mumkin. Uvuldirig‘ini tagi toshloq yoki qumloq, suvi sekin oqadigan sayoz yerlarga qo‘yadi. Òuxumdan yangi chiqqan cha- voqlari may oyidan to avgustgacha urchib turadi. Sekin o‘sadi, 20 yoshlarida eng kattasining bo‘yi 60 santimetrcha keladi, bun- dan yirigi uchramagan.
Laqqa (Silurus glanis) — laqqasimon baliqlar oilasining bir turi. Yevropa, Kichik Osiyo suvlarida, Kaspiy havzalarida yashaydi. O‘rta Osiyoda Artek daryosidan to Chu daryosiga qadar tarqal- gan, lekin Òajan, Murg‘ob va Òalas daryolarida uchramaydi, Bilikul kabi ba’zi ko‘llarda uni baliqchilarning o‘zi ko‘paytirgan. Daryolarning tez oqadigan joylarida va suv ostidagi tinch yerlarda yashaydi, ko‘l hamda suv omborlarining chuqur joylarida bor. Uni Orol dengizi kabi sho‘r suvlarda ham uchratish mumkin. O‘t


20-rasm. Laqqa.
bosgan sayoz ko‘llarda yashovchi laqqa sekin o‘sadi, rangi ham qoraroq bo‘ladi. Baliqchilar daryoda va ko‘lda yashovchi laqqalarni bir-biridan yaxshi farqlashadi.
Laqqa O‘rta Osiyoda yashovchi barcha baliqlardan yirik. Eng kattasining uzunligi 3 m cha, og‘irligi 200 kg keladi. Boshi yassi, og‘zi katta, jag‘larida uchi orqaga qayrilgan bir talay mayda tishlari bor. Pastki labida ancha uzun 4 ta mo‘ylovi, ustki labida yanada uzunroq 2 ta mo‘ylovi bo‘ladi. Bu mo‘ylovlar tuyg‘u organi vazifasini bajaradi. Boshining tepasida o‘rnashgan ko‘zlari kich- kina. Umuman, laqqa va shu oilaga mansub baliqlar yirtqich bo‘lganidan o‘lja tutishida ko‘ruv organi unchalik muhim rol o‘ynamaydi, lekin ularda tuyg‘u organi yaxshi taraqqiy topgan. Ko‘krak va orqa suzgichlarida kuchli va silliq suyak shu’lalari bor. Dumosti suzgichi bo‘yining yarmidan ham uzun. Laqqa yaxshi suza olmaydi, uzoq masofaga ko‘chib yurmaydi.
Bu baliqning terisi yaydoq, tangachalari yo‘q. Rangi o‘z- garuvchan bo‘lib, muhitning rangiga moslashgan. Òiniq suvda yashaydigan yosh laqqaning tanasi tim qora. Kattalarining faqat orqa tomoni qora, yonlari esa ko‘kimtir-kulrang bo‘lib, bir talay qo‘ng‘ir xollari bor. Katta erkaklarining oppoq qornida havo- rang xollari bo‘ladi, loyqa suvda esa tanasi kulrang bo‘lib qoladi, xollari ham «o‘chib» ketadi.
Uch yoshida voyaga yetadi, aprel-may oylarida urchib 500 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. 15 yoshli laqqaning bo‘yi 1,5 m, og‘irligi 20 kg bo‘ladi. Erkagi urg‘ochisiga nisbatan tez- roq o‘sadi. Orol dengizidan tutilgan 30 yoshli laqqa 200 kg tosh bosgan.
Laqqa yirtqich, ko‘pincha baliqlar hamda o‘rdak kabi suvda yashovchi parrandalar bilan oziqlanadi. Ayni vaqtda suvda tushib qolgan qushlar, kemiruvchilar kabi jonivorlarni ham yeyaveradi. Yosh laqqalar hasharotlar va chavoq baliqlar bilan oziqlanadi. Aholining aytishicha, laqqa ba’zan it, qo‘y singari hayvonlarga va hatto yosh bolalarga ham hujum qilar emish, biroq bu hali tasdiqlanmagan. Laqqaning iqtisodiy ahamiyati katta, u eng mazali va yog‘li baliqlardan hisoblanadi.

21-rasm. Moybaliq.



Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish