8. O‘tgan zamon fe’li. Turkiy tillarda o‘tgan zamon, asosan, -dї (-di) ele-menti orqali ifodalanadi. Uning turkiy bobotil davridagi paradigmasini quyidagicha qayta tiklash mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aldїm aldїq
2-shaxs. aldїñ aldїg‘їz
3-shaxs. aldї aldї
8.1. Uzoq o‘tgan zamon. Turkiy tillarning tadrijiy rivojida muayyan turkum ma’nosi, o‘tmishidagi uzoq davom etadigan, ba’zan o‘tmish planidagi qandaydir ma’lum paytga to‘g‘ri kelmaydigan uzoq o‘tgan zamon tiplarini vujudga keltirish tendensiyasi yuzaga keldi. Buning yorqin misoli sifatida hozirgi zamon fe’lining o‘zagi -ar//-їrga o‘tgan zamon yordamchi fe’li er (bo‘lmoq) ni qo‘shish bilan hosil qiliñan noaniq imperfekt (tugallanmagan)ni vujudga keltirishni ko‘rsatish mumkin:
o‘zb. yoz (yozmoq)
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yozar edim yozar edik
2-shaxs. yozar eding yozar edingiz
3-shaxs. yozar edi yozar edilar
q.qalp. al (olmoq)
1-shaxs. alar edim alar edik
2-shaxs. alar ediñ alar ediñiz
3-shaxs. alar edi alar edi
yoq. ah (ochmoq)
1-shaxs. ahar etim ahar etibit
2-shaxs. ahar etiñ ahar etigit
3-shaxs. ahar ete ahar etiler
Qadimda uyg‘ur tilida käl (kel) fe’lining tuslanishi quyidagicha:
1-shaxs. kälär ä(r)dim kälär ä(r)dük
2-shaxs. kälär a(r)diñ kälär ä(r)diñiz
3-shaxs. kälär ä(r)di kälär ä(r)dilär
Hozirgi uyg‘ur tilida yuqorida keltirilgan tuslanish juda ko‘p o‘zgarishga uchragan. Buni quyidagi alar yedim fe’li tuslanishi misolida yaqqol ko‘rish mumkin:
1-shaxs. alattьm alattuq
2-shaxs. alatьñ alattьñlar
3-shaxs. alatь alatь
O‘g‘uz guruhiga mansub bo‘lgan turk, ozarbayjon, gagauz va turkman tillarida yordamchi fe’l, odatda, qisqargan shaklda qo‘llaniladi:
1-shaxs. alardїm alardїk
2-shaxs. alardїñ alardїñ їz
3-shaxs. alardї alardїlar
Uzoq o‘tgan zamon fe’lining bunday tipi qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tilida ham uchraydi: o‘rx.en. Atїg‘ їqa bayu:r ärtimiz (Biz otlarni daraxtlarga bog‘ladik).
O‘tgan zamon fe’lining bu tipini kelib chiqishi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ushbu tip turkiy bobotil yoki uning tugashidan oldingi davrda shakllangan bo‘lishi mumkin. Buning isboti sifatida quyidagi dalillarni keltirsa bo‘ladi:
1) uzoq o‘tgan zamonning kelib chiqishi -ar//-їr li hozirgi kelasi zamon mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelishi mumkin, sababi uzoq o‘tgan zamon ushbu zamonniñ hozirgi zamon ma’nosi asosida paydo bo‘lgan, binobarin, u o‘g‘uz hamda qipchoq tillarining ajralishishidan ancha ilgari yuzaga kelgan;
2) ushbu zamonning yuzaga kelishi turkiy bobotilda ancha keng tarqalgan takroriy harakatni ifodalovchi affikslar qo‘llanishining keskin kamayishiga olib kelgan.
Turkiy tillarda o‘tgan zamon fe’lining ancha kam tarqalgan va kam uchraydigan shakllari ham mavjud. Bulardan biri -maqta+o‘tgan zamon fe’li shakli bo‘lib, u turk, ozarbayjon, o‘zbek va bir qancha turkiy tillarda uchraydi. Buni turk va ozarbayjon tillaridagi yaz (yozmoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |