O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet135/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barayaqpan barayaqpьz
2-shaxs. barayaqsañ barayaqsьz
3-shaxs. barayaq barayaqlar
Bu yerdagi -ayaq ko‘rsatkichi -achaq ko‘rsatkichining fonetik o‘zgarishiga uchragan shakli bo‘lishi mumkin.
Yоqut tilida fe’l o‘zagiga -їax ko‘rsatkichini qo‘shish orqali hosil qilinadi-gan kelasi zamon modeli mavjud. Bu ah (ochmoq) fe’li tuslanishida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. ahїag‘їm ahїaxpїt
2-shaxs. ahїag‘їñ ahїaxxїt
3-shaxs. ahїag‘a ahїaxtara
Yоqut tilida -їax (-iäx, -uox, -üöx) ko‘rsatkichi kelasi zamon sifatdoshini hosil qiladi: oxtuox mas (yiqilayotgan daraxt), bїnьїkka barїax kihi (hammomga borishni xohlayotgan kishi). Ushbu shakl ot va sifatlardagi kichraytirish affiksi -a:q bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: q.tur. yolaq (yo‘lakcha)<yol (yo‘l), olt. salqї-
naq (shabada)<salqїn, ozarb. zolax (yo‘l-yo‘l)Qorachoy-balqar hamda chulim tatarlari tilida fe’l o‘zagiga -lїq ko‘rsatkichini qo‘shish orqali kelasi zamon fe’li modeli hosil qilinadi. Buni qabardin-balqar tilida bar (bormoq), chulim tatarlari tilida käl (kelmoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barlїqma barlїqbїz
2-shaxs. barlїqsa barlїqsїz
3-shaxs. barlїqdї barlїqdїla

1-shaxs. källükem källükbis


2-shaxs. källüksiñ källüksiñg‘ar
3-shaxs. källük källük
Qadimgi uyg‘ur, eski o‘zbek va qipchoq tillarida fe’l o‘zagiga -g‘ay//-gay ko‘rsatkichini qo‘shish orqali kelasi zamon fe’li hosil qilinadi. Buni eski o‘zbek tilida bil (bilmoq), qadimgi uyg‘ur tilida al (olmoq) fe’llarining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. bilgaymen bilgaysiz
2-shaxs. bilgayseñ bilgaysiz
3-shaxs. bilgay bilgaylar

1-shaxs. alg‘aymen alg‘a(y)miz


2-shaxs. alg‘aysen alg‘a(y)siz
3-shaxs. alg‘ay alg‘a(y)lar
Ozarbayjon tilining shimoli-sharqiy dialektlari sanaladigan nuxin dialektida, qisman agdam shevalarida -chi//-ji,-ch//-j ko‘rsatkichli kelasi zamon fe’li qayd qilingan: nux. geljiyäm (men, albatta, kelaman), geljisän (albatta, kelasan) kabi. Ushbu ko‘rsatkich modal ma’no ifodalaydigan -chi affiksi bilan aloqador bo‘lishi mumkin: tur. inatchї (qaysar, o‘jar). Ozarbayjon tilining g‘arbiy guruh dialektlari va shevalarida -їsh//-ish ko‘rsatkichli kelasi zamon shakli uchraydi: alї:shsan (olasan). Bu yerdagi -ї:sh~-ї:ch tarzida.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda kelasi zamonni hosil qilishning juda ham kam ishlatiladigan modellariga duch kelinadi. O‘rxun yodnomalarida -chї< -g‘achї, shuningdek, -dächї//-dachi formalari uchraydi. Qipchoq, eski ozarbayjon va eski usmon tillarida o‘ziga xos xarakterli -(i)sär ko‘rsatkichli kelasi zamon mavjud bo‘lgan: esk.ozarb. gälisär (u keladi), olisär (u bo‘ladi) kabi. Ushbu qo‘shimcha ancha qadimgi -sar//-särdan kelib chiqqan. Sariq uyg‘ur tilida kelasi zamonning -g‘їsh ko‘rsatkichli alohida tipga duch kelinadi: tutqїshtro (men tutaman) kabi.
Sariq uyg‘ur va salar tillarida -qїr formasiga ega xarakterli ko‘rsatkichli kelasi zamon fe’li mavjud: s.uyg‘. tapqїr (men topaman), sal. vaxqu(r) (men ko‘raman).
Turkiy tillar tarixini o‘rganishdagi eng murakkab muammolardan biri turkiy bobotilda hozirgi zamon fe’li bog‘lanmasi -är (bo‘lmoq)ning mavjudligi masalasidir. Ma’lumki, hozirgi turkiy tillarda ushbu forma ishlatilmaydi. Ammo turkiy bobotilda va hozirgi turkiy tillarda ushbu formaning, umuman, bo‘lmaganligi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Sababi är (bo‘lmoq) fe’l-bog‘lamasi turkiy tillarning barchasida–eskilarida ham, yangilarida ham mavjud. Turkiy tillarda är (bo‘lmoq) hozirgi zamon fe’l-bog‘lanmasining izlari saqlangan. Qipchoq tillarida ä-<är-ning inkor ma’nosini anglatadigan ämäs shakli keng tarqalgan: olt. Bu tu: biyik yemes (Bu tog‘ baland emas), qirg‘.: Qarabek anday adam emes (Qorabek unday odam emas).
Demak, turkiy bobotilda är (bo‘lmoq) bog‘lamasining hozirgi zamon qurshovi to‘la ravishda mavjud bo‘lgan, deyish mumkin. Buni qadimgi turkiy yodnomalarda bog‘lamaning ärürmen, ärüräm, ärürsen, ärür, ärürbiz, ärürlär shakllari qayd etilishi ham tasdiqlaydi.
Ushbu bog‘lanma tarkibidagi -r elementi fe’lning o‘zagiga taalluqli bo‘l-masdan, fe’l o‘zagi faqat bitta -ä unlisidan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. O‘tgan zamonning qadimgi shakli är (ardim–men bo‘lganman), ärdiñ (sen bo‘lgansan), ärdi (u bo‘lgan) tarzida bo‘lib, bu yerdagi -r 3-shaxs birlikdagi qadimgi är(u bor)ning qayta bo‘linishi natijasi hisoblanadi. Alїr (u oladi), kälir (keladi) so‘zlaridagi -r xuddi shuning o‘zidir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turganidek, turkiy tillarda hozirgi, o‘tgan va kelasi planga taalluqli bo‘lgan harakatni ifodalash uchun mo‘ljallangan fe’l zamonlarining turli modellariga duch kelinadi. Ammo ularning deyarlik 90 foizini bobotil davrida yuzaga kelganligini ko‘rsatmaydi. Ular turli turkiy tillarda har xil daraja, har xil hududiy tarqalishga ega.
Demak, turkiy fe’l tizimining dastlabki yadrosini quyidagi to‘rtta zamon tashkil qilgan, deyish mumkin:
1) -a//-ї ko‘ratkichli bar-a-mьn(boraman) tipidagi, ayni paytda, hozirgi va kelasi zamon ma’nosini anglatadigan hozirgi-kelasi zamon;
2) -ar//-їr ko‘rsatkichli alїrmїn (men olaman) tipidagi, avvalgidek, hozirgi va kelasi zamonni anglatadigan hozirgi-kelasi zamon;
3) -dї//-tї (-di//-ti) ko‘rsatkichli aldїm (oldim) tipidagi o‘tgan zamon;
4) alїrdїm (men doimo olardim) tipidagi noaniq imperfekt (tugallanmagan o‘tgan zamon).
Fe’l zamonlarining qolgan modellarining barchasi turkiy bobotilning parchalanganligidan keyin yuzaga kelgan.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish