O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-їy//-iy ko‘rsatkichli hozirgi zamon fe’llari ham turkiy tillarda mavjud. Aslida, -їy



Download 3,85 Mb.
bet124/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

-їy//-iy ko‘rsatkichli hozirgi zamon fe’llari ham turkiy tillarda mavjud. Aslida, -їy ko‘rsatkichi -ay ko‘rsatkichining ablaut (morfonologik almashinuvli) variantidir. Ushbu ko‘rsatkichli hozirgi zamon Ozarbayjonning shimoliy va janubiy tumanlarida qayd etilgan: aliyäm (olaman). Ushbu tipdagi zamon turk tilining dialektlari va eski qumiq tilida, shuningdek, qoraqalpoq tilining janubiy dialektida ham uchraydi.
-ya, -yo//-yö, -yu//-yü ko‘rsatkichlari bilan hosil qilingan hozirgi zamon fe’li formalari ham turkiy tillarda, oz bo‘lsa-da, uchraydi. Armanistondagi ozarbayjon tili dialektlarida -ya//-yö ko‘rsatkichli hozirgi zamon shakli qayd etilgan: oxuyo (u o‘qiyapti), alїyom (olaman), alїyon, alїyo, alїyox, alїyonuz, al- yolar. Hozirgi zamonning -ya, -yo, -yu ko‘rsatkichlari bilan hozirgi zamonning hosil qilinishi Turkiyaning shimoli-sharqiy qismidagi turk tilining anatoliy va rumeli dialektlarida qayd qilingan.
Hozirgi zamonning -ya, -ye, -yo, -yu ko‘rsatkichi turkman tilining dialektlarida uchraydi: ers.turkm. edyar o‘rnida ediyo (qilyapti).
Ozarbayjon tilining qator shevalari va dialektlarida (Kuba, Darbent, Xachmaz, Gonekent, Xudat, Tabasaran tumanlarida) -a+var bilan hosil qilingan hozirgi zamon formasi mavjud: ala varam (olaman), ala varsan, ala var, ala varux, ala varsuz, ala var. Bu model kavkaz tillari ta’sirida vujudga kelgan bo‘lishi mumkin.
Turk tilida fe’l o‘zagi+-ї//-i+yor formanti+birinchi kategoriya shaxs affiksi tartibida hosil qilingan hozirgi zamon mavjud. Buni yaz (yozmoq) fe’li misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs.yazїyorum yazїyoruz
2-shaxs. yazїyorsun yazїyorsunuz
3-shaxs. yazїyor yazїyorlar
Gagauz tilida ham xuddi shu model bilan hozirgi zamon hosil qilinadi: alerim (olaman), alersїn (olasan). Bu yerdagi -er formanti -yor ning fonetik o‘zgarishi natijasidir. -yor formantini turkologlar -yatur (yotmoq) fe’li bilan bog‘laydilar: -yatur>yaur>ya:r>yo:r. Boshqacha qarashlar ham bor: -dur dagi d>y va yur>yor>yor.
Turkman tilida murakkab verbal fe’llar tarkibiga -їp//-ip li ravishdoshlar kiradi: Näme gözläp yö:rs‘iñiz‘? (Siz nimani izlab yuribsiz?) A. P. Potsulevskiyning fikriga ko‘ra, yazї-yor tipidagi turkiy formadagi -ї//-i, -їp//-ip ravishdoshining qisqargan shaklidir. Demak, yazїyor (u yozayapti) shaklidagi turkiy formadan vujudga kelgan -yor formanti yur fe’liga to‘g‘ri keladi. Bunda u>o>o hodisasi ro‘y bergan.
Turkman tilida -or formantidagi lablangan tovush o‘rnini lablanmagan unli egallab, u -ar shaklini olgan.
Ushbu formantning kelib chiqishining boshqacha talqinlari ham bor. -yor, -yar elementlarini yür fe’li bilan bog‘lash shart emas. Ozarbayjonning shimoliy va janubiy tumanlarida -їy//-iy ko‘rsatkichli forma qayd etilgan: yazїyam (yozaman), galiyam (kelaman). Ozarbayjon va turk tillari dialektlarida -yo//-yo ko‘rsatkichli hozirgi zamon formalari mavjud: alїyom (olaman), alїyon (olasan), alїyo (oladi) kabi. Agar shunday bo‘lsa turk tilidagi yazїyor (yozadi) yazїyo (yozadi) va yazїr (yozadi) tipidagi ikki formaning chatishuvi (qo‘shilishi) natijasida ham bo‘lishi mumkin.
Ozarbayjon va turk tillarida dialektlarida -e:r//-er, -o:r//-or ko‘rsatkichli hozirgi zamon uchraydi: ozarb. yateram (yotaman), danїsheram (so‘zlashaman), vurorsan (urasan).
Turkiy tillarda -uchї//-üchi sifatdoshidan hosil qilingan hozirgi zamon fe’llari ham uchraydi.
Turkiy tillarda -їg‘//-ig‘li -chї//-chi affiksi yordamida fe’ldan yasalgan otlardan hosil qiliñan hozirgi zamon sifatdoshiga duch kelinadi. Qorachoy-balqar tilida ushbu sifatdoshdan doimiy sifatdoshni ifodalaydigan hozirgi zamonning alohida turi hosil qilingan. Buni bar (bormoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish