1. Doston atamasining mohiyati nimadan iborat?
2. Doston janri o`zbek fol’klorida qanday o`rin tutadi?
3. Dostonlarning yaratilishiga nimalar ta`sir ko`rsatgan?
4. Xalq dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Baxshi atamasining qo`llanishi va dostonchi baxshilar faoliyati to`g`risida nimalar bilasiz?
6. Xalfachilik nima? Bu san`atining qanday tiplari mavjud?
7. Qissaxonlar kimlar? Ularning repertuarini qanday asarlar tashkil etadi?
8. Baxshilar tayyorlash an`anasi qanday talablarga ega?
9. Dostonlar qanday tartibda ijro etiladi? Ularni kuylashda qanday qoidalarga rioya qilinadi?
10. Dostonchilik maktablari qaerlarda mavjud bo`lgan va ularning talantli vakillari kimlar?
11. Dostonlarni kimlar tasnif qilgan?
12. Dostonlar qanday turlarga bo`linadi?
13. Dostonlarning har bir turiga xos muhim belgilar nimalardan iborat? Birma-bir misollar bilan
izohlang.
14. Dostonlarning kompozitsiyasi va badiiyati haqida nimalar bilasiz?
15. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: doston, baxshi, dostonchi, baxshi repertuari,
xalfa, qissaxon, baxshi nag`malari, baxshining “qaynashi”, do`mbira to`ntarmoq, baxshi sozlari,
epik an`ana, dostonchilik maktabi, qahramonlik dostoni, romanik doston, jangnoma doston,
kitobiy doston, qahramonlik-romanik doston, ishqiy-romanik doston, maishiy-romanik doston,
tarixiy doston, tarixiy-fantastik doston, tarixiy-qahramonlik doston, yangi dostonlar,
avtobiografik dostonlar, dostonlarda an`anaviy uslub, dostonlarda epik klishelar, dostonlarda
doimiy stilistik formulalar.
16. Tubandagi testlardan to`g`ri javoblarni aniqlang:
1. «Kuntug`mish» dostonining qaysi tipga mansubligi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Maishiy –romanik doston E) Kitobiy doston
B) Tarixiy doston F) Jangnoma doston
D) Ishqiy-romanik doston
2. Go`ro`g`lining keksaygan davri va Sulduz tog`ida g`oyib bo`lishi voqeasi «Go`ro`g`li»
turkumidagi qaysi dostonda tasvirlangan?
A) «Avazxon» dostonida E) «Ero`g`li» dostonida
B) “Hasanxon” dostonida F) «Rayhon arab» dostonida
D) “Nurali” dostonida
3. Go`ro`g`lining ota-onasi nomi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) Ravshan, Bibi Hilol
E) Hilol Bibi, To`liboy sinchi
B) To`liboy sinchi. Oysha
F) Rustam, Bibi Hilol
D) Ganjumbek, Oysha
4. Go`ro`g`lini tarbiyalab voyaga etkazgan cho`ponning ismi kim?
A) Ravshan E) Rayhon
B) Qayqubod F) Rustam
D) Qultoy
5. Xorazm versiyasidagi “Go`ro`g`li” turkumi dostonlarining miqdori qancha?
A) 40 dan ziyod
E) 38 ta
B) 20 dan ortiq
F) 120 dan ortiq
D) 100 dan ortiq
6. Go`ro`g`li va Chambil yurtining doimiy tashqi dushmanlari kimlar?
A) Rayhon arab, Bektosh arab, Xunxorshoh
B) Shohdorxon, Rayhon arab, Bektosh arab
D) Ahmad Sardor, Shohdorxon, Rayhon arab
E) Hasanshoh, Shodmonbek, Xunxorshoh
F) Doniyorxo`ja, Shodmonbek, Bektosh arab
7. «Kuntug`mish» dostonida yozma adabiyotga xos qaysi janr namunalari uchraydi?
A) G`azal E) Muxammas
B) Ruboiy F) Qit`a
D) Tuyuq
8. Tarixiy voqealar va shaxslar nomi bilan bog`langan dostonlar qaysi javobda to`g`ri sanalgan?
A) «Oychinor», «To`lg`anoy» E) «Tulumbiy», «Alpomish»
B) «Oysuluv», «Alpomish»
F) «Nurali», «Xurshidoy»
D) «Go`ro`g`li», «Rayhon arab»
9. Qissa, hikoya, sarguzasht, ta`rif va maqtov ma`nolarida ishlatiladigan fol’klor atamasini
aniqlang:
A) Naql E) Doston
B) Afsona F)
Еrtak
D) Rivoyat
10. O`zbek folk’lorining eng yirik hajmli janri qaysi?
A)
Еrtak E) Rivoyat
B) Doston F) Tarixiy qo`shiq D)
Afsona
Do'stlaringiz bilan baham: