O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet115/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Patogenez va patanatomik o‘zgarishlari. Parazitning baliqlar organizmiga patogenli ta’siri to‘qimalar funksiyasining buzilishi, mushaklarda, ichki organlarda, ayniqsa, jigarda yallig‘lanish jarayonining kechishidan iborat. Qisqichbaqalarning bezlardagi zaharli sekretlari baliqlar organizmining umumiy holatiga salbiy ta’sir etadi, qon tarkibi o‘zgaradi. Zararlangan to‘qimalar parcha- lanadi, jigar to‘qimasining manbayi jarrohlik gepatiti rivojlanadi.
Òashxis. Baliqlar tanasida qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikka qarshi kurash va oldini olish tadbirlari. Kasal ba- liqlarni formalin eritmasining 1:500 nisbatdagi konsentratsiyasida 45 daqiqa ekspozitsiya (ushlab turish) qilish yo‘li bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Vannalarda kaliy permanganat eritmasida 15—20 °C haroratda 1:50000 nisbatda 2—3 soat davomida, agar harorat 21—
30 °C bo‘lsa, 1:100000 nisbatda 1,5—2 soat davomida ushlab turiladi. Agar harorat 20 °C gacha bo‘lsa, 15 kunda bir marta, 20 °C dan yuqori bo‘lsa, haftasida bir marta xlorofos bilan 0,3— 0,5 g/m3 dozada ishlovdan o‘tkaziladi. Oq amur va buffalolar- ning lerneyalardan qutulishi uchun karbofos 0,1 mg/l konsen- tratsiyasida ikki marta ikki hafta oralatib qo‘llaniladi. So‘ndirilma- gan ohakni 100—150 kg/ga miqdorda ikki marotaba may va sentabr oylarida kiritish ham yaxshi samara beradi. Bunda suv- ning pH—8,5—9,0 gacha ko‘tarilib, erkin yuruvchi qisqichbaqa- larning nauplial va kopepodit bosqichlarini yo‘qotishga erishiladi. Organik bo‘yoqlar — asosiy binafsharang «k» va aniq — yashil bo‘yoqlar 0,1—0,2 g/m3 konsentratsiyada erkin bosqichdagi qis- qichbaqalarni o‘ldiradi.
Chet elda xlorofos preparatining analogi mazoten va diptereks (0,25g/m3 miqdorida haftasiga bir marotaba 5 hafta davomida) keng qo‘llanilib kelinmoqda. Xo‘jalikda zararlangan baliqlarni keltirmaslik, lerneyalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini kiritmaslikka qaratilgan kompleks umumiy profilaktik tadbirlarni
o‘tkazish, hovuzlardagi loyqalarni quritish yo‘li bilan, dezinfeksiya ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish maqsadga mu- vofiqdir. Baliqlarni tashishda nazorat o‘rnatmoq lozim. Bosh va suv bilan ta’minlovchi hovuzlarda zararlangan baliqlar bo‘l- masligiga e’tibor berish, sharsharalarda profilaktik tadbirlar: yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida o‘stirish, hovuzlarda ham- madan ko‘ra ko‘proq moyil baliq turlarining (oq amur va buffalo) sonini chegaralash kerak.
Arguloz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Argulus avlodiga mansub A.foliaceus, A.coregoni va A.japonicus qisqichbaqalarining parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, ka- sallik baliqlarning oriqlanishi, kamqonligi, oziqani yemay qo‘- yishi, terida turli kattalikdagi yaralarning paydo bo‘lishi va ba’zan esa baliqlarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
MDHning Yevropa hududida, Sibirda, Markaziy Osiyo respublikalaridagi chuchuk suv havzalarida Argulus foliaceus turi tarqalgan bo‘lsa, Uzoq Sharq o‘lkasida A.coregoni, G‘arbiy Yevropa, Ukraina va Amur basseynida A.japonicus turlari tarqalgan. Qisqichbaqalar baliq terisida parazitlik qilib, qon bilan oziqla- nishi oqibatida baliqlarni oriqlatib, ba’zan esa nobud bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish