2. Asl ravishlar. Asl (dastlabki) ravishlarning ko‘pchiligi fe’ldan hosil qilingan: qaya (orqaga), qodï (quyi), tägrä (tevarak-atrof), utru, qarshï (aksincha), üzä (yuqorida), ashnu (avval), basa (so‘ng) kabi. Ularning deyarlik barchasi keyinchalik ko‘makchi turkumiga o‘tib ketgan.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, asl ravishlar genetik jihatdan kelib chiqishi turli-cha bo‘lgan sifatlarga mos keladi. Ularning ko‘pchiligi umumturkiy bo‘lib, eng qadimgi yozma yodgorliklarda uchraydi. Ularning morfem tahlili umumturkiy etimologik lug‘tning vazifasiga kiradi, shakllanish tarixi esa turkiy tillarning tarixiy sintasisi predmeti hisoblanadi.
Asliy ravishlar guruhidan o‘lchov va daraja ma’nosidagi adverbial so‘zlarning ko‘pchiligi ajratilishi mumkin: bek (juda, ancha), ked (juda), az (oz), köp, chok (ko‘p), yana kabi.
Turkm. a:z (oz~tur., ozarb., qirg‘., no‘g‘., q.tur., az; olt., xak., tuv. as; boshq. äd; tat. az, bulg‘. ar>mar. ar//ur) ko‘pchilik tadqiqotchilar, chunonchi, G. I. Ramstedt, N. N. Poppe, M. Ryasyanenlar, mo‘g‘ul va tungus-manchjur parallel-liklarini keltiradi: mo‘g‘. arai (zo‘rg‘a), aeai=evenk. araküran (sekin, biroz), arba (suvning past darajasi=q.tur. az (oz), arba va aray kabilar bo‘yicha maqolalar e’lon qilganlar va ularni o‘zaro qiyoslaganlar.
Turm. köp (q.tur., qirg‘., qoz., no‘g‘., olt., xak. köp; tat., boshq., küp; tuv. köhp) ni, V. Bang köpni (shishgan), M. Ryasyanen qadimgi turkiy köp, A. Gaben ko-setzen o‘zakdan hosil qilingan -r li ravishdosh hisoblab, köpning kelib chi-qishi, ehtimol, tungus-manchjurcha deb hisoblaydi. A. K. Borovkov köpni so‘g‘dcha deb ko‘rsatadi.
Tur., gag. chok (~qar. chok; turkm. (dial.), esk.turkm., ozarb., chox; esk.o‘zb. choux, choq), köp janubi-g‘arbiy arealga taalluqli, ammo tatar tilining o‘rta dialektlarida chuq (ko‘p).
Tur. pek (juda, ancha, mustahkam, qattiq (~q.tur., qrim. (qaraim dialekti), bek (kuchli, juda, mustahkam), tat. bik (juda), qirg‘. bek (mustahkam, juda), odatda, mo‘g‘ulcha beki (kuchli, mustahkam) turkmancha gatï (mustahkam, qattiq, juda) bilan qiyoslanadi.
Turkm., tat., iñ, q.tat., qoz., no‘g‘., qirg‘.eñ (ancha, eng, juda) - bular kuchaytiruv yuklamalari. Shuningdek, turkm. yene; tur. yine, no‘g‘. yana, qirg‘. jana, tat., boshq. yänä, qum. gene (yana, qaytadan) dagi qatorda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan uchta asos keltirilgan: yana (yana, tag‘in)–yan (qaytmoq) fe’lidan -ali ravishdosh; 2) yene (yana) mo‘g‘ulcha neme (kelmoq); 3) gene qiyos-lanadi.
Vaqtni anglatadigan umumturkiy dastlabki ravishlar qatoriga bobotil davridagi at, ät (endi, hozir), er (erta), kech, baya (boya, hali)larni kiritish mumkin.
Am//äm: xak., tuv., q.tur. am, qirg‘., olt. em, o‘r. tur. it (endi, hozir)lar hozirgi turkiy tillarda indi//imdi//emdi hosila ravishi tarkibiga kiradi; e:r: turkm. i:r, chuv. ir, o‘zb.(dial.) e:r, tur. er (erta, ertalab) so‘zlarining etimologiyasi hanuz to‘liq aniqlanmagan; kech: turkm. gi:ch, ozarb. gej, qum. gech, qoz. kech, chuv. kaz (oqshom), q.tur. kech (uzoq), o‘r. q.tur. (kechikmoq, ushlanmoq)-bularning etimologiyasi ham aniq emas. Ke:ch, dastlab, kechikmoqni anglatgan bo‘lishi mumkin. V.Bang uni kech (kelmoq) bilan bog‘laydi; baya: q.tur., qirg‘., tat., boshq., uyg‘., olt. baya, xak. paya, yoq. ta (boya).
At, emdan tashqari, barcha ravishlar, yuqorida ko‘rsatilganidek, mohiyatiga ko‘ra, hozirgi va qadimgi hosila shakllarning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan vaqtinchalik ma'nodagi ot bilan bog‘liqdir:
erte (o‘rin kelishigi affiksi)
er erteñ (adlassiv affiksi)
erken (ken
Do'stlaringiz bilan baham: |