rїg‘ kabi. Shuningdek, mazkur tillarda tushum kelishigi -їg‘//-ig‘ formantlariga ega emas: tuv. dag‘nї (togni), xak. xastї (g‘ozni).
3.1. Makon kelishiklari. Turkiy bobotilning ancha oldingi davrida yo‘nalish kelishiklari qatori, ayniqsa, ko‘p bo‘lgan. Mana shu rang-baranglik turkiy bobotilning dialektlarga ajralganligini ko‘rsatadi. Turli yo‘nalish kelishiklari muayyan dialektlarga taalluqli bo‘lib, yalpi kelishik tizimidan bittasining materiali bo‘lmagan. Ularning qoldiqlari barcha turkiy tillarda kuzatiladi. Yo‘nalish kelishiklarining hammasi ham aynan bir xil ma’noga ega bo‘lgan, deb bo‘lmaydi. Ulardan har birining ma’nosini hozirda to‘la aniqlash ham qiyin.
Ma’nolarning har xilligi bir qiziq xususiyatni ko‘rsatadi. Yo‘nalish kelishigining ko‘pchilik ko‘rsatkichlari taribida a elementi bo‘lib, u -qa, -ra, -cha kelishik affikslarida uchraydi. Asosiy yo‘nalish kelishigi bo‘lib -a affiksli kelishik hisoblanadi.
-a//-äli yo‘nalish kelishigi ancha keng tarqalgan. U hozir ham turkiy tillarning o‘g‘uz guruhida va chuvash tilida saqlangan: tur. tas-a (chanoqqa), turkm. oba-a (qishloqqa), ozarb. ox-a (o‘qqa), suy-a (suvga), chuv. yal-a (qishloqda, qishloqqa). Qipchoq tillarida ushbu kelishikning izlari egalik affikslarining turlanishida uchraydi: tat. atam-a (otamga), qirg‘. enem-e (onamga), qoz. qoram-a (hovlimga). Shuningdek, mazkur kelishik izini ravish shakllarida topish mumkin: tat qay-a (qayerga). Bundan tashqari, o‘zbek tilining o‘g‘uz hamda qipchoq dialektlari shevalarida ham ushbu kelishik formalariga duch kelinadi: Xorazm., qipch., o‘g‘z. apama (onamga), saña (senga), atama (otamga) kabi.
-qa affiksli yo‘nalish kelishigi turkiy bobotil davridayoq mavjud bo‘lgan. Shunigdek, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda ham unga duch kelinadi. A.M.Sherbakning fikricha, o‘g‘uz tillaridagi jo‘nalish-yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -a o‘rnida avval -g‘a ishlatilgan. Olimning ta’kidlashicha, -g‘a>-a jarayoni, dastlab, faqat kishilik olmoshlari shakllarida ro‘y bergan: gag. bana (menga), sana (senga), ana (unga), qirg‘. mag‘a (menga), sag‘a (senga), ag‘a (unga), keyinchalik oxiri jarangli undoshli otlarga, so‘ngra, analogiya bo‘yicha barcha turkiy tillar uchun mushtarak bo‘lib qolgan. Turkiy yozma yodgorliklari materiallarining guvohlik berishicha, qadimgi yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -qa bilan birga -a varianti ham mavjud bo‘lgan: tat. qьzьm-a (qizimga), qьzьna (qiziga), q.tur. qag‘anqa (xoqonga), tat. urman-g‘a (o‘rmonga), iptäsh-kä (o‘r-toqqa) kabi.
Bu borada V.Bangning fikri ancha ishonchliroq. U boshida undosh kelgan -qї affiksidagi q bilan -q elementini qiyoslaydi: -qї: tash-qї (tashqi). Bunday affiks, haqiqatan ham, turkiy tillarda mavjud: yug‘arьg‘ь (yuqoridagi), aolda-g‘ї (oldingi), ös-ki (ustki), turkm. uch-qї (uchidagi), o‘zb. ich-ki, qoz. alg‘ь (oldingi).
Tarixan yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -qa yo‘nalish kelishigi qo‘shim-chasi -a dan hosil bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |