-ї//-i. Mohiyatiga ko‘ra, -a//-ä affiksining ablaut varianti: o‘zb. boyi (boyi-moq)<boy, kami<kam, ozarb. bärki (mustahkamlamoq)<bärk (mustahkam), turshu (achimoq)<tursh (achchiq), qar. quru (qurimoq)<qur (quruq), avru (og‘rimoq)<avїr (og‘ir) kabi;
-qa//-kä affiksi doimiy harakat anglatadigan ikkita affiksning birikuvidan tashkil topgan. Dastlabki takroriy, shuningdek, doimiy harakat ma’nosi ayrim fe’llarda saqlangan: esk. uyg‘. yarlїqqa (buyruq bermoq), tat. shaoyqa (chayqa), qoz. shayqa (chayqa), qar. qozg‘a (qo‘zg‘a), ozarb. chalxa (chayqa), turkm. galga (chayqalmoq) kabi;
-g‘ala//-qala. O‘ziga takroriy -g‘a//-ka affiksni va takroriy affiks -la//-läni biriktiradi: tat. kilgälä (kirmoq), yaozg‘ala (yozib turmoq), qar. quwg‘ala (quv-moq), turkm. dürtgülä (turtkila);
-qan//-kän: (-qa+n): qoz. sesken (seskan), qьzg‘an (qizg‘an);
-qar//-g‘ar (-qa+r): no‘g‘. suwg‘ar, olt. su:g‘ar, uyg‘. sug‘ar, xak. suvg‘ar (sug‘ormoq); qar. ashqar (boqmoq), qoz. shьjg‘ьr (qovurmoq), tat. qъtqar (qutqar);
-qїr//-g‘їr: ozarb. hїchg‘їr (hiqillamoq), mushg‘ur (chapillatmoq), qar.
kїchxar (qichqir), no‘g‘., tat. sьzg‘ьr (ishqir), turkm. pїshgїr, tat. pъshkьr (pishqirmoq), q.uyg‘. yañg‘їr, tat. yaong‘ьr (tarqatmoq) kabi;
-їq//-ik affiksi -ї va -q affikslarning birikuvidan tashkil topgan bo‘lib, takroriy va davom etadigan harakatni anglatadi: o‘zb. birik, kechik, qoz. tьnьq. Ushbu ma’noda bu affiks ko‘p ishlatilmaydi. U asta-sekinlik bilan to‘planadigan va shakllanadigan sifatni ifodalash uchun ishlatiladi: chuv. sarъx (sariq)<sarъ, qoz. totїq (zanglamoq)<tot (zang), qar. sawux (sog‘lomlanish)<saw (sog‘lom), ozarb. kejik (sezmaydigan bo‘lib qolish)<kej (sezmaydigan), qirg‘. їmqї (namlan-moq)<їm (nam) va hokazo.
-la//-lä affiksi -l va -a ning birikuvidan tashkil topgan. Hozirgi turkiy tillarda uning qadimgi takroriylik ma’nosini saqlagan ayrim qoldiqlarini mavjud: o‘zb. bukla<buk, savala<sava. Ushbu affiksning kuchsiz harakatini ifodalaydigan holatlariga ham duch kelinadi: o‘zb. qashila (qashimoq)<qashi. Keyinchalik biror sifatni hosil qilish ma’nosiga ega bo‘la boshlagan: tat. siräklä (siyrak-lamoq)<sirak<(siyrak), o‘zb. muz~muzla (asta-sekin muzga aylanish).
1.2. Boshqa turkumlardan fe’l yasalishi. Hozirgi turkiy tillarda otdan hosil qilinadigan fe’llarni vujudga keltirishda faol ishtirok etadi: tat. sula (suvla)<su, tur. bashla<bash, turkm. tuzla<tuz, o‘zb. ishla<ish, ozarb. baltala<balta, xak. pїchaxta<pїchaxla (pichoqla)<pїchax (pichoq), tuv. sug‘la (suvga borish)<sug‘ (suv), shor. tashta<tashla<tash (tosh) kabi;
-ala//-älä affiksi -a va -la ning birikuvidan tashkil topgan bo‘lib, dastlab, takroriy harakatni ifodalagan: ozarb. govala (quvala), turkm. s‘epele (sepala), tur. chisele (savala, maydalab, tomchilab yog‘ish). Hozirgi turkiy tillarda ushbu affiks kamunum hisoblanadi;
-al//-äl affiksi, dastlab, sifatning asta-sekinlik bilan to‘planishini ifodalay-digan harakatni anglatish uchun qo‘llanilgan: gag. kїsal (yo‘lga qo‘yilmoq), turkm. az‘al (ozaymoq), garal (qoray), ozarb. daral (toray), s‘ag‘al (sog‘ay), chuv. xural (qoray) kabi;
Do'stlaringiz bilan baham: |