O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet107/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Davolashda vanna usuli qo‘llaniladi. Yosh baliqlarni 1—2 % li osh tuzi eritmasida 15—20 daqiqa davomida saqlab turish, formaldegid- ning 1:4000 nisbatidagi eritmasida bir soat davomida ushlab turish yaxshi samara beradi. Katta yoshdagi baliqlarni osh tu- zining 5% li eritmasida 5 daqiqa ekspozitsiya qilinadi. Qishda ishlatiladigan basseynlarda esa erkin xlor 0,5—1,0 mg/l dozada 30—50 daqiqa saqlab turish tavsiya etiladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashishda baliqchilik- meliorativ, veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini mun- tazam ravishda olib borish yaxshi samara beradi. Yosh baliqlarni o‘stiruvchi suv havzalarida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal sharoitni yaratish, ona baliqlar saqlovchi suv havza- larining zoogigiyenik sharoitini yaxshilash, tashqi muhitda va baliq tanasida parazitlarni yo‘qotishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Zararlangan havzalarda baliqlarni ovlab bo‘lgach so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) bilan dezinfeksiya qilinadi.
Baliqlarning ixtioftirioz kasalligi — zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlarining haddan tashqari xavfli invazion kasal- ligi hisoblanadi. Kasallikka kumush va tillarang tovonbaliq, su- dak, gulmohi va ko‘pgina chuchuk suv, dengiz va hovuzlarda o‘suvchi baliq turlari moyil. Kasallik, ayniqsa, baliqchilik xo‘- jaliklarining hovuzlarida, baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda hamda basseyn va baliqchilik zavodlarida baliqlar zich saqlanganida kelib chiqadi.
Òabiiy suv havzalarida ixtioftiriozning epizootik ko‘rinishi juda ham kam namoyon bo‘ladi, biroq barcha turdagi chuchuk suv baliqlari kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘z organizmida tashib yuri- shini inobatga olsak, ular tabiatda tabiiy rezervuar manbani ta’minlab turadi.
Ixtioftirioz Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Kanada, Amerika, Rossiya baliqchilik xo‘jaliklarida tez-tez uchramoqda. Kasallik, shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo respublikalarida va Kavkazortida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bu Ophtyoglenidae oila- siga mansub bo‘lgan Ichtyophthirius teng tukli infuzoriyalaridir. Parazit tanasi qariyb yumaloq yoki tuxumsimon shaklda. Òana- ning bosh tomonida maydagina og‘iz teshigi va kichik tomoqchasi mavjud. Parazitning butun tanasi meridial joylashgan uzunchoq tukchalar bilan qoplangan. Òananing o‘rta qismida yo‘g‘on, kalta tanasimon qayrilgan makronukleus, uning do‘mboq (qavargan) tomonida esa mikronukleus joylashgan.
Ixtioftirioz baliqlarning tipik paraziti hisoblanadi. Parazit- ning rivojlanishida 3 ta bosqich mavjud. Birinchi bosqichi xo‘- jayin terisining ichida parazitlik qilish bosqichi, sistalarning ko‘payish bosqichi (suv ostidagi loyqalarda, o‘simliklarda va suzuvchi predmetlardagi sistalar) va suvda erkin suzuvchi infu- zoriyalar (daydib yurish)ning bosqichi. Baliq terisining dermoidli tepa (sumka) qismida katta yoshdagi ixtioftiriuslar chiqib, suv havzalarining ostiga cho‘kadi, o‘simliklarga yopishadi, shilimshiq modda bilan o‘ralib sistaga aylanadi. Uning ichida 200—1000 ta- gacha juda mayda yumaloq yosh infuzoriyalar (daydib yuruvchi)
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan daydib yuruvchi infuzoriyalar sistaning qobig‘ini teshib tashqi muhitga tushadi, noksimon shaklga kiradi. Bularning kattaligi 1040 mkm bo‘lib, invazion bosqichga yetadi. Daydib yuruvchi infuzoriyalar xo‘jayin organizmi bilan aloqada bo‘lganida, ular terining epitelial qobig‘i ostiga yoki jabrasiga faol harakatlanib kirib oladi, o‘sadi, rivojlanadi va baliqlar tana- sida mayda yumaloq dermoidli tugunak — tanachalarni (sumka) hosil qiladi. Shu bilan infuzoriyalarning zanjiri bog‘lanadi. Òashqi muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot kechirishi mumkin.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish