Subhonqulixon mamlakat rahbari sifatida xalqi sog’lomlashtirish, kasalliklarni kamaytirish ishlariga ma’lum darajada e’tibor bergan. Ma’lumki, O‘rta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida aholi o‘rtasida ich ketish kasalligi ko‘payadi. Shuning oldini olish uchun Subhonqulixon nonvoylar non yuziga kunjut urug‘ini sepib yopsinlar, degan farmon chiqardi.Bu tadbir haqiqatan ham yozgi ich ketish kasalliklarini kamaytiradi. Kunjut avvalo o‘zi xushbo‘y hidli, yoqimli, ikkinchidan esa u ich ketishni to‘xtatadi. Farmon bilan boshlangan bu tadbir hozir odat tusiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |