O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-ma’ruza TURKIY TILLARDA RAVISH VA FE’L SO‘Z TURKUMLARI



Download 3,85 Mb.
bet109/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

8-ma’ruza
TURKIY TILLARDA RAVISH VA FE’L SO‘Z TURKUMLARI
Reja:
1. Turkiy tillardagi ravishlar haqida.
2. Asl ravishlar.
3. Turkiy tillarda fe’lning shaxs ko‘rsatkichlari.
4. Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari.
5. Turkiy tillarda fe’l zamonlarining qadimgi tizimi.
6. Turkiy tillarda fe’l zamonlarining taraqqiyoti.
7. Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari va ularning ko‘rinishlari.
8. O‘tgan zamon fe’li.
9. Turkiy tillarda kelasi zamon fe’li.
10. Turkiy tillarda nisbat kategoriyasi:
11. Turkiy tillarda mayl kategoriyasi:
12. Turkiy tillarda bo‘lishsiz fe’lning ifodalanishi.
13. Turkiy tillarda sifatdosh.
14. Turkiy tillarda ravishdosh.
15. Turkiy tillarda fe’lning noaniq formalari.


Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Turkiy tillarda fe'l. Shaxs ko‘rsatkichi. Fe'l zamonlari. Hozirgi zamon. O‘tgan zamon. Kelasi zamon. Nisbat kategoriyasi. Mayl kategoriyasi. Bo‘lishsiz fe'l. Sifatdosh. Ravishdosh. Fe'lning noaniq formasi. Ravish. Turkiy ravishlar. O‘zlashma ravishlar. Asl ravishlar. Qadimgi ravishlar. Hozirgi ravishlar.
1. Turkiy tillardagi ravishlar haqida. Turkiy tillardagi ravish turkumidagi so‘zlar harakatning belgisi va belgining belgisini anaglatadigan so‘zlar bo‘lib, ular gapda, asosan, hol, ba’zi holatlarda aniqlovchi vazifasini bajarib keladi.
Ushbu turkumdagi so‘zlar, ko‘pincha, yangi birliklar bilan to‘ldirilib boriladi. Ravishlar, birinchidan, otning kelishik va fe’lning ravishdosh formalarining ajratilishi, ikkinchidan, unumli modellar bo‘yicha so‘z yasalishi, uchinchidan, kalkalash va so‘zlarni o‘zlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Ayni paytda, ravish turkumidagi so‘zlar ot, sifat hamda ko‘makchilar bilan doimo aloqada bo‘ladi. Ravishlarning bunday atributiv holatdagilari sifatga o‘tadi, bundan tashqari, otlashishi va ko‘makchilarga aylanishi mumkin.
Asl ravishlarning ko‘pchiligini, asosan, funksional ravishlar deb ataladigan asl otlar tashkiln qiladi. Qadimgi yozma yodgorliklar materiallari shuni ko‘rsatadiki, sifatlik belgisiga ega bo‘lgan otlarning aksariyati, ularning genezisiga qaramasdan (ot o‘zakli, ravishdosh va h.k.), yarim funksional edilar.
Hozirgi turkiy tillardagi ravishlar, odatda, morfologik jihatdan bo‘lin-maydigan dastlabki va yasalgan, ya’ni affiksal va qo‘shma (keyingisi asliy, juft, ba’zan, takrorni o‘z ichiga oladi).
Dastlabki ravishlarning tarkibi ko‘pchilk tillar bo‘yicha, quyidagi ayrim sabablarga ko‘ra, bir-biriga mos kelmaydi: 1) tilning mintaqaviy holati; 2) tilning areial aloqasi; 3) turli tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
Dastlabki ravishlarning umumturkiy fondi hanuz yetarlicha aniqlanmagan. Affiksal ravishlar genetik jihatdan “kelishik” formalariga borib taqaladigan va ravishdoshlarning so‘z yasaydigan modellaridan hosil bo‘ladi. -lay, -layin va -cha affikslari bilan yasalganlar umumturkiy ravishlar hisoblanadi.
Ravishlarning areal shakliga -jasïna (o‘g‘uz tillari), -lata (q.qalp., boshq., tat., no‘g‘.), -lap (qoz., turkm., olt., o‘zb., tat., no‘g‘.) va -day (no‘g‘., tat., qum., boshq., q.qalp., o‘zb.) affikslari bilan yasalgan ravishlarni kiritish mumkin. Keyingisi ko‘pchilik tillarda hozirgi kelishik paradigmasiga to‘g‘ri kelishi mumkin..
Barcha turkiy tillarda ravishlar makon kelishiklarining ajratilgan shakllari: jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari shakllari, -cha, -g‘aru va -ïn affiksli ravishlar mavjud. Shuningdek, genetik jihatdan turli tipdagi so‘z birikmalariga mos keladigan murakkab tarkibli modellarni ham umumturkiy deb hisoblash mumkin. Barcha turkiy tillarda ravishlarning quyidagi juft tiplari qayd etilgan: gag. gejä-gündüz, no‘g‘. bügün-erten, o‘zb. nari-beri, sal. anda-sïnda (unda-bunda) kabi.
Turkiyshunoslikda turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridanoq ravishlarning shakllanishi boshlanganligiga shubha yo‘q. Bu turkumdagi so‘zlarga sifat, holat, hollik formasidagi otlar, ravish formalari o‘tishi kuzatiladi. Bobotil va qadimgi turkiy til davri yozma yodgorliklarida qayd qilingan holat orasidagi katta farqni inobatga olgan holda, keyingisi materiallari asosida nisbatan oldingi ravish hosilalarining tiplarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1) -tï//-dï li kelishik formasi: endi-oq aydïm (endi men aytdim), bu sabïmïn ädgüti äshid (bu so‘zimni yaxshilab eshit), qatïg‘dï tïñlä (qattiq tingla);
2) -ch li kelishik formasi: kichü qaydï (u orqasiga qaradi);
3) -tïn//-tin li kelishik formasi: üstün täñri yeri, alïn tama yeri (yuqorida xudolar mamlakati, pastda jahannam mamlakati);
4) –ïn li kelishik formasi: yayïn sülädim (yozda qo‘shin tortdim); älig bir kün otrup özi yalg‘uzum (bir kun hukmdorning yakka o‘z o‘tirgan edi);
5) ayrim tadqiqotchilar tomonidan ravishdash sifatida talqin qilinadigan -layuli forma: ulsïp ärän börläyü (erlar bo‘riga o‘xshab uvilladilar), yämä udlayu sen (sigirga o‘xshab yema);
6) -a//-ä li ravishdosh: yana käldim (yana keldim), iki neñ keräglik söz kesä (ikki narsa kerak, bil, men kerakli so‘zni aytdim);
7) -ï//-i li ravishdosh: ariti yup (toza yuvib), sabïmïn tükäti äshidgil (so‘zimni oxirigacha eshitgin);
8) -u li ravishdosh: ol oñat yag‘ru yorïmas (u unga yaqin kelmaydi).
Bu davrda baya//baya-oq kältim, kechä turup (kecha turub) va bïldur (otgan yil), bir yïldïr tipidagi dastlabki ravishlar ishlatilgan.
Ayniqsa, olmosh-ravishlar, shuningdek, turli kelishik formalariga mos keladigan ot yoki sifatdan yasalgan ravishlar xarakterlidir: ancha, anday, anda, munda.
XI asrdagi tilda iste’molda bo‘lgan, hozirda ham saqlangan sifat va holat (asosan, sifat-holat) ma'nosidagi yarim funksional so‘zlar mavjud bo‘lgan:
1) ediz (balandlik, baland–ediz tag‘ (baland tog‘), ay bu ag‘sa ediz (agar bu oy balandga ko‘tarilsa), ag‘ïshqa enish ol, edizkü betïg‘ (balandlikdan keyin pastlik, yuqori joydan keyin pastlik);
2) yadag‘ (yayov, piyoda)–yadag‘ atï charuq, küchi azuq (piyodaga ot xizmatkor, kuchga esa ovqat), barma yadag‘ (piyoda, borma);
3) yag‘uq (yaqin)–yat yag‘uq tüz bolmaz (begona va yaqin–ikkalasi bir xil emas), yag‘uq yer–yaqin yer, ol otqa barma yag‘uq (bu olovga yaqinlashma);
4) köni (ishonchli, to‘g‘ri, aniq): köni yol (ishonchli yo‘l), köni er (ishonchli er), ammo köni barur men (borishim aniq);
5) achïq: tuñar meñzätü aytï alp er achïq (bahodir kishi (er) bunga o‘xshash aniq aytdi);
6) uzun: közägü uzun bolsa, älig köymäs (agar temir kosov uzun bo‘lsa, qo‘l kuymaydi), bu er oluzun yashag‘u (bu er uzoq yashashi kerak).
Ta’kidlash kerakki, sifatlat genetik jihatdan bir xil emas. Ular orasida adyekt-sifatdosh va adverbial so‘zlar sanalgan ravishdoshlarga yaqin bo‘lgan hosilalar ham bor. Masalan, köni, so‘zsiz, -ili ravishdosh kön (to‘g‘rilamoq) fe’lidan yuzaga kelgan, yaqshï esa, ehtimol, xuddi shu model bo‘yicha yaqïsh fe’lidan yasalgan. Shunday qilib, ushbu so‘zlarning atributiv funksiyasi tarixan ikkilamchi hisoblanadi. Uzun so‘zi esa ikki xil ma’noda tushuntiriladi: yoki uz, uzu fe'liga -nni qozshish orqali hosil qilingan ot, yoki vosita kelishigidagi uz otidan yuzaga kelgan. Agar keyingisi to‘g‘ri deb topilsa, unda vosita kelishigidagi ot holat funksiyasi bilan atributiv funksiyali hozirgi adyektivga nisbatan dastlabki hisoblanadi.
Sifat belgili bunday otlar, masalan, achïq, yag‘uq (yaqin) kabilar, shubhasiz, dastlabki atributiv funksiyali fe’ldan hosil qilingan sifatlar hisoblanadi. Holatni bildiradigan so‘zlar sifatida ular, ko‘pincha, funksional deb ataladigan ravishlar kichik guruhiga kira boshlaganlar.
Sifatlarning bunday sintaktik silijishi manzarasini ularning yarim funksionalligini hozirgi turkiy tillarda, hatto oltoy tillarida ham ko‘proq ko‘rish mumkin. Ularda, yuqorida aytilganidek, affiksatsiya yo‘li bilan sifat va ravishlarga ajralish tendensiyasi kuzatiladi: ozarb. yawash-yavashcha (sekin-sekinroq), achïq-achïgjasïna (ochiq-ochiqchsiga), xak. chag-chage (ho‘l-nam), tof. bay-baygä (boy-boyon), bu mo‘g‘ulcha ravish bo‘lib, vosita kelishigidagi sifatga mos keladi.
Hozirgi ravishlarning katta guruhi o‘rin (makon) va zamon (vaqt) ma'nosidagi otlarga to‘g‘ri keladi: kün, tün, er (erta), kech, ät (endi), baya (boya, hali), tañ, yoq (yuqori), il (qora uy eshigidagi joy), ich (ichkari), soñ (so‘ng), öñ (oldin), as (past), kid (keyin), tash (tashqi tomon), ör (yuqori), üs (yuqori), ar (ket, orqa) va hokazo. Ushbu ot-ravishlarning ko‘pchiligiga hozirgi «yordamchi otlar» va ko‘makchilar to‘g‘ri keladi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish