O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari



Download 3,85 Mb.
bet116/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

4. Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari. Ushbu kategoriydadagi ko‘rsatkichlar o‘tgan zamon elementi -va fe’lning shart mayli hamda qisman egalik affikslari sifatida namoyon bo‘ladi:
Birlik Ko‘plik
1-shaxs. -m -q, -k
2-shaxs. -ñ; -g‘, -g‘їz, -g‘iz
3-shaxs. – –
Ikkinchi kategoriya affikslari birinchinikiga ko‘ra ozchilikni tashkil qiladi.
1-shaxs birlik ko‘rsatkichi -m bo‘lib, u barcha turkiy tillarda saqlangan.
Ushbu affiksning ikkinchi varianti -g‘ bo‘lib, hozirgi turkiy tillardan birortasida ham birlikda qo‘llanilmaydi. Qaraim tilining trakay dialektida 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi sifatida kelib chiqishi noma’lum sanalgan y xizmat qiladi.
1-shaxs ko‘plikda ko‘pchilik turkiy tillarda -q//-k ko‘rsatkichi saqlangan. -x affiksi (grafik g‘) ozarbayjon tilida qning oxirgi pozitsiyadagi hosilasi hisoblanadi.
Ayrim turkiy tillarda -q//-k saqlanmagan va analogiya bo‘yicha birinchi kategoriyadagi shunday affiks bilan almashtirilgan. Bu yerda so‘z -bїz//-biz va uning variantlari haqida boryapti: qozoq, oltoy va shor tillarida -bїs//-bis, -pїs//-pis; tuva tilida -vїs//-vis, chuvash tilida -mъr//-mir.
2-shaxs ko‘plik ko‘rsatkichi turkiy tillarda rang-barang bo‘lib, ularning ko‘pchiligi dastlabki -g‘їz affiksining fonetik o‘zgarishga uchragan ko‘rinishlari hisoblanadi.
-g‘їz//-giz qorachoy-balqar, qumiq tillarida uchraydi;
-g‘ьz//-giz tatar tilida uchraydi;
-g‘ьz‘//-giz‘ boshqird tilida mavjud;
-ñїz//-ñiz turkman, qrimtatar, o‘zbek, qozoq (hurmat formasi) tillarida uchraydi;
-nїz//-niz ozarbayjon, turk, gagauz, qaraim tilining gali dialektida bor;
-ñlar uyg‘ur tilida mavjud;
-ñdar//-ñder qozoq tilida uchraydi. Bunda 2-shaxs birlik affiksi -ñga ko‘plik qo‘shimchasi -dar//-der birikkan. Bundan tashqari, -ñьzdar//-ñizder ko‘rsatkichi ham mavjud bo‘lib, u 2-shaxs ko‘plik affiksiga ko‘plik affiksi -dar//-der ning birikuvidan vujudga kelgan.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish