O’zbek xalq pedagogikasi va islom ta’limoti pedagogik g’oyalar. Xalq pedagogikasi - tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan va urfodat, udum, xulqodob, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, uyin singari empirik vositalarda namoyon buladigan amaliy faoliyat hamdir. Xalq pedagogikasi fanda etnopedagogika deb ham yuritiladi. Pedagogika fanida Xalq pedagogikasiga xos eng muhim belgilaridan biri uning qadimiyligidir. Har qanday xalq muayyan etnos sifatida mavjud bulishi uchun oʻziga xos qiyofaga ega boʻlishi kerak. Xalqning ijtimoiy, maʼnaviy, intellektual qiyofasi esa uning pedogagik vositasidagina shakllanadi. Xalq pedagogikasi muayyan xalqning oʻzi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan teng . Xalq pedagogikasining ikkinchi belgisi uning toʻliq amaliy xususiyatga egaligidir. Xalq taʼlim-tarbiya jarayoni va uning natijalariga pragmatik nazar bilan qaragani uchun Xalq pedagogikasi gʻoyalar shaklida emas, balki urfodat, anʼana, amal, udum, xulqodoblar tarzida namoyon boʻladi. Xalq pedagogikasi taʼlimtarbiya haqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi majburiy boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan nazorat qilinadigan amaliy xulqiy koʻnikmalar majmuidir. Diniy ta’limotlar asosini ilohiyot tashkil etganligi sababli ilgari surilayotgan g’oyalar insonlarning ruhiy ehtiyojlarini qondira olish kuchiga ega bo’ldi. Ana shu jihatga ko’ra har qanday diniy ta’limotlar u yoki bu darajada kishilar ommasi tomonidan qabul qilina boshlandi. Aksariyat diniy ta’limotlarning negizida haqni tanish, o’zlikni anglash g’oyalarining ifodalanganligi insonlarda ularga nisbatan e’tiqodni shakllanishiga olib keldi. Qur’oni Karim va hadislarda keltirilgan inson ma’naviyati, uning asosi bo’lgan axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar mobaynida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ma’lumki, din va din ahli ijtimoiy xayotimizda muhim o’rin tutadi. Islom dini – ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi. U tufayli xalqimizning yillar mobaynida ma’naviyati, boy merosi va o’zligi omon saqlab kelingan. Rabg’uziyning asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan.U payg’ambarlar haqidagi qissalardan iborat. Rabg’uziy hikoyatlarining asosini ko’pincha real hayotiy voqea-hodisalar tashkil etadi. Asarda e’tiqod va imonga sodiqlik, pok insoniy axloqning badnafslik, hirsu hasad, qonxo’rlik va nohaqliklar ustidan g’alabasi misollar orqali tasvirlanadi. Undagi qissalarda Shis, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh, Dovud va boshqa payg’ambarlar, Horut va Morut kabi farishtalar, Qobil va Hobil singari shaxslar haqidagi turli-tuman voqyealar hikoya qilingan. Asarda Qur’on syujetlari va hadislar g’oyalarining ijodiy davom ettirilishi asarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy rolini yanada oshirgan. Nasriddin Burhoniddin o’g’li Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy” asari haqida. Asardagi qissa va hikoyatlar kompozisiyasi, ya’ni “ Dovud qissasi”, “Luqmon hikoyati”, “Uzum hikoyasi” “Namrud hikoyati” “Sulaymonning qarinchg’a bilan so’rashgani”. “Ilon va Qaldirg’och” hikoyatlarining o’quvchilar tomonidan o’qib o’rganilishi, tahlil qilinishi o’quvchilarning bu boradagi bilimlari doirasini yanada kengaytiradi, ular uchun axloqiy tarbiya vazifasini o’taydi. E’tiboringiz uchun Rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |