O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 10,37 Mb.
bet45/218
Sana14.02.2022
Hajmi10,37 Mb.
#448952
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218
Bog'liq
B

Uchlabbaliq (Opsariichthys uncirostris) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur havzasi, Xitoy, Yaponiya va Koreyada tarqalgan, chuchuk suv balig‘i. O‘rta Osiyoga 1960-yili uzoq sharqning qimmatli ovlanadigan baliqlaridan xumbosh va oq amur chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. O‘lkamizning sharoitiga moslashib, ko‘payib ketgan, chunonchi, Chirchiq hovuz-baliq xo‘jaligida boqiladi.
Òabiiy tarqalgan yerlarida eng yiriklarining bo‘yi 32 sm gacha boradi. Amur daryosida yashaydiganlarining uzunligi 16 sm gacha. Uchlab baliqning tanasi cho‘zinchoq, tangachalari zich o‘rnash- gan. Og‘zi keng, dumosti suzgichi ancha katta. Bu baliqning hayoti yaxshi o‘rganilmagan.


23-rasm. Uchlabbaliq.


So‘g‘yon (Barbus brachycephalus) — mo‘ylovbaliq, qoziq shim; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol va Kaspiy dengizla- rida hamda ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Bu baliq Farhod GESi to‘g‘onigacha, Amudaryoda esa Fayzobodning yuqorisigacha boradi. Farhod GESi qurilganda to‘g‘on oldida to‘planishib, undan o‘tishga harakat qilgan. Chu daryosida ham uchraydi, Ili daryosida sun’iy ravishda ko‘paytirilgan.
So‘g‘yon O‘rta Osiyoda ovlanadigan eng yirik baliqlardan biri. Uzunligi 120 sm gacha, og‘irligi esa 23 kg gacha boradi. Usti tangachalar bilan qoplangan, orqa tomoni ko‘m-ko‘k,



24-rasm. So‘g‘yon (mo‘ylovbaliq).

yonlari och ko‘k, qorni oq yoki sarg‘ish rangda. Boshi kichkina, og‘zi pastga qaragan. Ustki labining atrofida 4 ta uzun mo‘ylovi mavjud.


Dengizda qirg‘oqdan uzoqroqda yashaydi. Urchish uchun daryoga o‘tadi, hayotning ko‘p qismini ham daryoda o‘tkazadi. Hatto ko‘pchiligi uzoq muddatga daryoda qolib ketadi degan tax- min ham bor. Umuman, so‘g‘yon daryoga muz erib bo‘lganidan keyin o‘ta boshlasa ham, aksariyati iyun-avgust oylarida o‘tadi. Daryoda uvuldiriq tashlaydigan yeriga kelasi yil sentabrda yetib boradi. Bu muddat ichida jinsiy mahsulotlari ham pishib yetiladi. So‘g‘yon uvuldirig‘ini daryoning suvi tez oqadigan, tagi toshloq yoki qumloq yerlariga tashlaydi.
Serpusht baliq, uvuldirig‘ining soni 300 mingtacha, diametri 1,5—2 mm cha. Urchishdan keyin dengizga qaytadi. Daryoda aslo ovqatlanmasligi sababli dengizga yetib borguncha ozib-to‘zib ke- tadi, bunday baliqlarni mahalliy baliqchilar «panaxan» deb ataydilar. Lichinkasini suv daryo mansabiga oqizib ketadi. Bir guruh erkaklari voyaga yetgunga qadar daryoda qoladi.
So‘g‘yonning yemishi molluskalar, hasharot va ularning qurtlari kabi turli jonivorlardan iborat. Daryoda suvo‘tlar bilan ko‘p oziqlanadi, lekin dengizda o‘simlikni unchalik xush ko‘rib yemaydi. Chavoqlari hasharot lichinkalari va o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bu baliq, ayniqsa, yozda juda xo‘ra, ko‘p ovqat yeydi, shuning uchun ham u kuzda daryoga o‘tish vaqtida juda semiz bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi baliqchiligida so‘g‘yon birinchi o‘rinda turmaydi, chunki 1928-yildan boshlaboq uning soni ancha kamayib ketgan. Buning sabablari, ko‘plab ovlanishidan tashqari
Sirdaryoda urchiydigan joylarining yo‘li Qizil O‘rda va Chordara to‘g‘onlari bilan to‘silib qolgani, chavoqlari Amudaryodan dengizga ketishida katta-kichik kanallarga kirib, qaytib chiqol- may qolishidandir. Ba’zi vaqtlarda bunday kanallarga har daqiqada 50—70 talab chavoqlari kirib qoladi. Faqatgina baliq turi sifatida emas, balki iqtisodiy ahamiyati katta, ovlanadigan baliq sifatida ham so‘g‘yonni asrash va ko‘paytirish kerak.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish