Klinik belgilari. Zararlangan malkilar bezovtalanadi, suv oqimiga to‘planishadi, guruhlab suv yuzasiga chiqib havoni yutadi. Kasallikning avj olishi juda ham tez boradi.
Dastlab ayrim kasal malkilar ko‘zga tashlansa, bir necha kun o‘tgach ularning ommaviy ravishda zararlanganligi va o‘limi kuzatiladi. Kuchli invaziyalangan baliqlar suv qirg‘oqlarida suzib yuradi, ularni ushlash juda ham oson. Baliqlar oriqlangan, jabrasi shilimshiq modda bilan qoplangan bo‘lib, oqimtir tusda (ane- miya). Zararlangan uchastkalarga parazit zamburug‘lar o‘rna- shib oladi, jabra to‘qimasining nekrotik parchalanishi tezlashadi. Jabra bo‘laklardagi epiteliyning o‘sishi va o‘lgan to‘qimalarning quruqlanib qolishi xarakterlidir.
Patogenez. Daktilogiruslarning patogenli ta’siri, asosan, jabra apparati funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Jarohat- langan jabra bo‘lakchalari yemiriladi. Epiteliy va biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi oqibatida jabra bo‘lakchalari o‘zaro bir-bi- riga o‘sib plastinkani hosil qiladi. Jabra to‘qimasidagi qon kapil- larlari epitelial hujayra qatlamini to‘sishi natijasida tashqi muhit bilan bog‘lanishi chegaralanadi, natijada gaz almashuvi va qon aylanishi buziladi. Kasal baliqlarning qondagi gemoglobin miq- dori kamayadi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi oshadi.
Òashxis kompleks usulda o‘tkaziladi: epizootologik ma’lu- motlar inobatga olinishi kerak, kasallik klinik belgilariga qarab va mikroskopik tekshiruv asosida o‘tkaziladi. Jabra bo‘lakchalari,
undagi va teri yuzasidagi shilliq modda mikroskopda tekshiri- ladi. Kasal va o‘lgan baliqlar ovlanadi, ushlab, ularning jabrasidan namuna olinib buyum oynachasiga o‘tkaziladi, ikkinchi buyum oynachasi bilan yopib (kompressor usuli) mikroskopning o‘rta kattaligida tekshiriladi. Daktilogiruslar soni va turi aniqlanadi.
Oldini olish va qarshi kurashish. Kasal zog‘orabaliq lichin- kalari (malki) davolanadi. Buning uchun vanna usuli qo‘llaniladi. 0,2% li ammiak eritmasida (2 ml nashatir spirti 1 litr suvga) 0,5—1 daqiqa davomida (suvning haroratiga bog‘liq holda) saq- lanadi. Osh tuzining 5% li eritmasini ishlatish mumkin. Malki- larni davolashda xlorofos eritmalari tavsiya etilgan (diptereks, neguvon). Dozasi 0,6—1,0 g/m3 suvda, bunda suv almashuvi 48 soat davomida to‘xtatiladi.
Pastki suv havzalariga invaziya kirib kelishining oldini olish maqsadida sharshara oldida baliq ushlovchi uskunalar, qum-toshli filtrlar o‘rnatiladi. Hovuzlarda zog‘orabaliq lichinkalarining intensiv o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladi, yosh baliqlarni o‘stiruvchi hovuzlar yaxshilab dezinfeksiyalanadi, quritiladi, hovuz ostidagi loyqalar yaxshilab shudgorlanadi, so‘ngra baliq lichinkalarini o‘tkazishdan 10—12 kun oldin suv bilan to‘ldiriladi. Bu muddatda nosog‘lom xo‘jaliklarda qishlagan daktilogirus tuxumlaridan chiqqan lichinkalar o‘ladi. Yosh malkilarni katta yoshdagi baliq va tovonbaliq turidagi baliqlar bilan birgalikda saqlamaslik, baliqlarni tashishda sanitar nazoratni o‘rnatmoq maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |