O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet80/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

2.2. Egalik kategoriyasi. Egalikning maxsus affikslar yordamida ifodala-nishi turkiy tillarda juda qadimdan mavjud bo‘lib, u qadimgi bobotil davriga ham xosdir.
Egalik affikslarining dastlabki ko‘rinishlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:





Shaxs

Birlik

Ko‘plik




Qo‘shimchalar

Qo‘shimchalar

Qo‘shimchalar

1-shaxs

-m, -їm//-im

-bїz//-biz, -їbїz//-ibiz




2-shaxs

{-ñ, -їñ//-iñ
{-g‘, -їg‘//-ig‘

{-ñїz//-ñiz, - їñїz//-iñiz
{-g‘їz//-giz, -їñїz//-iñiz




3-shaxs

//-i, -sї//-si

//-i, -sї//-si






Undoshlar bilan tugagan o‘zaklarda

Shaxs


Birlik

Ko‘plik

Qo‘shimchalar

Qo‘shimchalar

1-shaxs

at-їm (mening otim)

at-їbїz (bizning otimiz)



2-shaxs

at-їñ (sening oting)
at-їg‘

at-їñїz (sizning otingiz)
at-їg‘їz

3-shaxs

at-ї (uning oti)

at-ї (ularning oti)



Unli bilan tugagan o‘zaklarda

Shaxs

Birlik

Ko‘plik

1-shaxs

ata-m (otam)

ata-bїz (otamiz)

2-shaxs

{ata-ñ (otang)
{ata-g‘

{ata-ñїz (otangiz)
{ata-g‘їz



3-shaxs

ata-sї (otasi)

ata-sї (otasi)



Birinchi sxema keyinchalik biroz o‘zgarishlarga uchragan.


Barcha eski va yangi turkiy tillarda birinchi shaxs birlik affiksi -m, -їm//-im saqlangan. Bufer (ikki oradagi) unlilar sifatida u va ü unlilari xizmat qiladi. Ayrim turkiy tillarda bufer unlilari ї va i, ь va iga o‘tgan.
Ikkinchi shaxs birlik deyarlik barcha turkiy tillarda -ñ,-їñ//-iñ affiksi mavjud. Ikkinchi variant -g‘, -їg‘//-ig‘ esa qadimgi turiy obidalarda uchraydi. Hozirgi turkiy tillardan faqat chuvash tilidagina uning izlari qolgan: їvъl-u (sening o‘g‘ling)<og‘їlїg‘ yoki og‘lug‘. Oltoy tilida u ikkinchi shaxs ko‘plikdagi egalik affiksi -g‘ar, -їg‘ar tarkibiga kiradi. Ayrim turkiy tillarda ї, i>ь va i. Ushbu unlilar o‘rnida u va ü ham kelishi mumkin.
Ozarbayjon, turk, gagauz va qaraim tilining gali dialektida ushbu affiks -n,
- їn shakliga ega.
Uchinchi shaxs birlik affiksi -ї//-i, -sї//-si ko‘pchilik turkiy tillarda saqlangan. Ayrim turkiy tillarda ї va i unlilari ь va i ga aylangan. Tuva, xakas va shor tillarida -//-si affiksidagi -s intervokal holatda z ga aylangan: tuv. tevezi (uning tuyasi), xak. kimezi (uning kemasi), shor. kebezi (uning kemasi). Yоqut tilida -ї//-i>-a//-z: at-a (uning oti), ediy-z (uning katta singlisi); -sї//-si>-ta//-te: ag‘a-ta (uning otasi), jie-te (uning uyi).
Boshqird tilida -//-si affiksi -//-hi tarzida namoyon bo‘ladi: aоta-hь (uning otasi).
Chuvash tilida -ї//-ining singarmonistik variantlari unlilar uyg‘unligiga bo‘ysunmaydigan bitta iga birlashgan: s‘iri (uning yeri)~ їvъl-i (uning o‘g‘li). Chuvash tilida -їli o‘zaklar iga aylanadi: laji (uning oti)<laja (ot).
Turkiy tillarda 1-shaxs egalik affiksiniñ ko‘pligida bir necha variant mavjud: -bїz//-biz, -bїt//-bit, -mїz//-miz, -vїz//-viz, -vїs//-vis, -mъr//-mir.
Bulardan -bїz//-biz varianti qadimgi forma bo‘lib, qumiq, qorachoy-balqar, shor, oltoy, qirg‘iz, boshqird va tatar tillarida uchraydi: yulъbъz (bizning yo‘limiz), qum. atїbїz (bizning otimiz), qirg‘. atabїz (otamiz).
-bїt//-bit varianti esa faqat yoqut tilida mavjud: uolbut (bizning o‘g‘limiz), agab їt (bizning otamiz). Bu yerdagi oxirgi t<z bo‘lib, ancha eski z ning jarangsizlanishidan paydo bo‘lgan.
-mїz//-miz varianti dastlab<-bїz//-biz holatida bo‘lgan. Bu yerda b>m hodisasi ro‘y bergan. -їbїz//-ibiz variantidagi b ikki unli orasida mga aylanishi mumkin, shunigdek, m, n, ñ bilan tugagan o‘zaklardan keyin ham b>m sodir bo‘ladi. Ana shunday yo‘l bilan yoqut tilida -mїt varianti yuzaga kelgan: xatummut (bizning bekamiz).
Bunday holat chuvash tilida kuzatiladi: -mъr// -mir. Boshqa turkiy tillardagi z chuvash tilida rga o‘tgan. Shunday qilib, -mъr~-bїz sodir bo‘lgan.
-vїz//-viz varianti uyg‘ur tilida va o‘zbek tilining dialektlarida mavjud. Intervokal holatdagi -b<-v. Xuddi shu yo‘l bilan so‘z boshidagi -v tuva tilida -vїs//-visda paydo bo‘lgan. Tuva tilidagi so‘z oxiridagi z jarangsizlangan -vїs affiks <-ї-bїz.
-mїz//-miz varianti ko‘pchilik turkiy tillarda uchraydi.
Ikkinchi shaxs ko‘plikda affikslarning qadimgi variantlarida qayta taqsimlanish sodir bo‘lgan. Ayrim turkiy tillarda -ñїz//-ñiz mustahkam o‘rin olgan. Bunday tillar jumlasiga o‘zbek, qozoq, no‘g‘oy, qoraqalpoq, qrimtatar, turkman tillari kiradi. Turk, gagauz, ozarbayjon va qaraim tilining gali dialektida ushbu affiksning -ñїz//-niz,-їnїz//-iniz variantlari mavjud. Qaraim tilining tarakay dialektida yїz//-yiz, -їyїz//-iyiz formasi vujudga кelgan. Tatar, boshqird, qumiq, qorachoy-balqar tillarida -g‘їz//-g‘iz qabul qilingan. Ba’zilarida -ї//-i> //-i. O‘g‘uz tillarida qisqa unlilar u va ü variantlari mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Dastlab, faqat bitta -ñїz//-ñiz affiksi mavjud bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ayrim turkiy tillarda, chunonchi, tatar va qumiq tillarida ikki unli o‘rtasidagi -ñ> g‘: tat. aоwьlьg‘ьz (ovulingiz), qum. atїg‘їz (otingiz).
-ñїz-g‘їz affikslari variantlaridagi -ñ~g‘ holati turkiy bobotilda 2-shaxs egalik affiksi ko‘pligining ikkita varianti -ñ(-їñ) va -g‘(-їg‘) mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Bular ikkalasi -їz(-iz) formanti orttirilishi bilan ko‘plikni vujudga keltirishi mumkin. Ana shu yo‘l bilan vujudga kelgan -ñїz//-ñiz va -g‘їz//-g‘iz ko‘plik formasi turli turkiy tillarga tarqalgan.
Ikkinchi shaxs egalik affiksining ko‘pligi tuva va xakas tillarida ancha ajratiladi: tuv. -їñar, -ñar yoki -iñer, -ñer, xak. -їñar, -ñar yoki -iñer, -ñer. Birinchi tarkibiy qism allaqachon ma’lum bo‘lgan 2-shaxs egalik affiksining birligi -ñ va -ar//-er ko‘plik qo‘shimchasidan iborat. Mana shu sxema asosida 2-shaxs egalik qo‘shimchasining ko‘pligi qirg‘iz tilida: ata-ñar (bizning otamiz).
Oltoy tilida 2-shaxs egalik affiksining birligi -їg‘ar//-igar shakliga ega: do-

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish