6-ma’ruza
TURKIY TILLARDA SO‘Z TURKUMLARI. OT SO‘Z TURKUMI.
OLMOSH TURKUMI
Reja:
1. Turkiy tillardagi so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlari.
2. Ot so‘z turkumi:
2.1. Son kategoriyasi.
2.2. Egalik kategoriyasi.
3. Turkiy tillarda kelishik kategoriyasining talqini.
3.1. Makon kelishiklari.
4. Olmoshlarning turlari:
4.1. Ko‘rsatish olmoshlari;
4.2. Ko‘rsatish olmoshlaining turlanishi;
4.3. Kishilik olmoshlari;
4.4. So‘roq olmoshlari;
4.5. Egalik olmoshlari;
4.6. O‘zlik olmoshlari;
4.7. Umumlashtiruvchi olmoshlar:
4.7.1. Jamlovchi olmoshlar;
4.7.2. Umumlashtiruvchi-ayiruvchi olmoshlar.
4.8. Noaniq olmoshlar.
4.9. Inkor olmoshlari.
Adabiyotlar:
1.Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2.Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3.Murmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: So‘z turkumlari. Ot turkumi. Ko‘plik. Egalik. Egalik va ko‘plik qo‘shimchalari. Olmosh turkumi. Ko‘rsatish olmoshlari. Kishilik olmoshlari. So‘roq olmoshlari. O‘zlik olmoshlari. Turlanish.
1. Turkiy tillarda so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlari. Boshqa tillarda bo‘lgani kabi, turkiy tillarda ham so‘z turkumlari umumgrammatik (kategorial) ma’nosi jihatdan birlashgan va o‘ziga xos grammatik-morfologik (yasalish va so‘zlarning o‘zgarishi) va sintaktik belgilari bilan xarakterlanadigan so‘zlar guruhini tashkil etadi. Mana shu xususiyatlarga ko‘ra, mustaqil ma’noli so‘z turkumlariga–otlar, sifatlar, fe’l, ravish ajratiladi.
Turkiy tillarda son va olmosh turkumlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ularni aniqlashda, asosan, semantik belgisiga tayaniladi, shakliy belgilari esa qatnash-maydi. Turkiy tillardagi sonlar otlashib, sonning umumlashgan ma’nosini ifoda-laydi, olmoshlar esa ot va sifat vazifasida kelib, o‘ziga xos ko‘rsatish ma’nosiga ega bo‘ladi. Boshqalardan farqli o‘laroq, semantika, an’ana bo‘yicha, sonlar va olmoshlarni otlovchi so‘z turkumlariga kiritishga undaydi.
Turkiy tillarda atash ma’nosini anglatmaydigan, grammatik munosabatlarni ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladigan guruhga mansub so‘zlar ham bor. Ular umumiy ma’nolari va boshqa so‘zlar bilan birikuviga qarab turkumlarga ajratiladi. Atash xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘z turkumlariga–ko‘makchilar, yuklamalar, bog‘lovchilar kiradi. Yuqorida ta’kidlangan so‘z turkumlaridan tashqari, so‘zlarning kichik guruhi–predikativlar bor. Ular o‘zgarmaydi va subyektning nutqqa yoki nutqning borliqqa munosabatini ifodalaydi. Undovlar va tovush va obrazga taqlid so‘zlar (mimemalar) ham so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Ular grammatik formaga ega bo‘lmaydi va his-tuyg‘u, inson tomonidan idrok qilinadigan tovush, obrazga taqlidni ifodalash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |