O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet106/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Epizootologik ma’lumotlar. Kostioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, barcha suv havzalaridagi baliqlarda uchraydi. Biroq kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi tabiiy suv havzalaridagi baliqlar orasida qayd etilmagan, daryo va
ko‘llardagi baliqlar invaziya manbayi va tabiatda rezervuari bo‘lib xizmat qiladi. Kostioz bilan chuchuk suv havzalaridagi barcha turdagi baliqlarning yoshlari kasallanishi mumkin, jumladan, yarim o‘tuvchi baliqlar ham. Kasallikning epizootiya ko‘rinishi, asosan, bahor va yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv havzalarida va baliqchilik zavodlarida, suvning harorati +16+25°C bo‘lganida kuzatiladi. Bunday sharoitda parazitlarning rivojla- nishi uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Sog‘lom baliqlar kasal- lari bilan aloqada bo‘lganlarida kasallikka chalinadi hamda qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lgan suv havzalarida saqlanganda zararlanadi. Kostiylarning sistalari katta yoshdagi baliqlarning shilliqlarida ko‘p muddat davomida saqlanib qoladi hamda nam tuproqda, hovuzlarning loyqalarida ancha muddat saqlanadi, agarda suv bilan to‘ldirilsa, parazitlarning harakati faollashib, baliqlarning zararlanishiga olib keladi. Baliqlar suv havzalarida juda ham zich saqlanganda, boqilganda, kasallik qishda ham, suv harorati 2—7 °C bo‘lganida ham kasallikka chalinadilar. Gul- mohi turidagi baliqlarni o‘stiruvchi xo‘jaliklarda zararlanish baliq- larni xom farshlar bilan oziqlantirilganda kuzatiladi. Bir suv havzalaridan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchilar kasal baliqlarni tashish natijasida yoki suv orqali keltiriladi. Kostiozning rivojlanishida baliq organizmining fiziologik holati ham katta ahamiyatga ega. Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir, va aksincha, semiz bo‘lsa yengil o‘tadi. Kostiylarning ko‘payishi va kasallikning rivojlanishida ishqorli muhit (pH—5,0—5,5 dan yuqori bo‘lmasa), gidrologik, gidrokimyoviy, gaz almashinuv rejimi hamda zoogigiyenik sharoitlarning yomonlashuvi ham qulay imkoniyat yaratadi.
Kasallikning klinik belgilari. Kostiylar baliqlarning terisida va
jabrasida parazitlik qilishi oqibatida epitelial hujayralarning kuchli qichishi va yemirilishiga olib keladi, natijada kuchli shilliq mod- dasi ajraladi. Baliqlarning tanasida dastlab ko‘rimsiz kulrang dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik patologik jarayonning pro- gressiv rivojlanishi oqibatida bu dog‘lar birlashib, bir-biriga qo‘shilib, butun tanani qamrab oladi. Òerining ayrim qismlarida
nekroz paydo bo‘ladi, u yerda patogen mikrofloralar va parazit zamburug‘lar kirib olishi va rivojlanishi natijasida patologik jarayon yana ham chuqurlashadi. Qon quyilish kuzatiladi, so‘rg‘ich appa- ratining ayrim joylari yemiriladi va parchalanadi, to‘kiladi, jabra anemiya oqibatida oqqish tusda, shilliq bilan qoplangan, shilliq moddalarning teri va jabra epiteliysi hujayrasida kuchayishi oqiba- tida nafas olish va gaz almashinuvi buzilgan bo‘ladi, kasal baliqlar suv oqimida yoki suvning yuzasiga to‘planadi, kislorod va havoni ko‘proq yutishga urinadi, tashqi muhit taassurotlariga e’tibor qilmaydi va kasallik baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunla- nadi. Kostiozda baliqlarning nobud bo‘lishi 95—97% gacha yetadi. Òashxis epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar va shilliq moddalarni mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Agarda mik- roskopning har bir ko‘rish maydonchasida kamida 10—15 dona parazit topilsa, kostioz deb tashxis qo‘yiladi, 1—2 dona parazit topilsa, yakunlovchi tashxis bo‘la olmasa-da, biroq qulay sharoit tug‘ilganida parazitlar tezda ko‘payib, baliqlar hayoti uchun xavf
tug‘diradi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish