O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Kichraytirish ma’nosidagi otlarning yasalishi



Download 3,85 Mb.
bet58/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

1.2. Kichraytirish ma’nosidagi otlarning yasalishi. Kichraytirish ma’nosi-dagi otlar turkiy tillarda ancha uchraydi. Ular maxsus kichraytirish affikslari yordamida hosil qilinadi. Ularning ayrimlari faol, ba’zilari kam qo‘llaniladi.
q(k) qatoridagi barcha affikslarda q, k komponenti mavjud:
-aq//-äk(-oq//-ök): olt. salqїnaq (shabada)<salqїn (shamol), qoyonoq (quyoncha)<qoyon, shor. qozanoq (quyoncha)<qozan, tat. baoshaq, xak. pozax, olt. majaq, qirg‘. mashaq, qoz. masak (boshoq)<bash; q.uyg‘. yulaq (jilg‘a, ariq, kichik soy)<yul (jilg‘a), ozarb. zolax (taram-taram yo‘l)<zol (yo‘l–yo‘l chiziq), chuv. varak (jarcha)<jar;
-qa//-: qirg‘. atake (otajon)<ata, anaqї (onajon)<ana, tuv. awaqї (onajon)<awa (ona). Aslida, -qї, -qa affiksining variantidir;
-qay//-käy: tat. quyanqay (quyoncha)<quyan, baoshkay (kallacha)<baosh, boshq. yerkäy (yercha)<yer, dus‘qay (do‘stcha)<dus‘, o‘zb. bolakay<bola;
-qaq//-käk: o‘zb. erkak (dastlab, erkakcha)<er, to‘zg‘oq (chang)<chañcha. Ushbu so‘z qadimgi turkiy tilda ham xuddi shu ma’noda ishlatilgan.
-qach//-käch: olt. qushkäch, tuv. qushqash (qushcha)<qush;
-ch: q.tur. atachїm (otaginam)<ata, ögüchüm (onaginam)<ög (ona), abash їm (onaginam)<aba (ona). tat.(dial.).baobash (bobo)<baoba, chuv. tъvanzi (mening qarindoshim)<tъvan (qarindosh);
-ach//-äch: xak. xazїñas (qayin)<qazїñach<xazїn, shor, örtögoch> örtegösh (o‘rdakcha)<örtek (o‘rdak);
-cha//-chä: tat. tёrkimshä (guruhcha)<tёrkim (guruh), qoz. bъtaqsha (butoqcha)<bъtaq (butoq), kitapsha (kitobcha)<kitap, ozarb. bag‘cha (bog‘cha) <bag‘, turkm. öküzche (ho‘kizcha)<öküz, qirg‘. tököche (uloqcha)<töke (echki), o‘zb. ko‘prikcha<ko‘prik, q.qalp. jolsha (yo‘lcha)<jol, uyg‘. almichä (olmacha) <alma kabi;
-chaq//-chäk: olt. balachaq (bolakay)<bala, xak. turajax (uycha)<tura (uy), qoz. qulъnshaq (qulun, toycha)<qulъn (toy), shor. qushchaq (qushcha)< qush, q.uyg‘. qolїchaq (qo‘lcha)<qol, turkm. dövünchek (tuguncha)<dövün;
-chїq//-chik: tur. evchik (uycha)<ev, kushchїk (qushcha)<kush, tuv. xemchik (ariqcha)<xem, turkm. köprüjuk (ko‘pircha)<köprü, tat. taowshьq (tog‘cha)<taow, xak. kimejek (kemacha)<kime, ozarb. almajїk (olmacha)<alma, q.balq. qїzchїq (qizcha)<qїz;
-ay//-äy affiksining birinchi vaianti turkiy tillarda kichraytirish, shuningdek, erkalash, turli darajadagi qarindoshlik bilan bog‘liq otlarni yasaydi: tat. baobay (boboy–tur. bobo-ota), aonay (onajon)<aona, aotay (otajon)<aota, no‘g‘. atay (boboy), abay (xolajon)<aba, o‘zb. boboy
-laq//-läk. O‘zbek tilida kichraytirish ma’nosini beradigan ushbu affiks mavjud: bo‘taloq<bo‘ta, tayloq (toycha)<toy va hokazo. Mazkur affiks boshqa turkiy tillarda keng tarqalmagan. Kichraytirish ma’nosini -aq//-ak affiksi anglatadi;
-ma//-mä affiksi kichraytirish ma’nosini deyarlik yo‘qotgan. Ozarbayjon tilida sporadik holatda uchraydi: gölmä (ko‘lcha)<göl (ko‘l);
-simaq: qoz. atsьmaq (otcha, toy)<at, yoysьmaq (uycha)<yoy (uy).
-tay//-tay affiksi ayrim turkiy tillarda kichraytirish, ba’zan erkalash otlarini
hosil qiladi: o‘zb. erkatoy<erka, qoz. ag‘atay (amakijon)<ag‘a.
1.3. Fe’llardan ot yasalishi. Fe’llardan ot yasovchi affikslar turkiy tillarda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Fe’llardan yasalgan otlar ko‘pincha qadimgi otlashgan sifatlarda namoyon bo‘ladi.
Qadimgi fe’ldan yasalgan sifatlarning otlashuvi yordamida otlar hosil qilinadi.
Turkiy bobotilda -їq//-ik affiksi yordamida hosil qilingan harakat natijasini ifodalaydigan fe’ldan yasalgan sifatlar bo‘lmagan. Keyinchalik u iste’moldan chiqib, avvalgi ma’nosini saqlagan holda o‘z izini qoldirgan: tur. bozuk (buzoq), tat. aoshьq (ochiq), qum. yїrtїq (yirtiq) va hokozo. Mazkur fe’ldan yasalgan sifatlardan ayrimlari keyinchalik fe’ldan yasalgan otlarga aylangan: turkm. buzuk (buzoq)<buz, olt. artїq (ortiq)<art. chuv. surьk (yoriq)<sur (sanchmoq), qoz. oyьq (o‘yiq)<oy.
Turkiy bobotilda -qan//-kän yoki -qїn//-kin, -g‘їn//-gin affiksli fe’ldan yasalgan sifatlar mavjud bo‘lgan. Otlarning ko‘pchiligi ana shular yordamida hosil qilingan;
-qan//-kän: olt. qapqan (qopqon)<qop (qopmoq), tur. kurgan (qo‘rg‘on)< kur (qurmoq), turkm. degishgen (hazilkash)<degish (hazillashmoq), qirg‘. tu: g‘an (tug‘ishgan)<tu: (tug‘moq), tuv. tїrtqan (qiyma)<tїrt (tortmoq);
-qїn affiksi genetik jihatdan -qan affiksi bilan bir bo‘lib, talaffuzi jihatdan farqlanadi: tat. yaong‘ьn (yong‘in)<yaon, gag. kachkїn (qochqin)<kach, qirg‘. tutqїn (tutqin)<tut, shor. tashqїn (toshqin)<tash, olt. dayqїn (qo‘yish)<dayq, tur. vurgun (qazib olish)<vur (bo‘lmoq), turkm. sürgün (surgun)<sür, o‘zb. uchqun <uch (uchmoq).
Turkiy bobotilda -l va -їlї//-ili affikslari bilan keladigan harakat natijasini anglatadigan fe’ldan yasalgan sifatlar mavjud bo‘lgan. Ularning otlashuvi natijasida ushbu affikslar yordamida otlar yasalgan:
-l(-їl): olt. chїdal (chidam)<chїda (chidamoq), xak. azїral (xashak)<azїra (boqmoq), shor. chazal (bezak)<chaza (bezamoq), qirg‘. jїrgal (qanoat)<jїrga (qanoatlanmoq), tur. chökül (cho‘kindi)<chök, boshq. bögäl (burilish)<bök (egmoq);
-їlї//-ili: ozarb. yaralї (yarali)bakїlї
(boqilgan)<bak (boqmoq), qoz. kesüli (kesilgan)<kes (kesmoq);
-ma//-mä: ozarb. yarma (yorma)<yar, xak. charba (yorma)<char, boshq., tat. bülmä (komnata, xona)<bül, qoz. toqьma (to‘qima, chit)<toq, qirg‘. kesme (ugra)<kes, tat. nьg‘ьtma (mustahkamlash)<nьg‘ьt, olt. daldїrma (surma klapan, qopqoq)<daldїr, tur. kїzartma (qizg‘in)<qїzart.
Dastlab, ushbu affiks -pa//-pä shaklida bo‘lgan. Keyinchalik, p>b dan -ba//-bä shakli yuzaga kelgan. Sibirdagi turkiy tillarda ushbu forma ancha saqlangan: shor. purba (xalqa)<pur (egmoq), olt. sözürbe (to‘r)-pa//-pe affiksi qozoq, no‘g‘oy tillarida ham uchraydi: qoz. qospa (aralashma)<qos (aralashtir), no‘g‘. tartpa (tortma, korobka)<tart (tortmoq);
-m, -їm//-im, -um//-üm: ozarb. keyim (kiyim)<key, olt. ölüm (o‘lim)<öl (o‘lmoq), qum. alїm (olim)<al (olmoq), xak. turїm (rulon)<tur (o‘ramoq), tuv. özüm (yangi ko‘karib chiqqan ekin)<ös (o‘smoq), qirg‘. jutum (yutum)<jut (yut), tat. bilim<bil, qoz. bёlim (bo‘lim)<bёl (bo‘lmoq), gag. atїm (o‘q)<at (irg‘itmoq), turkm. s‘ag‘їm (sog‘im)<s‘ag‘ (sog‘moq). uyg‘. talьm (qazib olish)<talь (o‘g‘irlamoq), boshq. s‘ьg‘ьm (chiqish)<s‘ьg‘ (chiqmoq), tur. bichim (o‘rim)< bich (kesmoq), tuv. bazїm (odim)<bas (yurmoq);
-am//-äm. Ushbu affiks bilan yasalgan otlar ozchilikni tashkil etadi: olt. bu:lam (bog‘lam)<bu: (bog‘lash), tudam (tutqich)<tut;
-mїsh//-mish affiksli fe’ldan yasalgan sifatlar harakat natijasini ifodalaydi. Bu ushbu qo‘shimcha bilan yasalgan sifatlarning otlashuviga imkoniyat yaratadi: tat. tъrmьsh (turmush)<tъr (turmoq), qirg‘. jazmїsh (taqdir, yozg‘it)<jaz (yozmoq), chuv. sьmьs (ovqat)<si (emoq), tur. yemish (mevalar, yemish)<ye, o‘zb. o‘tmish<o‘t (o‘tmoq), qoz. kьlmьs (qilmish)<kьl;
-maq//-mäk affiksi bilan yasalgan otlar harakat natijasini bildiradi: tat. suqmaq (so‘qmoq)<suq, tur. yekmek (non)<ek (ekmoq), gag. yashamak (yashamoq)<yasha (yasha), q.turk. aqmaq (oqmoq)<aq, bitmäk (o‘simlik)<bit (o‘smoq) kabi.
Bundan tashqari, ko‘pchilik holatlarda -maq affiksi ma’nosiga ko‘ra -aq va - affikslariga yaqinlashib, turli mehnat qurollari nomini anglatadi: qoz. toqpaq (to‘qmoq)ilmek (ilgak)<il (ilmoq), yoq. xappak (qopqoq)<xap (bekitmoq, yopmoq), xak. tuzmax (kishan)<tuza (chigallashtirmoq), olt. baspaq (qirg‘ich)<bas (qirmoq) va hokazo;
-їn//-in: uyg‘. tütün (tutun)<tüt (chekmoq, tortmoq), ozarb. äkin (ekin)<äk (ekmoq), bichin (o‘rish)<bich (kesmoq), shor. tüün (tugun)< (tugmoq), tuv. chїdїn (yotish joyi)<chїt (yotmoq), xak. sabїn (o‘rish)<sab (o‘rmoq), qirg‘. jїyїm (yig‘im)<jїy (yig‘moq), qoz. shьg‘ьm (chiqim)<shьq (chiqmoq), tur. akїn (bosqin)<ak, o‘zb. tikin<tik;
-an//-än affiksi kam uchraydi: qoz. boran, buran (bo‘ron)<bora (bura-moq);
-tї//-ti. Fe’ldan yasalgan sifatdan hosil bo‘lgan otlar yasovchi ushbu qo‘shimcha turkiy tillarda kam uchraydi: qirg‘. jartї (yarim, yarti)<jar (yormoq), tur. belirti (belgi)<belir (paydo bo‘lmoq), ozarb. gabїrtї (qavariq)<gabїr (ko‘tarilmoq) va hokazo;
-tїq//-tik. Qadimda fe’ldan sifat hosil qiluvchi -tїq//-dїq affiksi - va -їq affikslarining birikuvidan paydo bo‘lgan. Ushbu affiks yordamida fe’ldan yasalgan sifatlar harakat natijasini anglatadi. Eski turkiy tillarda fe’ldan yasalgan sifatlarning otlashuvi natijasida hosil bo‘lgan otlar uchraydi: tat. qaoldьq (qoldiq)< qaol, ozarb. tapdїx (topildiq)<tap, tur. bildik (tanish)<bil, boshq. yьyntьq (yig‘indi)<yьy (yig‘lamoq) kabi;
-(ї)t//-(i)t. Turkiy bobotilda -(ї)t//-(i)t affiksi yordamida hosil qilingan fe’ldan sifat yasovchi - turi mavjud bo‘lgan. Dastlab, u harakat natijasini anglatgan. Hozirgi turkiy tillarda bu affiks holat yoki jarayon nomini ifodalaydi: olt. bazьt (yurish)<bas (bosmoq), sug‘at (suvloq)<sug‘ar (sug‘ormoq), tuv. olut (o‘tirish)<olur (o‘tir), chazїt (sir)<chazїr (yashirish), ozarb. ümüd (umid)<üm (umidlanish), o‘zb. oshit (dovon osha)<osh (tog‘ orqali o‘tish), tur. gechit (o‘tish) <gech (o‘tmoq).
Ushbu otlar, ba’zan, harakat natijasini bildiradi: tur. yo(g‘)urt (qatiq)< yo(g‘)ur (qormoq), xak. xurut (qurut)<xur (qurimoq), qoz. sarqїt (sarqit)<sarq (suzib olib tamomlamoq).
Turkiy tillarda fe’ldan yasalgan shunday otlar uchraydiki, ularni hosil qiluvchi affikslarning kelib chiqishini aniqlash ancha qiyin:

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish