O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Kasallikning klinik belgilari



Download 9,61 Mb.
bet113/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Kasallikning klinik belgilari. Sinergaziluslar ko‘proq baliq jabrasining ikkinchi va uchinchi yoyida (duga) joylashadi. Ba- liqlar jabrasini ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning shishganligi, nekrozga uchragan oq tusdagi uchastkalarini va u yerlarda to‘p- lanib, yig‘ilib qolgan qisqichbaqalarni ko‘rishimiz mumkin. Baliqlar so‘lg‘in (so‘ligan) holatda, bir yoshdagi baliqlar o‘zini toza suv oqimida ushlab turadi, katta yoshdagi baliqlar esa suv- ning yuzasiga suzib yuradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida o‘lgan baliqlarning jasadini uchratish mumkin.
Patogenezi. Qisqichbaqalar o‘zlarining antennalari yordamida baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni cha- qiradi, jabra epiteliysi o‘sib qalinlashadi, qon tomirlarning tiqilib qolishi kuzatiladi. Zararlangan jabra qatlamlari oqaradi, so‘ngra esa to‘qimalarning nekrozi rivojlanadi. Qon bilan ta’minlanish, kislorod almashuvi buziladi va asfiksiya kelib chiqadi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va baliq jabrasining tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Buning uchun jabradan shilimshiq qirib olinadi va kompressor usulida mikroskop ostida tekshi- riladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Suv havzalariga invaziyaning kirib qolishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. Òashib keltirilayotgan o‘txo‘r baliq- larning qisqichbaqalar bilan zararlanganligiga tekshirish shart. Katta yoshdagi baliqlar invaziyaning tashuvchi ekanligini ino- batga olib, yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida-alohida saq- lash. Invaziyaning keng miqyosda tarqalganligi va uni bartaraf etishning murakkabligini inobatga olib, bunday suv havzalariga sinergazilozga chalinmaydigan baliqlarni o‘stirish, urchitish (zo- g‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, pelyad, kit va boshqalar) tavsiya etiladi. Bosh hovuzlar, havzalar va suv tashuvchi kanallardan pastki suv havzalariga invaziyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
Kasallikni davolashda bir qancha preparatlar sinab ko‘rilgan. Xitoyda zararlangan baliqlar mis va temir kuporosining 5:2 nis- batdagi aralashmasi bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Bunda 7 qism
aralashma (7 gramm) 1 m3 suvda eritilib kasal baliqlarni 6—7 soat davomida ekspozitsiya qilinadi. Suvning pH muhitini inobatga olib hovuzlarni xlorofosning 0,3—0,5 g/m3 konsentratsiyasi bilan 2 marta 6—7 kun oralig‘ida ishlov berish ham tavsiya etilgan bo‘lib, bunda zararlangan baliqlar to‘liq qisqichbaqalardan qutuladi (ozod bo‘lishadi). Bundan tashqari, biologik qarshi kurash usuli ham tavsiya etilgan.
Usulning mohiyati shundan iboratki, nosog‘lom suv havza- lariga planktonofaglarni kirgizish, ko‘paytirish: kumushrang to- vonbaliq va ola peshanado‘ng baliqlari zooplanktonlar bilan oziqlanishi jarayonida sinergazilus lichinkalarini ham iste’mol qilishadi. Buning uchun kumushrang tovonbaliqlarning bir yosh- gacha bo‘lganlaridan 10 mingtadan 25 mingtagacha bir gektar maydonga, 2 yoshli ola peshanado‘ng baliqlardan 2000 ta gek- tariga kiritilishi lozim. Nosog‘lom suv havzalarining suv oqimini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda erkin yashovchi sinergaziluslarning lichinkali shakllari suv havzalaridan chiqib ketadi. Natijada kasallikning kamayishiga olib keladi.
Lerneoz — bu chuchuk suvdagi baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, Lernaeidae oilasiga mansub Lernaea cyprinacea — eshkak oyoqli qisqichbaqalar (Copepoda)ning tovonbaliq, zog‘orabaliq, sazan, buffalo, leshch va boshqa baliqlarning tanasida parazitlik qilishi tufayli kuzatiladi.
Oq amur va peshanado‘ng baliqlarda Lernaea ctenopharyngodonis, cho‘rtanbaliq, kamroq olabug‘a, koryushka, nalim, lin turdagi baliqlarda esa Lernaea esocina qisqichbaqalari parazitlik qiladi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish