O’zbek xalq kuylarining shakllari. Mundarija: Kirish I bob. O’zbek xalq kuylarining shakllari



Download 0,96 Mb.
bet10/12
Sana20.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#684348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’ZBEK XALQ KUYLARINING SHAKLLARI

Mavsum marosim qo’shiqlari — xalq og’zaki ijodining yil fasllarini belgilovchi, turli marosim hamda an’anaviy bayramlar jarayonida ijro etilgan qad. qo’shiq turlaridan. Kelib chiqishi eneolit (yangi tosh) davrida yuzaga kelgan chorvachilik va dehqonchilik mehnatlari bilan bog’liq. Qadimda mazkur mehnatlar yil fasllarining uzviy aylanib turish jarayoniga bevosita bog’liq bo’lgan. Odamlar turli marosimlar, qurbonliklar va qo’shiklar homiy ruhlarga yoqib, ular bizga mo’l hosil beradi, deb ishonishgan. Buning natijasida bir-birini to’ldiruvchi mavsumiy marosim qo’shiqlar silsilasi shakl topgan: bahor kelishi munosabati bilan "Oftob chiqdi", "Laylak keldi", "Boychechak" kabi qo’shiqlar kuylangan; "Sumalak", "Gulyor" "Navro’z yo’klovlari", "Ish oshi" aytimlari "Navro’z" bayrami va "Lola sayli", "Qizil gul sayli" milliy-an’anaviy xalq bayramlarida; "Shoxmoylash", "Qo’sh-qo’sh" kabilar shudgorlash davrida, "Sust xotin" qurg’oqchilik boshlanganida ijro etilgan. Yozkuz fasliga oid "Oblo baraka", "O’rim", "Xo’r mayda", "Qovun sayli", qishda o’tkazilgan gapgashtaklarda ("Alyor"), "Yas-yusun" marosimlari mashhur bo’lgan. Beruniy 6-asrdan ajdodlarimiz kuzgi teng kunlikni "Mehrjon", bahorni "Navro’z" bayrami bilan davlat miqyosida nishonlanganini aytadi. Mavsum marosim qo’shiqlariq.da ilk bor band, bandnaqarot shakllari rivoj topib, o’yin harakatlari yoki afsun aytimlarining ritmik xususiyatlarini ifodalovchi musiqiy va she’riy (jumladan, satr bo’g’inlar soniga asoslangan barmoq) vaznlar yuzaga keladi. Muayyan ritmik "qolip" larga hamda parda tuzilmalariga tayangan ohanglar negizida keyinchalik ohangdor musiqa usulubi shakl topadi 
2.3. Xalq lapar va yallalari.





Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab bo’lmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholg’u jo’rligisiz aytiladigan qo’shiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) to’y marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf bo’lib dialog shaklida ijro etiladigan L. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga "L. soladi", bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastro’mol, belbog’ kabi sovg’alar beriladi. L.ni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim L.larning kuylari, ko’pincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda bo’ladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qo’shilib ketadi. To’rtlik shaklidagi termalardan iborat bo’lgan L.ning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Jan. Qozog’iston o’zbeklari orasida keng tarqalgan; 2) o’yin Lapar Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida "labidan", "labi uchidan" aytiladigan, yengil harakterdagi qo’shiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, o’ynoqi, jozibali bo’ladi. Yakka qo’shiqchi tomonidan cholg’u jo’rligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida "Qora soch", "Oyijon", "Qilpillama", "Bilak uzuk", "Nahoru nashta" kabi L.lar ommalashib ketgan. L. ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va boshqa mashxur. XalqL.lari o’zbek kompozi-torlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng o’rin olgan. L., ba’zan, keng ma’noda, umuman qo’shiq tushunchasini ham ifodalaydi.



Yalla — o’zbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qo’shiq turi. Xalq so’zi, mumtoz va zamonaviy shoirlar she’rlariga aytiladi Ya. yakka, ko’pincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholg’u ansambli jo’rligida) ijro etiladi. Aksariyat Yallar ishqmuhabbat mavzuida bo’lib, jozibali, o’ynoqi xarakterga ega. Ya. 2 turga bo’linadi:. 1) qo’shiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira jo’rligida aytiladi (mas, "Olmacha anor", "Yallama yorim", "Hoho, yalla", "Qizgina"); 2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida "Yaliyali", "Qalam qoshligim", "Jonon bo’laman deb", "Ayrilmasun", "Fig’ondur" kabi mumtoz Yallalar keng tarqalgan. Namanganda Ya. turkumlari mavjud: yallachi ayollar tomonidan doira jo’rligida "Katta yalla" va "Kichik yalla" (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari to’y marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Yallalardan namunalaridan ("Yor istab", "Mustahzod") yoki katta ashula va Yallalardan iborat ("Topmadim", "So’rmaysan") turkumlar ham mavjud. Hozirgi kunda Yallar estrada yo’nalishida ham ijro etiladi.






Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish