Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik, asosan, sobiq Ittifoq- ning janubiy-g‘arbiy rayonlaridagi suv havzalarida ko‘p uchraydi. Baliqlarning zararlanishi yilning bahor-yoz fasllarida kuzatiladi, bu esa qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Posto- diplostomozga turli chuchuk suv baliqlari (60 turdan ortiq): zog‘orabaliq, sazan, leshch, qizilko‘z, oq amur, peshanado‘ng, qizilqanot, tarashabaliq, vobla, chavoqbaliq, gustera, olabug‘a, oqko‘z va boshqalar moyildir. Bu baliqlar ov qiluvchi ahamiyatga ega. Kasallikka sezgirlari bu chavoq va segoletkalar. Kasallikning birinchi klinik belgilari — terida qora dog‘larni paydo bo‘lishi hisoblanadi. 10—12 kunlik chavoqlarda ushbu klinik belgilar ularning hayotining birinchi kunlarida namoyon bo‘ladi. Cha- voqlar kuchli invaziyalanganda ular nobud bo‘lishi kuzatiladi. Invaziyaning intensivligi baliqlar kattalashgani sari oshadi va ay- rim xo‘jaliklarda IE–85–100%, II–150–200 va undan ham ko‘p miqdorni tashkil etishi mumkin. Kasallik manbayi — zararlangan baliqlar, molluskalar va baliqxo‘r parrandalar (qarqara).
Kasallikning klinik belgilari. Baliqlarda metatserkariylarning
kirib qolish joylarida nuqtasimon qon quyiladi, keyinchalik qora tugunakchaga aylanuvchi qora pigmentsizlangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Òugunchaning (kapsulaning) ichida metatserkariylar va
qora pigment — gemomelanin bo‘ladi. Gemomelanin bu ge- moglobin va hujayra pigmenti — xromatofordan iborat. Cha- voqlarning o‘sishi, kattalashuvi natijasida bu qora dog‘lar ham kattalashib 1—1,6 sm gacha yetadi (diametri) va ko‘pincha o‘suvchi xarakterga ega bo‘lib, mushak to‘qimasi ichiga o‘sib borishi mum- kin. Zararlangan chavoqlarning tanasi shaklsizlanadi, umurtqasi qiyshayadi, mo‘rt bo‘lib qoladi, egiluvchanligi yo‘qoladi, o‘sish- dan qoladi. Kasal baliqlar suv yuzasiga suzib chiqadi, kuchsiz- lanadi va ularni ushlash osonlashadi. Qora dog‘larni tananing, organizmning turli qismlarida: suzgich qanotlarida, jabrasida, dumida, orqasida, ikki yonlarida, ko‘zning shox pardasida, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasida va boshqa joylarda ko‘rish mumkin. Patogenez. Serkariylar baliq organizmiga kirganida teri va mushak qatlamini jarohatlaydi, lichinkalar atrofida biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula hosil bo‘lgach, teri va mushak qat- lamining yumshashiga olib keladi. Modda almashinuv jarayoni buziladi. Kuchli zararlangan joylarda nekrotik jarayon kuzatiladi, natijada umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi: gemoglobin miqdori va eri- trotsitlar soni kamayadi, monotsit va neytrofillar soni esa oshadi.
Ko‘p sonli qora dog‘lar baliqning tovarlik ko‘rinishini buzadi.
Òashxis qora dog‘ va tugunaklarning borligiga qarab qo‘- yiladi. Òugunaklardan namuna olib mikroskopda tekshiriladi va metatserkariylarni topib tashxis qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |