O`zbek xalq og`zaki ijodida “ot” obrazi Ochilova Nilufar O`lmasovna Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi



Download 23,62 Kb.
bet3/3
Sana12.07.2021
Hajmi23,62 Kb.
#116562
1   2   3
Bog'liq
folklorda ot

Shildir-shildir suv kechar,

Oyog`i suvga tegmas. (tug`ilmagan qulun)

Suvday chopadi, manzilga yetadi. (ot)

To`rt oyoqli, temir tuyoqli.[5] (ot)

Bu kabi topishmoqlardan bir necha misollar keltirishimiz mumkin. Aslini olganda, topishmoq – biror bir buyumning yoinki jonzotning xususiyatidan kelib chiqib, u haqida qofiyali satrlarni ijod qilish mumkin. O`zbek folklorida topishmoqlarda otning naqadar tez yugurishi, yelday uchishi haqida ta`kidlanadi. Haqiqatan, o`zbek qora bayirlari Farg`ona saman otlari kabi yugurik va chaqqondir. Bejizga Farg`ona otlari haqida afsonalar to`qilmagan[2].

O`zbek xalq og`zaki ijodini doim yaxshilik bilan tugaydigan ertak janrisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Biz ertaklarni yoshligimizdanoq tanib olganmiz. Ertaklarsiz bolalar yaxshi uxlay olmasligini ham bilamiz. Chunki ertaklar doim bolalarni yaxshilikka yetaklaydi va ertak inson hayotidagi ilk ibrat maktabi deb ham aytishimiz mumkin. Ayniqsa uchar otlar, saman toylar haqidagilari har qanday bolani ertakning sehrli olamiga beixtiyor yetaklaydi. Ertaklarda hayvonlarni jonlantirish hamda ularni inson tili bilan gapirtirish ota-bobolarimizning mohir ijodkor bo`lishganiga hech shubha yo`q. Masalan, “Toy va dev” ertagidagi “ot” obrazi devni salbiy obrazdan ijobiy tomonga o`zgartirgani ham ahamiyatga molik qismdir. Sababi, inson salbiy tomondan ijobiy tomonga o`zgarishi bu juda dolzarb muammodir. Ushbu “Toy va dev” ertagida esa birgina toyning devga qaytarilishi ko`plab muammolarni osongina hal qilib yuboradi. Har doimgidek, ertak yakunida yaxshilik g`alaba qozonadi. Qizig`i ham shunda, ertakning nima bilan tugashini barcha oldindan aytib bera oladi.

Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, o`zbek xalq og`zaki ijodini “ot” obrazisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Otlar o`tmishda insoniyatning bir bo`lagi bo`lgani kabi bugungi kunda ham ularga e`tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, XX asr o`zbek adabiyotida “ot” obrazi haqida bir necha asarlar yozilgani ham buni isbotlaydi. Jumladan, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” asari, Turob To`laning “Do`nan” hikoyasi, Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi” hikoyasi kabi ijod mahsullari kitobxonlarning yuragidan allaqachon joy olgani ham sir emas. Ot jonivoriga bo`lgan qiziqish hech bir zamonda so`ngan emas va o`zbek adabiyotida ham bu ajoyib jonzot haqida kelajakda ko`pgina ijod namunalari yaratilishiga umid qilsa bo`ladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent, 2008.

2. To`laganov Sh. “Oq tulporim bor edi...”. uza.uz.

3.Qo`ldoshev Sh. “Farg`onaning samoviy otlari”. Mingtepa.uz



4.wikipedia.org.uz

5.ziyonet.uz
Download 23,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish