Kim? va nä? olmoshlari so‘rovchiga noma’lum bo‘lgan predmetni aniqlashga qaratilgan. So‘zlashuv nutqida predmet ma’lum bo‘lib, uning xususiyatlari noma’lum bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda olmoshlar o‘rnida qanday? ma’nosidagi sifat qo‘llaniladi. Bu olmosh o‘zagi qan ga o‘xshashlik affiksi -tag‘ qo‘shish orqali hosil qilinadi: q.qalp., qirg‘., qoz., o‘zb. qanday olt. qandїy, uyg‘. qandag‘, yoq. xannїk
Turkiy tillardagi qanday? ma’noli so‘roq olmoshini hosil qilishda na? olmoshi ishtirok etishi ham mumkin: boshq. ninday, tat. nindiqar. nindi. Bular juda kam uchraydi.
Ba’zan so‘rovchiga o‘xshash predmetlardan birini ajratish kerak bo‘lib qoladi (qaysi?, ulardan qaysisi?). Bunday holatda turkiy tillarda, odatda, ajratish ma’nosini anglatadigan qaysi? olmoshi o‘zagi qay+-sїdan iborat olmosh qo‘llaniladi: tat. qaoysь, qoz., no‘g‘., uyg‘. qaysь, qirg‘., qum. qaysї, boshq. qao yhь, xak. xayzї, shor. qayzї.
Ayrim turkiy tillar–boshqird, qozoq, tatar, oltoy tillarida asl o‘zakning o‘zi qay ishlatiladi: tat. Sin qay uramda tъrasьñ? (Sen qaysi ko‘chada turasan?).
Turkiy tillarda ish tarzini aniqlash uchun qanday? ma’nosidagi ravish-olmoshlar qo‘llaniladi. Uning vujudga kelishi avvalgi olmoshnikiga o‘xshaydi: qan+day. Bunda ikkinchi qism fonetik o‘zgarishlarga uchrashi mumin: q.qalp., qoz. qanday, qalay, qirg‘., o‘zb. qanday, no‘g‘. qalay, tuv. qandїg‘, uyg‘. qandag‘, yoq. xaydax.
Faqat ba’zi tillarda bunday ma’noli olmoshlarni hosil qilishda nä, ni olmoshlari ishtirok etishi mumkin: qum. nechik, ozarb. nechä, näjür, turkm. nichik, nineñ, tat. nishik, boshq. nisäk. Mazkur olmoshlarning ikkinchi qismi ot so‘z turkumidan bo‘lgan: ozarb. nä yür? (qaysi nav?). Turk tilida hangi? (qaysi?, qanday?) so‘zi ishlatiladi.
Turkiy tillarda miqdorni va qanday? ma’nosini aniqlash maqsadidagi olmoshlar ham muayyan tartibda tuziladi: Bunday qan- o‘zagiga -cha//-chä affiksi qo‘shiladi: olt., qirg‘., o‘zb. qancha, qoz., q.qalp. qansha, xak. xancha, shor. qancha, qanche, qanchї, tur. kach, yoq. xas. Kelib chiqishiga ko‘ra, bu olmosh ham o‘xshatish, qiyoslashni ifodalaydigan ravishlarga o‘xshaydi: tur. chojuk-cha (bolalarcha), tat. taotar-sha (tatarcha), o‘zb. o‘zbekcha, turmancha kabi. Ushbu affiks belgining kuchsizligini ifodalaydigan sifat affikslari bilan grammatik omonimiya hosil qiladi: ozarb. uzun-ja (uzunroq), qirg‘. ak-cha (oqish) kabi.
Shunday qilib, qanday?<qan-day bo‘lib, bu yerdagi ikkinchi qism -day o‘xshatish affiksi hisoblanadi.
Ayrim turkiy tillarda qanday? ma’nosidagi olmoshni hosil qilish uchun nä, ni o‘zaklari ham qo‘llaniladi: ozarb.nechä, nä gädär, qum., turkm. neche, no‘g‘. neshe, tat. nisha, boshq. nisä.
Turkiy tillardagi qachon?, qayerda?, qayerdan? makon-vaqt ma’nosidagi so‘roq olmosh-ravishlarining hosil bo‘lishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |