Omixta oziqadan foydalanib yosh zog‘orabaliqlarni oziqlantirish ratsioni
Suvning harorati
|
Baliqlarning o‘rtacha t/v, g (1000 donasiga kg)
|
40
|
80
|
125
|
175
|
250
|
400
|
11
|
0,6
|
1,0
|
1,4
|
1,7
|
2,2
|
2,8
|
13
|
1,2
|
1,8
|
2,4
|
3,2
|
4,0
|
5,2
|
15
|
1,6
|
2,6
|
3,5
|
4,4
|
5,5
|
7,6
|
17
|
2,2
|
3,4
|
4,6
|
5,8
|
7,2
|
10,0
|
19
|
2,7
|
4,2
|
5,7
|
7,2
|
8,0
|
12,0
|
21
|
3,2
|
5,0
|
6,8
|
8,5
|
10,8
|
14,8
|
23
|
3,7
|
5,8
|
7,9
|
9,8
|
12,5
|
17,2
|
25
|
4,2
|
6,6
|
9,0
|
11,2
|
14,3
|
19,6
|
26
|
4,4
|
7,0
|
9,5
|
11,9
|
15,0
|
20,8
|
28
|
3,4
|
5,4
|
7,3
|
9,1
|
11,8
|
16,0
|
30
|
2,4
|
3,8
|
5,1
|
6,5
|
8,2
|
11,2
|
Oziqalarni bir necha bo‘lakka bo‘lib berish uning iste’mol qilinadigan miqdorini oshirishga va foydalanmay qolgan qismi- ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu bir marta oziqlantirilgan- dagiga nisbatan baliqlarning o‘sish darajasini sezilarli ravishda tezlashtiradi.
Bir marta oziqlantirish qabul qilingan xo‘jaliklarda bu ishni ertalab baliqlarning ishtahasi yuqori bo‘lganda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Oziqalarning iste’mol qilinishini avvaldan o‘rgangan holda har kuni hovuzlarning bir xil joyiga tarqatish maqsadga muvofiq.
Baliqlarni oziqlantirishda turli xildagi qayiq oziqa tarqatgich uskunalardan (SKR-3A, KRZ-1, AKU-1, AK-2, DRK) foy- dalaniladi. Avtokormushkalarda berishning samaradorligi yax- shidir. Zog‘orabaliq ham o‘simliklar, ham hayvonot dunyosidan olinadigan oziqalarni iste’mol qiluvchi baliqlar guruhiga mansub bo‘lib, tabiiy oziqa sifatida suvda o‘suvchi va yashovchi zoo va fitoplanktonlar bilan oziqlanadi hamda yumshoq suv o‘tlarini yaxshi iste’mol qiladi.
Zog‘orabaliq uchun tayyorlangan aralash oziqalarning tar- kibini tashkil qiluvchi alohida oziqalarning tavsifi 2-jadvalda- gidek bo‘lishi o‘rganilgan.
Shu yilgi zog‘orabaliq uchun mo‘ljallangan aralash omixta oziqalarning tarkibida xom proteinning miqdori 30 % dan, yog‘ 4 %, kalsiy 1,2 % dan, fosfor 1,0 % dan kam. Kletchatka esa 9 % dan ko‘p bo‘lmasligi, katta yoshdagilarinikida xom protein 25 % dan, yog‘ 2,5 % dan, kalsiy 0,7 % dan, fosfor 0,8 % dan kam, kletchatka esa 10 % dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Jadvalda tavsifi berilgan oziqalardan zog‘orabaliqlarga be- rish uchun aralash omixta oziqa tayyorlanganda uning tarkibi qo‘yiladigan talablar jadvalda keltirilgan chegaralar bo‘lishi maq- sadga muvofiq. Zog‘orabaliqlarga beriladigan aralash oziqaning namunaviy tarkibi 2-jadvalda berilgan.
2-jadval
Zog‘orabaliqqa beriladigan aralash oziqaning namunaviy tarkibi
Oziqalarning nomi
|
Shu yilgilari
|
2 va 3 yoshli
|
Kungaboqar, shrot, soya, raps, kunjara
|
40
|
40
|
Kunjut va undov kunjaralari, %
|
9
|
10
|
Lyupin, yasmiq, burchoq, xashaki no‘xat kabi dukkakdonlar, %
|
15
|
10
|
Bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori, %
|
20
|
24
|
Bug‘doy kepagi, %
|
4
|
6
|
Oziqa achitqisi, %
|
4
|
4
|
Baliq, go‘sht, go‘sht- suyak, don unlari, %
|
5
|
3
|
O‘t uni
|
2
|
2
|
Terramitsin — 1 t mln birl.
|
—
|
10
|
Mikroqo‘shimcha — xlorid, kobalt, 1 ton- nasiga g hisobida
|
50
|
14
|
Zog‘orabaliqqa beriladigan omuxta oziqalarning granula va briket holida bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ularning suvda tezda parchalanib ketmaganligi tufayli tarqatiladigan dastlabki 1—2 soat mobaynida tarkibidagi to‘yimli moddalarning yo‘qoti- lishi 5—10 % dan oshmaydi.
Granula shaklida beriladigan oziqalarning diametri shu yilgi baliqlar uchun 1—3 mm, uzunligi 3—5 mm. Ikki yoshlilari uchun diametri 3—6 mm. Uzunligi 10—15 mm. Briket shaklidagilar- ning kattaligi 259,5 sm bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Zog‘orabaliqlar 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 2,5—4 kg omixta oziqalar sarflangan holda shu yilgilarining oziqani qoplashi un- dan katta yoshdagilariga nisbatan 30—40 % samaradorlidir.
Oziqalar deb baliqlarning turli to‘yimli va mineral moddalarga bo‘lgan talabini qondiradigan, ularning sog‘lig‘i hamda mahsuloti sifatiga ta’sir qilmaydigan moddalarga aytiladi. Oziqa hayvonlar- ning, jumladan, baliqlarning mahsuldorligini (go‘sht) oshirishida, urchitish xususiyatini saqlashda, ularning salomatligini ta’min- lashda katta o‘rin tutadi. Baliqlarni oziqlantirishning samarador- ligi juda ko‘p omillarga: ekologik sharoit, oziqlantirish texnikasi va oziqalarning to‘yimligiga bog‘liq.
Kunlik ratsion bilan baliqlarni boqishda, kelib chiqishiga, ularning o‘sish va rivojlanishiga suvning harorati kuchli ta’sir qiladi. Issiq suvda o‘sadigan karp baliqlariga suvning harorati 14—
27 °C oralig‘ida har kuni bir necha (3—6) marta iloji boricha yorug‘da oziqa berish kerak.
Oziqa me’yori deb, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parran- dalarining bir kecha-kunduzdagi to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabiga aytiladi. Oziqa me’yori hayvonning turi, yoshi, jinsi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab aniqlanadi. Uning to‘g‘ri aniqlanishi hayvonlarning mahsuldorligi va salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Oziqa ratsioni deb hayvon yoki parrandaga bir kecha-kunduzda beriladigan oziqalar yig‘indisiga aytiladi.
Ratsion me’yor asosida har bir muayyan sharoitda hayvon- ning turi, yoshi, jinsi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik ho- latiga qarab tuziladi. Har bir hayvon ratsioniga shunday oziqalar kiritilishi kerakki, u hayvonning tabiatiga mos bo‘lsin.
O‘zbekiston sharoitida zog‘orabaliq, oq amur, do‘ngpesha- nali baliqlarni oziqlantirishda asosiy oziqalar bo‘lib kungaboqar, makkajo‘xori doni, soya, bug‘doy, arpa, suli, bug‘doy kepagi, oziqa achitqisi, baliq uni, go‘sht uni, go‘sht-suyak uni, qon uni va ko‘p oziqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |