O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Turkiy tillarda nisbat kategoriyasi



Download 3,85 Mb.
bet136/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

10. Turkiy tillarda nisbat kategoriyasi. Turkiy tillarda aniqlik nisbatidan
tashqari to‘rtta–majhul, o‘zlik, birgalik va orttirma nisbatlar ajratiladi.
10.1. Majhul nisbat. Ushbu nisbat hozirgi barcha turkiy tillarda uchraydi. Uning eng xarakterli ko‘rsatkichi -l, -їl//-il affiksi hisoblanadi. Faqat chuvash tilida majhul nisbat boshqacha hosil qilinadi. Mazkur nisbat qadimgi turkiy tillarning turli yozma yodgorliklarida mavjud edi.
Majhul nisbatning turkiy tillarda keng tarqalganligi uning turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lganligini anglatadi. Shuning bilan birga, ayrim dalillarning guvohlik berishiga qaraganda, turkiy bobotilning dastlabki etapida majhul nisbat bo‘lmagan. Hozirgi turkiy tillarda qadimgi sifatdoshning har xil qoldiqlari juda nofaol ma’noga ega bo‘lgan, ammo ular tarkibida majhul nisbat affiksi uchramaydi: ozarb. burma (burilgan), tur. yarma (yorilgan), tuv. uzuk (uzilgan), tat. jьmirik (buzilgan), tur. kїrgїn (sindirilgan) va hokazo. Ayrim turkologlar fikricha, majhul nisbat ko‘rsatkichi sanalgan affiks, dastlab, so‘z yasovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan.
Haqiqatan ham, turkiy tillarda hozirda ham, oz miqdorda bo‘lsa-da, so‘z yasovchi -l affiksi takroriy harakatni ifodalashga xizmat qiladi: o‘zb. quvlatat. sьypala(siypa), sibl(quymoq) kabi.
Ammo takroriy harakatdan semantik jihatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri majhul nisbatga o‘tish sodir bo‘lmagan. Buning uchun majhul nisbatga o‘tishga qadar qandaydir oraliq etap bo‘lgan. Bunday holat turkiy tillarda, haqiqatan ham, mavjud bo‘lganligi aniq.
Takroriy harakatni ifodalaydigan, tarkibida -l elementi mavjud bo‘lgan affikslar turkiy tillarda muayyan belgining yig‘ilish, to‘planish jarayonini aks ettirish uchun keñ qo‘llanilgan. Odatda, bunday fe’llar sifatlardan hosil qilinadi: ozarb. azal (ozaymoq)(oz), boshal (bo‘shay)(bo‘sh), o‘zb. yengilla< yengil, muzlatur. kїsala (qisqarmoq)(qisqa), tat. tügäräklä (yumaloqlamoq)(yumaloq), chuv. vadъl (keksay)(keksa), qirg‘. arїqta (oriqlamoq)(oriqla)(oriq), qoz. juanda ((yo‘g‘onlan)(yo‘g‘on) kabi.
Ko‘rinib turganidek, bu tipdagi fe’llarning harakat subyekti, aslida, nofaol hisoblanadi. Subyektning passivligi muayyan belgi darajasining ortishi yoki shakllanishi ma’nosini anglatadigan -l affiksining qayta anglanishi uchun turtki bo‘lishi uni majhul nisbat ko‘rsatkichiga aylantiradi. Affiks yangi vazifa–kimdir subyekt ustidan muayyan harakatni amalga oshirib, subyektning, o‘zi bunga nofaol bo‘lib qolishi vazifasini ko‘rsatadi: tat. xaot yaozьla (xat yozilmoqda) kabi. Ayni bir affiksning ikkita vazifasining rasmiy ajratilishiga bo‘lgan intilish natijasida majhul nisbatning alohida ko‘rsatkichi -їl//-il vujudga kelishiga olib kelgan.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish