Ot tepkisini ot ko`taradi.
Otga minsang – boshingni o`yla, yerga tushsang – otingni o`yla.
Eshak yiqitsa, tuyog`ini to`shaydi, ot yiqitsa, yolini to`shaydi.
Ot – yigitning yo`ldoshi.
Ot – yigitning qanoti [4] va hokazo maqollarni uchratish mumkin.
Har bir maqol o`zining tarixi hamda kelib chiqishiga ega va shu bilan birgalikda, xalq og`zaki ijodidagi hech bir ijod mahsuli bejizga yaratilmagan. Yuqorida keltirilgan maqollardan ko`rinib turibdiki, otning naqadar xosiyatli jonivor ekanligi va har qanday holatda ham insonga vafosini, sadoqatini saqlagan va aynan shuni xalq bilib, his qilib keng ma`nodagi maqollarni yaratgan.
Otlar insondan farqli ravishda sadoqatini amalda isbotlagan va shu sababli balki Sulaymon alayhissalom ham otlarga o`zgacha mehr bergan. Hazrat Sulaymon alayhissalom otlarni juda yaxshi ko`rgan, ularni avaylagan, hech bir jonivorga otga ko`rsatgan mehrichalik mehr bermagan. Hadislarda keltirilishicha, otga bo`lgan mehrlari shu qadar kuchli bo`lganki, Hazrat Sulaymon alayhissalom uyurlarida ikki yuztagacha ot bo`lgan va har bir otni o`zlari parvarishlagan[4].
Uzoqni yaqin qilguvchi bu ajoyib va ko`rkam jonzot haqida o`zbek xalq og`zaki ijodida bir necha topishmoqlarni ham uchratish mumkin. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |