Qo‘zg‘atuvchisi. Daktilogiruslarning tanasi yassi bo‘lib, uzunligi 0,75—1 mm, eni 0,15—0,38 mm ga teng, qoramtir-ko‘k tusda. Òananing bosh tomonida 4 ta bosh bo‘lmalari mavjud bo‘lib, unda shilimshiq modda ajratuvchi bezning chiqaruvchi yo‘li ochiladi. Ushbu modda yordamida parazit xo‘jayinning organ va
to‘qimalariga yopishib oladi. Bo‘lmalar orasi bilan og‘iz teshigi orasida pigmentlashgan 4 ta ko‘zchasi joylashgan. Ovqat hazm qi- lish sistemasi og‘iz teshigi, tomoq, qisqa qizilo‘ngach, undan tananing oxirgi qismida birlashgan ikkita ichak joylaridan iborat. Òananing yon tomonida bitta urug‘don, bitta tuxumdon va sariqlik tanasi bor. Vaginal yo‘li xitindan hosil bo‘lgan naysimon shaklda. Erkaklik jinsiy sistemasi tananing oldingi qismida joylashgan kopulativ naycha va tayanch qismlardan iborat. Òananing oxirgi qismida katta ilmoqchalar bilan qurollangan ikkita markaziy fiksator diski va 14 ta yon ilmoqchalari mavjud. Daktilogirus turlarini bir-biridan farqlashda mustahkamlovchi ilmoqchalar va biriktiruvchi plastinkalarning shakli va hajmi katta ahamiyatga ega. Daktilogiruslar tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan daktilogiruslar baliqlarning
jabrasida bir sutka davomida 50 dan 100 tagacha tuxum qo‘yadi. Òuxumlar ovalsimon shaklda, jabrada yopishib turuvchi kalta tanachasi bor, suvga tushadi. Bahor-yoz oylarida suvning haro- ratiga bog‘liq holda 3—7 kundan so‘ng tuxumdan uzunchoq- ovalsimon shakldagi lichinka chiqadi. Lichinkaning tanasi tuk- chalar bilan qoplangan bo‘lib, ular yordamida suvda suzib yuradi va baliqlarning tanasiga, jabrasiga kirib yopishib oladi. So‘ngra tukchalarni tashlab 7—8 kundan so‘ng jinsiy voyaga yetadi va yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Suv harorati pasayishi natijasida tuxum qo‘yish jarayoni sekinlashadi yoki umuman to‘xtaydi, tuxumning rivojlanishi esa 35—45 kunga cho‘ziladi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik, ya’ni zo- g‘orabaliq turidagi baliqlarni ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda, ay- niqsa, janubiy hududlarda keng tarqalgan. Qo‘zg‘atuvchi barcha yoshdagi sazan, ularning gibridlari va tovonbaliq turidagi baliqlarda parazitlik qiladi. Yosh baliqlar o‘ta og‘ir kasallanadi, epizootik holat va baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin. Katta yoshdagi baliqlar kasallikka unchalik moyil emas, ular parazit tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik ko‘proq yozda — iyun-iyul oylarida namoyon bo‘ladi. Lichinkalar 8—10 kunligidan boshlab zararlanadi. Invaziyaning ekstensiv va
intensivligi sekinlik bilan oshib, yoz o‘rtalariga kelib 85—100% ga yetadi. Bunda 60—70% malkilarning (lichinka) nobud bo‘lishi kuzatiladi. Kuzga kelib o‘lim to‘xtaydi. Invaziyaning manbayi — katta yoshdagi baliqlar va parazit tashuvchi tovonbaliqlar. Ular, ayniqsa, katta yoshdagi baliqlar bilan birga yosh o‘stiruvchi ba- liqlar saqlanayotgan hovuzlarda ancha xavflidir. Bir suv havza- sidan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchi zararlangan baliqlar orqali o‘tishi mumkin. Pastki suv havzalariga daktilogirus tuxumlari va lichinkalari suv oqimi bilan kelishi mumkin. Òuxumlar qishda qishlab, kelgusi yili bahorda undan lichinka chiqib baliqlarni zararlantirish qobiliyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |