-lїg‘//-lig‘<-li:g//-lїg‘ affiksi qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda keng tarqalgan: adalїg‘ (xavfli)<ada (xavf), azїg‘lїg‘ (qoziq tish)<azїg‘ (qoziq), buzlug‘ (muzlik)<buz kabi. Shuningdek, bu holat tuva, xakas, shor va tofalar tillarida ham yaxshi saqlangan: tuv dag‘lїg‘ (tog‘lik)<dag‘, xarlїg‘ (qorlik)<xar (qor), xak. chillig‘ (shamallik)<chil (shamol), tof. mallїg‘ (mollik)<mal, küshtüg‘ (kuchlik)<küsh (kuch), mistig‘ (shoxli)<mis (shox).
Uyg‘ur tilida -lїg‘ affiksi oxiridagi g‘>q va k: qa(r)lьq (qorlik), tashlьq (toshlik), tag‘lьq (tog‘lik) kabi.
Qirg‘iz tilida -lїg‘>-lu://-lü; -tu//-tü: tashtu:<tashlїg‘, toqaylu:<toqaylїg‘, estü (esli)<yes (aql).
Oltoy tilida ham u//üdagi cho‘ziqlik saqlangan: qarlu: tu:lu: (tog‘lik); bal їqtu: (baliqli) kabi.
Yoqut tilidan boshqa turkiy tillardagi -lїg‘//-lig‘ va -lї//-li bilan kelib chiqishi bir bo‘lgan -la:x (-ta:x//-da:x, -na:x) affiksi uchraydi: ag‘ala:x (otasi bor bo‘lgan, otali), og‘o:lo:x (bolali), oydo:x (aqlli) kabi.
-lї//-li affiksi turkiy tillarda keng tarqalgan: o‘zb. kuchli akїllї <akїl, qoz. tastь (toshli)<tas, no‘g‘. qъmlъ (qumli)<qъm, tat. aoylь (oyli)<aoy, qum. tuzlu (tuzli)<tuz, tur. atlї (otli)<at, ozarb. astarlї (astarli)<astar, boshq. aotlь (otli)<aot, qar. kayg‘їlї (qayg‘uli)<qayg‘ї.
Ushbu affiksning ancha qadimgi shakli -lї:g‘ bo‘lgan. g‘ ning tushib qolishi shunday sodir bo‘lgan: g‘>q: -lї:g‘>-lї:q>-lї.
Kelib chiqishi bo‘yicha -lїg‘ qadimgi birgalik kelishigi qo‘shimchasi hisoblanadi.
-lїq//-lik affiksi ko‘pchilik turkiy tillarda nisbiy sifatlar hosil qilishda ishtirok etadi: tat.aotnalьq (haftada), no‘g‘. aylьq (oylik), ozarb. gїshlїx (qishlik), qirg‘. aymaqtїq (o‘lkalik)<ajmaq (mamlakat), tuv. chїldїq (yillik), chuv. vъrlъxlъx (urug‘lik) kabi. -lїq//-lik affiksi turkiy tillarda nimagadir mo‘ljallan-ganlik ma’nosini anglatadi: tat. bashlьq (bosh uchun mo‘ljallangan), aorg‘alъq (tirqish, egarning ikki tomonida joylashgan), küzlik (oynak).
-qї//-ki: qirg‘. jazg‘ї (bahorgi), gag. kїshkї (qishki). yoq. sa:ski (bahorgi), no‘g‘. qьsqь (qishki), tuv. chasqї (bahorgi), o‘zb. yozgi, ozarb. axshamkї (kechki, oqshomgi), tur. sabahkї (ertalabki), shor. qїshqї (qishki), tat. yaozg‘ь (bahorgi), chuv. surki (bahorgi), qr.tat. qїshqї (qishki).
Ushbu affiks, avvalo, yilning turli vaqtlarini anglatadigan otlardan sifatlar yasaydi. Sporadik holatlarda yil vaqti bilan bog‘liq bo‘lmagan sifatlar hosil qiladi: no‘g‘. tьsqь (tashqi), qirg‘. bashqї (boshdagi), tur. dashkї (tashqi) kabi.
-da:qї//-dä:ki affiksi muayyan joyda joylashganlik ma’nosini anglatgan sifatlar yasaydi: no‘g‘. aradag‘ь (oradagi)<ara, tur. dolaptakї kitaplar (shkafdagi kitoblar), o‘zb. uydagi, yoq. tїata:g‘ї (taygadagi), olt. ayїldag‘ї (ovuldagi), xak. chirdegi (yerdagi)<chir (yer), qar. bundag‘ї (bundagi) kabi.
Ushbu affiksning birinchi qismi o‘rin kelishigi affiksi bo‘lib, ikkinchi qismi esa (-qї//-ki) nimagadir mansublikni anglatadi.
Turkiy tillarda sifat yasashda unumsiz affikslar ham bor: -lach//-läch: tat. ishläsh (go‘shtli), yъnlash (paxmoq); -chu//-chü: tat. tьnshu (nimiqib, zax bosib qolgan); -qьsh: tat. tьnqьsh (manqa, ping‘illagan); -їz//-iz: tat. jaowьz (yovuz), o‘zb. yovuz; -g‘ay: qoz. qapsag‘ay (ulkan), tat. jaolag‘ay (xushomadgo‘y); -ї//-i: tur. sїkї (tig‘iz) va hokazo.
3.2. Kuchaytirish ma’nosidagi sifatlarning yasalishi. Turkiy tillarda belgini to‘liq anglatmaydigan sifatlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ushbu affikslarning xarakterli xususiyatlaridan biri ularda takrorlanuvchi elementlarning mavjudligidir. Umuman olganda, bunday elementlar unchlik ko‘p emas. Bular: q(k), l, m, r, s, t, sh, ch lardir. Affikslarning undosh elemenlari a, ї, i unlilari bilan birikib kelishi mumkin.
Affikslar tarkibida qy, ql, qlt, qltm, qch ko‘rsatkichlari qatnashishi mum-kin:
-qay//-käy: qoz. sъrqay (bo‘zargan), tьrbьqay (kaltaroq);
-aq//-äk, -k. Ushbu ko‘rsatkichli sifatlar chuvash tilida ko‘p uchraydi: sїvak (yog‘li)<sьv, su (yog‘), shїvak (suvli)<shїv (suv), yuz‘ek (achchiqroq)<juzi (achchiq) kabi;
-qїl//-kil, -g‘їl//-gil: qirg‘., q.balq. qїzg‘їl (qizg‘ish), qoz. bozg‘ьl (bo‘zroq);
-qїlt//-kilt: qoz. qьzg‘ьlt (qizg‘ish), turkm. gїzgїlt, qoz. sarg‘ьlt (sarg‘ish), no‘g‘., qir. sarg‘ьlt, boshq. haоrg‘ьlt, tat. yäshkilt (ko‘kish);
-qїlt їm//-kildim: tat. äshkiltim (achchiqroq), qirg‘. sürgültüm (bo‘zroq), q.balq. sarg‘їldїm (sarg‘ish). -qїch//-kich kam uchraydi: qirg‘ sarg‘їch (sarg‘ish), qoz. sarg‘ьsh.
Qadimgi turkiy tillarda -їl//-il affiksi chegaralangan holda mavjud bo‘lgan: yashїl (ko‘k). Shuningdek, qїzїl sifatidagi -їl affiksi kichraytirish ma’nosiga ega. Hozirda esa bu ma’noni yo‘qotgan. Hozirgi turkiy tillarda kam uchraydi: olt. kögül (ko‘k), no‘g‘. sarg‘їl (sariq).
Odatda l, lt, ltm, ltr, ltrm, lchm birikmalari tarkibiga kiradi:
-їldїy//-ilbay: no‘g‘. sarьg‘ldьy (sarg‘ish);
-їltїm//-iltim: qoz. qaraltьm (qoramtir), ashkьltїm (achchiqroq), olt. qї-
zїltїm (qizg‘ish), no‘g‘. sargьltьm (sarg‘ish);
-їltїr//-iltir: tuv. sarg‘їldїr (sarg‘ish), qoz. kögildir (ko‘kish);
-їltїrїm//-iltirim: shor. ag‘їldїrїm (oqish), kögüldürüm (ko‘kish);
-їlchїm//-ilchim: qirg‘. qaralchїm (qoramtir), sarїlchїm (sarg‘imtir), tat. kügilshim (ko‘kimtir).
Qozoq tilidagi -law//-lew (variantlari: -daw//-dew, -taw//-tew) affiksining kelib chiqishi ma’lum emas: ъzъndaw (uzunroq), jasьldaw (ko‘kimtir) va hokazo.
M komponenti: mq, mlq, ms, msq, mtq, mtl, mtrq, msh birikmalari tarkibida ishtirok etadi:
-mїq//-mik: qirg‘. yїlїmїq (yo‘g‘onroq), qoz. qaramьq (qoramtir);
-amlїq//-ämlik: shor. qarg‘amdїq (qoramtir), xak. og‘amdїx (oqimtir), xaramdїx (qoramtir);
-їmsa//-imsä: tat. jьlimsä (issiqroq);
-msї//-msi: tur. ekshimsi (achchiqroq), gag. ma:vimsi (ko‘kish);
-msїq//msik: xak. xїzamzїx (qizg‘ish), o‘zb. achchimsiq;
-mtїq//-mtik: turkm. turshumtїk (achchiqroq), shor. qaramdїq (qoramtir);
-mtїl//-mtil: turkm. ag‘їmtїl (oqimtir), ozarb. bozumtul (bo‘zroq);
-їmtїr//-imtir: o‘zb. sarg‘imtir;
-їmtїrїq//-imtirik: tur. sarїmtїrїq (sarg‘ish), achїmtїrak (achchiqroq), ozarb. ag‘їmtrax (oqish), sarїmtrax (sarg‘imtir).
Qozoq tilida sifatga kuchsiz belgi beradigan -(a)ñ affiksi bor: qartañ (qariroq)<qart (keksa, qari), jazañ (tekisroq)<jazьq (tekis).
-(a)rak//-(i)räk: no‘g‘ qьzьlraq (qizg‘ish), ag‘ьraq (oqish), gag. dararaq(qisqaroq), xak. xїzїlarax (qizg‘ish); ag‘ьrq (o‘qish), kichigrax (kichikroq), tur. ajїrak (achchiqroq), q.balq. uzunroq.
Ushbu affiksning kam ishlatiladigan turi -rїq//-rik hisoblanadi: olt. ag‘arїq (oqish), sarg‘arїq (sarg‘ish).
s komponenti sg‘, sl, smq, sml, smn birikmalari tarkibida ishtirok etib, sifatlar hosil qiladi:
-su//-sü: tat. alsu (qizg‘ish), köksü (ko‘kish);
-sїg‘//-sig: tuv. dussug‘ (tuzliroq).
-sїl//sil: tat. küksil (ko‘kish), q.balq. aqsїl (oqish), o‘zb. oqsil;
-sїmaq//simäk: olt., qirg‘. qїzїlsїmak (qizg‘ish), qum. sarsїmaq (sarg‘ish), olt. aqsїmaq (oqish);
-sїmal//simäl: olt. biyiksїmal (balandroq);
-sїman//-simän<-sїban//-sibän: qїzїlzїban (qizg‘ish), sarїg‘zїban (sarg‘ish).
ch komponenti chq, chl, chlrq, chlt birikmalari tarkibida keladi:
-cha//-chä: tur. darja(ch>j): qisqaroq, ozarb. ajїja (achchiqroq), qoz. aqsha (oqish), tat. ъzъsha (uzunroq), qirg‘., turkm. aqcha (oqish), gag. sarїja (sarg‘ish);
-їch//-ich: o‘zb. sarg‘ish;
-chїq//-chik(-chaq//-chäk): tur. güzeljik (go‘zalroq), turkm. ag‘sachїq (oqsoqroq), gag. kїsachїk (qisqaroq), tur. büyüjek (kattaroq);
-chїl//-chil: tur. akchїl (oqish), gökchül (ko‘kish), qoz. kökshil (ko‘kish), qirg‘. kökchül (ko‘kish), sar їchїl (sarg‘ish), no‘g‘. aqshьl (oqish);
-chїlt//-chilt: qoz. aqshьlt (oqish), kökshilt (ko‘kish), qum. gökchilt (ko‘kish);
-їsh//-ish: o‘zb. oqish, ko‘kish, qirg‘. kögüsh (ko‘kish), ozarb. körüsh (ko‘zi ojizroq);
-shїn//-shin: ozarb. garash їn (qoramtir), q.turk. kökshin (ko‘kimtir).
Ayrim turkiy tillarda o‘xshashlikni anglatadigan sifatlar uchraydi: tuv. kijizig‘ (odamsimon), demirzig‘ (temirsimon), q.uyg‘. qulasїg‘ (qulsimon), tur. er keksi (erkaksimon), maymunsu (maymunsimon).
3.3. Nimagadir moyillikni anglatadigan sifatlarning yasalishi. Bunday sifatlarni yasashda bir necha qo‘shimcha ishtirok etadi: -chї//-chi: shor. urushchu (urishqoq)<urush, olt. qatqїchї (kulgili, kulgiga moyil)<qatqї (katta kulgu), uyquchї (uyquchi)<uyqu;
-chan//-chän: o‘zb. ishchan<ish, kurashchan<kurash, shor. ashushan (qahrchan)<ashu (achchiq), tershen (terchan)<ter; olt. sog‘ushcha:n (urishqoq)< sog‘ush (urush), qirg‘. o:ruqchan (og‘riqchan)ashuwshan (qahrchan)<ashuw (achchiq//qahr), turk. korkchan (qo‘rquvchan)<korku, tat. aoshushan (qahrchan)<aoshu kabi.
-chaq//-chäk: tat. uyinshaq (hazilkash)<ojьn (o‘yin), olt. achїncha:q (o‘pkalovchi)<achїn, shor. urushchaq (urishqoq)<urush, xak. tarїnchax (o‘pkalovchan)<tarїn (o‘pkalamoq), undutchax (unutuvchan)<undut (unut);
Do'stlaringiz bilan baham: |