O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Download 9,61 Mb.
bet63/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS kasalligini davolash usullari ishlab chiqilmagan. Chet el olimlari antibiotik (oksitetratsiklin) va antiseptik (metilen ko‘ki)lardan foydalanishni tavsiya qilmoqdalar. Bular virusni o‘ldirmasa-da, biroq ikkilamchi infeksiya rivojlanishining oldini oladi va ka- sallikning kechishini biroz yengillashtiradi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari kompleks umumiy veterinar-sanitariya, baliqchilik-meliorativ va biotexnologik tadbirlardan iborat bo‘lib, quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:

  • epizootologiya zanjirini uzish (parazit-xo‘jayin);

  • baliqlarning tabiiy rezistentligini oshirish;

  • tashqi muhitda qo‘zg‘atuvchining umumiy miqdorini kamaytirish;

  • veterinariya va baliqchilik madaniyatini oshirish.

Vetsanekspertiza. VGS qo‘zg‘atuvchisi odam va hayvonlar uchun xavfli emas. Agarda nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlar tovarlik ko‘rinishi va sifati talabga javob bersa, hech qan- day cheklovsiz iste’molga chiqariladi. Bordi-yu, talabga javob bermasa, vetshifokor-ixtiopatologning tavsiyasiga ko‘ra qayna- tilgandan so‘ng qishloq xo‘jaligi hayvonlariga yedirish mumkin. Qizamiq (êðàñíóõà) — bu o‘ta xavfli, keng tarqalgan infeksion kasallik hisoblanadi. Kasallik, asosan, Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Markaziy Osiyo respublikalarida hamda G‘arbiy Yev- ropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Kasallikka zog‘orabaliq va uning yovvoyi turi — sazan moyil. Kasallik bilan kamroq tovon-
baliq, lin, oq amur, do‘ngpeshana kabi baliqlar kasallanadi.
Etiologiyasi. Krasnuxaning yuqumli kasallik ekanligi ancha ilgaridan ma’lum. Uning qo‘zg‘atuvchisi to‘g‘risida uzoq muddat davomida aniq bir fikr yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida V. She-
perklaus uning bakteriyalar qo‘zg‘atilishi haqidagi gipotezani aytadi. Uning fikricha, krasnuxaning qo‘zg‘atuvchisi suvdagi saprofit Aeromonas punctata bakteriyasining virulentli shakli hisoblanadi, ularni suv havzalarining tubida uchratish mum- kin. Ushbu bakteriyani sog‘lom baliqlarning ichaklaridan, to‘- qimalaridan ajratib olish mumkin.
Baliqlar uchun noqulay sharoit vujudga kelganida bular vi- rulentli bo‘lib, kasallik chaqirishi mumkin.
Sheperklausning ma’lumot berishicha, kasallik qish faslining oxirida kuzatiladi. Sheperklausning gipotezasini hozirgacha ko‘pchilik MDH va chet el olimlari qo‘llab-quvvatlaydilar. Sog‘lom baliqqa Aeromonas ning kuchli kulturasi yuborilganida krasnuxa kasalligini eslatuvchi, o‘lim bilan tugagan kasallik sodir bo‘lgan. Biroq kasallikni o‘rganish jarayonida bu gipotezaga qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Masalan, krasnuxa bilan kasallangan baliqlar organizmida hamma vaqt ham Aeromonas bakteriyasini topishga erishilmaydi. Kasal baliqlardan ajratib olingan bakteriyalar sog‘lom baliqlardan ajratib olingan bak- teriyalardan hech qanday farq qilmagan. XX asrning 30-yillarida
G.V. Epshteyn, M.A. Peshkov, G.D. Goncharov va boshqalar krasnuxaning virusli tabiati haqida o‘zlarining mulohazalarini aytishdi. Ularning fiklarini keyinchalik bir qancha chet el olimlari ham ma’qulladilar. Epshteyn kasal baliqlarning bosh miyasidagi hujayrada eozinofilli tanachalar borligini aniqlagan, lekin sog‘- lom va bakteriyasining kulturasi yuborilgan baliqlarda bunday tanachalar yo‘qligini isbotlangan. Fiyan o‘z xodimlari va Svil- lenberg bilan birga elektron mikroskopda virusni tekshirganlar. Uning uzunligi 70—180 nm bo‘lib, uzunchoq, o‘qsimon shaklda. Varionlarning bir tomoni yumaloq, ikkinchi tomoni yassi. Krasnuxa kasalligining virusini rabdoviruslar guruhiga kiritilib, u Rhabdovirus carpio deb nomlangan.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish