O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Qayerdan? ma’nosidagi olmosh-ravishining vujudga kelishi ancha ravshan-dir. U qay-



Download 3,85 Mb.
bet93/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Qayerdan? ma’nosidagi olmosh-ravishining vujudga kelishi ancha ravshan-dir. U qay- olmosh o‘zagi chiqish kelishigi qo‘shimchasi (-dan)ning birikuvidan hosil bo‘ladi: qoz., q.qalp., qirg‘., qum., no‘g‘. qaydan, tat. qaoydan kabi.
Ozarbayjon tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi qadimgi yo‘nalish kelishigi formasiga birikkan: ha-ra-dan? (qayerdan?). Bunday holat, nä- olmosh o‘zakli forma turk va turkman tillarida kuzatiladi: tur. ne-re-den, turkm. ni-re-den.
4.5. Egalik olmoshlari. Ko‘pchilik turkiyshunoslar turkiy tillarda mustaqil leksik-grammatik guruh sifatida egalik olmoshlarining mavjud emasligini ta’kidlab, bunday olmoshlarga aloqadorlarini, aslida, olmoshlarning qaratqich kelishikdagi formalari, deb hisoblaydilar: turkm. meniñ, seniñ, biziñ (bizning), siziñ (sizning), onuñ (uning), olarїñ (ularning), qum. meni, seni, biziñ, siziñ, onu (uning), olani (ularning), o‘zb. mening, sening, bizning, sizning, uning, ularning kabi.
Ba’zan kishilik olmoshlari qaratqich kelishigi o‘rnida egalik affikslarini qabul qiladi: tat. minim (mening), tur. benim (mening), bizim (bizning), ozarb. mänim (mening), bizim (bizning) kabi. Bu hali turkiy tillarda qaratqich kelishigi mavjud bo‘lmagan davrning qoldiqlari bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli tat. minim (mening) va tur. bizim tipidagi formalarni qaratqich kelishigi shakli, deb bo‘lmaydi.
Turkiy tillardagi egalik olmoshlari boshqa usullar bilan hosil qilinishi mumkin. Buning uchun, ko‘pincha, -nїqї//-niki affiksi qo‘llaniladi: tat. miniki (meniki), siniki (seniki), qirg‘. meniki, bizdiki (bizniki), anїqї (uniki), qum. meniki, seniki, onuki (uniki), o‘zb. meniki, seniki, uniki, bizniki, sizniki, turkm. meniñki, seniñki, onuñqї (uniki), ozarb. manimki (meniki), bizimi (bizniki) va hokazo.
Nisbiylik affiksi -qї//-ki, qaratqich kelishigi formalariga qo‘shiladi, deb taxmin qilinadi. Haqiqatan ham, turkman tilidagi meniñki (meniki), onuñqї (uniki) misollarida ularga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilgan. Tatar tilidagi miniki (meniki), siniki (seniki) yoki qirg‘iz tilidagi meniki, seniki kabi misollarga keladigan bo‘lsak, bularda ñ tushib qolgan, deb faraz qilish mumkin: siniki< siniñki (seniki).
Nisbiylik qo‘shimchasi -qї//-kining qaratqich kelishigining qadimgi varianti -їq//-ik bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Ozarbayjon tilining aymur shevasida egalik olmoshlarining onuq (uning), bizik (bizning), sizik (sizning) kabi shakllari uchraydi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish