-chїl//-chil: ozarb. ishchil (ishchan)<ish, qirg‘. oychul (o‘ychang)<oy (o‘y), turkm. gaygїchїl (qayg‘uchan)<gaygї, tat., no‘g‘. qunaqshьl (mehmondo‘st)< qunaq (mehmon), qoz. ъyqushьl (uyquchan)<ъyqu (uyquz, olt. qatqchїl (kulguchan)<qatq (kulgu), q.qalp. sözshil (so‘zga chechan)<söz;
-qay//-käy: olt. їylaqay (yig‘loqi), qirg‘. teñkey (kir ko‘tarmaydigan),
sїnarqay (sinovchan);
-qach//-käch,-g‘ach//-gäch: tur. yuzgech (yuzuvchan)<yuz (yuz), utangach (uyalchan)<utan (uyat);
-qїch//-kich,-g‘їch//-gich: q.qalp. sьng‘ьsh (sinuvchan)<sьn, avьrg‘ьsh (og‘riqchan, kasalchan);
-sak//-säk: olt. araqїzaq (aroqxo‘r), tuv. oyunzaq (o‘yinchan), boshq. yaoramhak (laganbardor).
3.4. Fe’ldan yasalgan sifatlar. Turkiy bobotilda fe’ldan yasalgan sifatlar mavjud edi. Ularni sifatdoshlar desa bo‘lardi. Ammo ular hozirgi turkiy tillardagi sifatdoshlardan tubdan farqlanadi. Sababi ular zamon, daraja ifodalamaydi, qandaydir harakat belgisini, avvalo, natijani bildiradi. Bunday qadimgi fe’ldan yasalgan sifatlar turg‘un bo‘lmaydi. Avvalo, ular otlar yoki sifatlarga aylanganlar. Fe’ldan yasalgan sifatlar quyidagi o‘ziga xos affikslarga ega:
-ma//-mä: o‘zb. o‘rma<o‘r, yozma (yozilgan)<yoz, q.uyg‘. barma (o‘tgan, o‘tmish, qadimgi)<bar, ozarb. burma (burilgan)<bur, tur. yarma (yorilgan)<yar, tat. qushma (qo‘shilgan)<qush (qo‘sh), turkm. örme (o‘rmoq)<ör;
-їq//-ik: tuv. üzük (uzilgan)<üz, tat. jimirik (buzilgan)<jimir (buzmoq), qirg‘. jabїq (yopiq)<jab (yop), tur. achїk (ochiq)<ach, xak. izirik (mast)<izir (mast bo‘lmoq), ozarb. chürük (chirik)<chürü (chirimoq), gag. yїrtїk (yirtiq)<yїrt, o‘zb. buzuq<buz, no‘g‘. ashьq (ochiq)<ash, turkm. dövük (siniq)<döv (sindirmoq);
-qan//-kän (-kїn//-kin), -g‘an//-gän (-gїn//-gin): tur. dövüshken (urishqoq) <dövüsh (urishmoq), ozarb. chalїshgan (tirishqoq)>chalїsh (ishlamoq), tuv. їrxan (oriq)<їr (charchamoq), chuv. xїtkan (oriq)<xїt (qattiqlanmoq), turkm. ergin (erigan)<ere (erimoq), o‘zb. so‘lg‘in<so‘l, ozarb. käsgin (keskir) < käs, tur. kїrgїn (siniq)<kїr (sindirmoq), qirg‘. azg‘їn (yo‘ldan adashgan)<az (yo‘ldan ozgan), chuv. siskin (sezgir)<sis (sezmoq);
-ag‘an//-ägän: affiksi, aslida, -qan//-gändan hosil qilingan bo‘lib, birinchi qismi -a//-ä tez takrorlanib turadigan fe’llarni hosil qiladi: turkm. duragan (turag‘on)<dur (tur), yoqut. umnugan (unutadigan)<umun (unutmoq), ozarb. yatag‘an (yotag‘on)<yat.
Ushbu affiks bilan hosil qilingan sifatlar doimiy belgi (sifat) ni bildiradi.
-їn//-in affiksi kam uchraydi: qar. bütün (butun)<büt (tamomlamoq), qirg‘. uzun<uza (uzoqlashmoq). Turkiy bobotilda -їn//-in bilan kelgan fe’ldan hosil qiliñan sifatlar mavjud bo‘lgan.
-ar//-är,-їr//-ir affiksi bilan yasalgan sifatlar predmetning turg‘un belgisi yoki xususiyatini bildiradi: turkm. akar (oqar)<ak (oqmoq), ozarb. yarar (yaraydigan)<yara, tat. qaoynar (qaynar)<qayna (qaynamoq), chuv. xizir (tig‘iz) -qїr//-kir,-g‘їr//-gir. Ushbu affiks -qї//-g‘i affiks bilan modal ma’nodagi -їr //-ir affiksining birikuvidan hosil bo‘lgan: turkm. alg‘їr (olg‘ir)<al (olmoq), o‘zb. sezgir<sez, qirg‘. tapqїr (topqir)<tap, olt. bilgir (bilag‘on)<bil.
3.5. Olmoshlardan hosil qilingan sifatlar. Turkiy tillarda olmoshlardan ham sifatlar osil qilinadi. Bu sifatlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular o‘xshatish affiksi -dag‘,-dїg‘//-dig‘,-day,-dїy yordamida hosil qilinadi: q.turk. andag‘ (andoq), mundag‘ (mundoq), tuv. qandїg‘ (qanday), їndїg‘ (shunday), mїndїg‘ (mundoq), xak. ondag‘ (ondoq; shunday), shor. qaydig‘ (qanday), uyg‘. andaq, qandag‘, qirg‘ mїnday (mana shunday), oshondoy (o‘shanday), tat. shundьy (shunday), andy (shunday), mьndьy (shunday), no‘g‘. mьnday (bunday), ondday (shunday), qayday (qanday), o‘zb. qanday, qoz. qanday, osьnday (o‘shanday), anday, olt. qandїy (qanday), mundїy (bunday), andїy (unday) va hokazo.
3.6. Inkor ma’noli sifatlarning yasalishi. Privativ (inkor ma’noli) sifatlar predmetdagi u yoki bu sifat yoki belgining yo‘qligini ifodalaydi. Yoqut tilidan boshqa barcha turkiy tillarda ular bir xil, ya’ni otga -sїz//-siz affiksini qo‘shish orqali yasaladi: tat. susьz (suvsiz), urmansїz (o‘rmonsiz), aoysьz (oysiz), ozarb. yag‘sїz (yolg‘iz), susuz (suvsiz), güysüz (kuchsiz), o‘zb. tuzsiz, no‘g‘. atsьz (otsiz), qirg‘. su:suz (suvsiz), qoz. süsьz (suvsiz), q.qalp. jersiz (yersiz), tur. tatsїz (mazasiz) kabi.
Chuvash tilida z>r sababli affiks -sъr//-sir shaklini oladi: utsъr (otsiz), vъjsъr (kuchsiz), tipsir (tagsiz) kabi.
-sїz//-siz affiksini ikkita qismga -s va -їz(-iz) ajratish mumkin. S elementi sifatning to‘liq bo‘lmagan belgisini ifodalaydi: tat. alsu (bo‘zargan)<al, zäñgärsü (zangoriroq)<zäñgär, tat. küksil (ko‘kish). -їz//-iz elementi -chїq//-chik affiksi bilan birikib, kichraytirish otlarini yasashi mumkin: tur. elji(g‘)iz (qo‘lchiq)<el (qo‘l).
Yoqut tilida inkor ma’nosidagi sifatlarni hosil qilishda suox (yo‘q) inkor ma’nosidagi so‘z ishlatilib, u 3-shaxs birlikdagi otga qo‘shilib keladi: qїrdagaha suox kihi (keksa bo‘lmagan kishi).
Demak, turkiy tillarda so‘z yasalishi keng tarqalgan bo‘lib, otlar, asosan, otdan va sifatdan yasaladi. Bundan tashqari, kichraytirish ma'nosidagi otlarning yasalishi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuningdek, fe’llardan ot yasalisi ham keng tarqalgan. Modal ma’noli affikslar yordamida ham otlar hosil qilinadi.
Turkiy tillarda yasalgan sifatlar belgi va xususiyat, kichraytirish, nimagadir moyillik ma’nolarini anglatadi. Bundan tashqari, sifatlar fe’l va olmosh turkumlaridan ham hosil qilinadi. Turkiy tillarda inkor ma'noli sifatlar ham o‘z yasalish strukturasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |