O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-ma’ruza FE’L VA RAVISHLARNING YASALISHI



Download 3,85 Mb.
bet65/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

5-ma’ruza
FE’L VA RAVISHLARNING YASALISHI
Reja:
1. Turkiy tillarda fe’llarning yasalishi:
1.1. Affiksatsiya yo‘li bilan fe’l yasalishi.
1.2. Boshqa turkumlardan fe’l yasalishi.
2. Turkiy tillarda ravishlarning yasalishi:
2.1. Affiksatsiya yo‘li bilan ravish yasalishi.
Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2.Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Fe’l yasalishi. Affiksatsiya. Kompozitsiya. Ravish yasalishi.
1. Turkiy tillarda fe’llarning yasalishi. 1.1. Affiksatsiya yo‘li bilan fe’l yasalishi. Turkiy tillardagi fe’l yasaydigan affikslarni ikkita guruhga–otlardan fe’l yasaydigan va fe’ldan fe’l yasovchi qo‘shimchalarga ajratish mumkin.
Turkiy tillarda otdan fe’l yasovchi affikslar ozchilikni tashkil qiladi. Fe’ldan fe’l hosil qiluvchi affikslar ancha ko‘p.
Qadimda turkiy tillarda takroriy harakatni bildiradigan affikslar ko‘p qo‘llanilgan. Ularni sodda va murakkab affikslarga ajratish mumkin. Sodda affikslar ikkita guruhchaga ajratiladi: 1) bitta unlisi bo‘lgan affikslar: 2) bitta undoshli affikslar. Sodda affikslarga -a (varianti -e, ), -ї (-i); 2) -k, -l, -m, -n, -r, -s,-t,-sh lar kiradi.
Ushbu affikslarning ko‘pchiligi ko‘plikni ifodalovchi bo‘lib, turkiy tillarda keng tarqalmagan.
Undoshlar bilan tugaydigan fe’l o‘zaklarning ko‘pligi sababli ushbu affikslar bir-biri bilan birikib, -ar,-la,-їl,-їn,-ra,-їr,-lar,-їq,-qa tipidagi murakkab affikslar yuzaga kelgan.
Hozirda ham asl ma’noni saqlab kelayotgan takroriy ma’no anglatadigan qadimgi affiks kam unum bo‘lib, hozirgi turkiy tillarda ancha kam uchraydi. Bularga quyidagilar kiradi:
-a//. Dastlab, ushbu affiks takroriylikni, ammo ko‘proq doimiy harakatni bildirgan. Bu holat uning hozirgi zamon fe’li ko‘rsatkichi uchun foydalanishiga sabab bo‘lgan: o‘zb. ol-a-man (olaman), tat. yaoz-a-m (yozaman), qoz. bar-a-mїn (boraman) kabi. U otdan fe’l hosil qilishda keng qo‘llanilgan: tur. kana (qonamoq) yasha (yasha)<yash, qum. sana<san (son), uyg‘. bosha (bo‘sha)< bosh (bo‘sh), tuv. ada (atamoq)<at, q.qalp. ata (o‘tamoq)<ot (o‘t), olt. tüne (tunamoq)<tün kabi;

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish