“Subhon tibbiyoti”da muallif oson, tushunarli qilib har xil kasalliklami aniqlash va davolash haqida so‘z yuritadi. Kitobda asosiy davolash masalalari qisqa, lekin aniq bayon etilgan. “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” esa asosan dorilarga bag‘ishlangan. Kitob sakkiz qismdan iborat. Har bir qismda dorilarning sifati, tayyorlanishi va ishlatilishiga oid ayrim masalalar yoritilgan. Subhonqulixonning kitoblari o‘zbek tilida yozilgan birinchi tibbiy asarlar sifatida tibbiyot tarixida muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |