-ñar//-ñer tuva, xakas, qirg‘iz tillariga xos bo‘lib, u 2-shaxs birlik affiksi -ñ ga ko‘plik ko‘rsatkichi -ar//-er qo‘shilishidan hosil bo‘lgan;
-g‘ar//-g‘er affiksi faqat oltoy tilida uchraydi. U 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi varianti -g‘//-g‘ga ko‘plik ko‘rsatkichi -ar//-er ning birikuvidan paydo bo‘lgan;
-ъr//ir faqat chuvash tilida mavjud bo‘lib, u -їz//-iz dan hosil qilingan bo‘lishi mumkin;
-g‘їt//-gitfaqat yoqut tilida qo‘llaniladi;
Tarixan <-g‘їz//-g‘iz (-g‘їz>-g‘їs>-g‘їt). 3-shaxs ko‘plik ko‘pchilik turkiy tillarda maxsus qo‘shimchaga ega emas. Unga ko‘plik affiksi -lar yoki uning variantlari qo‘shiladi: tat. aoldїlar (oldilar), turkm. bildiler (bildilar), yaz‘dїlar (yozdilar), ozarb. yazdїlar kabi.
3-shaxs ko‘plik affiksining alohida shakli chuvash tilida mavjud. Bu ko‘plik ko‘rsatkichi -s‘ dir: kiljis‘ (ular keldilar), s‘їrjis‘ (ular yozdilar) kabi.
Xitoyda yashovchi salarlar tilida shaxs ko‘rsatkichi uchramaydi. Bu tilda alїr so‘zi “men olaman”, “sen olasan”, “u oladi” kabi ma’nolarni anglatadi. Xuddi shunday holatga sariq uyg‘ur tilida duch kelinadi. Bu tildagi parar so‘zi o‘zbek tilidagi “men boraman”, “sen borasan”, “u boradi” ma’nosini beradi. Bu fe’llarda qo‘shimcha mavjud bo‘lmagan xitoy tilining ta’siri natijasi ham bo‘lishi mumkin.
5. Turkiy tillarda fe’l zamonlarining qadimgi tizimi. Turkiy tillarda ho-zirgi, o‘tgan va kelasi zamonga taalluqli harakatni ifodalashga xoslangan fe’l zamonlarini hosil qiluvchi turli modellar miqdori ancha ko‘pligi ma’lum. Ammo ushbu modellarning taxminan to‘qson foizini kelib chiqishi bo‘yicha bobotil davridagi xususiyatlarga ega, deb bo‘lmaydi. Ularning ko‘pchiligi turkiy tillarda barchasida ham bir xil ma’noda va hududiy tarqalishi ham bir xil darajada emas. Bular hammasi ularning ayrim tillarda paydo bo‘lganligi, hatto ayrim turkiy til-larda turkiy bobotil tarqashi natijasida yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, turkiy bobotilning dastlabki fe’l tizimi yadrosini qaysi fe’l zamoni tashkil qilgan, degan haqli savol tug‘iladi. Bunday zamonlar to‘rtta bo‘lgan:
1) -a//-ї ko‘rsatkichli bar-a-mьn (boraman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, unda ayni paytda, hozirgi va kelasi zamon ma’nolari ifodalangan;
2) -ar//-їr ko‘rsatkichli alїrmїn (men olarman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon bo‘lib, xuddi avvalgidek, hozirgi va kelasi zamon ma’nolariga еga bo‘lgan;
3) -dї//-tї (-di//-ti) ko‘rsatkichli aldїm (oldim) tipidagi o‘tgan zamon;
4) alїrdїm (men olardim) tipidagi aniq imperfekt (tugallanmagan o‘tgan zamon).
Fe’l zamonlarining qolgan barcha modellari turkiy bobotil tarqalgandan keyin vujudga kelgan.