Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka zog‘orabaliq turidagi baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori cho‘qqisiga yetib, kuzda kelib kamayib boradi. Ko‘pincha 2—3 yoshdagi baliqlar kasal-
lanadi. Kasallik manbayi bu kasal baliqlar, ular ajratayotgan chiqindilar, o‘lgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sog‘lom ba- liqlardir. Suv havzalarida qo‘zg‘atuvchi suv orqali, kasal baliqlar orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiri- tiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali qo‘zg‘atuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sog‘aygan baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 2— 30 kun. O‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O‘t- kir oqimida terining ayrim uchastkalari yoki butunlay barcha qismi gemorragik yallig‘lanadi, qorin bo‘shlig‘ida suv to‘pla- nadi (âîäÿíêà), ko‘zlari ko‘r bo‘ladi, teridagi tangachalarning to‘kilishi kuzatiladi. Kasal baliqlar kam harakatlanadi, suvning yuzasida, sohilga yaqin joylarda suzib yuradi, tashqi muhit taassurotlariga javob berishi sekinlashgan yoki umuman javob bermaydi, so‘ngra harakat koordinatsiyasining buzilishi kuzati- lib, 2—4 haftadan so‘ng nobud bo‘ladi.
Yarim o‘tkir oqimida esa qorinda birdan suvning to‘planib qolishi, tangachalarning to‘kilishi, ko‘r bo‘lish, assit va turli hajmdagi yaralar bilan xarakterlanadi. Yaralar qizil tusda, ba’zan yaralarda yiringli jarayonlarning rivojlanishi oqibatida mushak to‘qimasining nekrozi kuzatilishi mumkin. Ba’zan esa suzgich- larning nekrozi namoyon bo‘ladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimi 1,5—3 oy davom etadi. Surunkali oqimida terida va suzgichlarda ochiq yaralar hosil bo‘ladi, yaralar tuzalgach, uning o‘rniga ko‘kimtir-yashil tusdagi biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Ka- sallik 1,5—2,5 oy davom etib, tuzalish bilan tugaydi.
Patanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning o‘tkir oqimida terida zardobli-gemorragik yallig‘lanish kuzatiladi, shishgan va nekroz mushaklarda, ichaklarning kataral yoki gemorragik yallig‘lanishi, ensefalit, ichki organlar, qorin devorining giperemiyasi kuzatiladi. Jigar qora yoki qora-ko‘kimtir tusda, ba’zan qora-yashil tusda, o‘t xaltasi o‘t suyuqligi bilan to‘lgan. Suzgich xaltasining qon tomirlari kengaygan va qon bilan to‘lgan. Perikardda nuqtasimon qon quyilgan. Qorin bo‘shlig‘i suv yoki qon aralash suv bilan
to‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar kasallikning yarim o‘tkir oqimida ham kuzatiladi. Surunkali oqimida esa ichki or- ganlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi.
Òashxis. Kasallikka tashxis epizootologik ma’lumotlarga asos- lanib, klinik belgilariga qarab, patanatomik o‘zgarishlarni inobatga olib va bakteriologik tekshirish natijasiga asoslanib qo‘yiladi. Laboratoriya sharoitida qo‘zg‘atuvchining virulentli kulturasi ajratib olinadi, oq sichqon yoki sog‘lom baliqlarga bioproba qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |