O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet125/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barїwchuma barїwchubuz
2-shaxs. barїwchusa barїwchusuz
3-shaxs. barїwchudu barїwchudula
Sariq uyg‘ur tilida -ag‘an ko‘rsatkichli hozirgi zamon sifatdoshidan hosil qilingan hozirgi zamon tipi mavjud: alog‘antїr (olaman).
Hozirgi zamon -turg‘an sifatdoshi yordamida ham hosil qilinadi. Ushbu sifatdosh tur (turmoq) fe’li va qadimgi sifatdosh shakli -g‘an dan tashkil topgan.
Hozirgi zamon ma’nosidagi turg‘an (turgan) sifatdoshi bir qancha turkiy tillarda doimiy yoki takroriy sodir bo‘ladigan harakatni ifodalaydigan hozirgi zamonni hosil qilish uchun foydalanilgan. Buni no‘g‘oy tilidagi bar-(bor) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. baratag‘anman baratag‘anmьz
2-shaxs. baratag‘ansañ baratag‘ansьz
3-shaxs. baratag‘an baratag‘anlar

Hozirgi uyg‘ur tilidagi al (ol) so‘zi ham shunday tuslanadi:


Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alїdg‘ьanman alїdg‘ьanbїz
2-shaxs. alїdg‘ьansañ alїdg‘ьansїz
3-shaxs. alїdg‘ьan alїdg‘ьan
Turk, ozarbayjon, o‘zbek tillarida fe’ldan yasalgan otlarda o‘rin kelishigi formasi hozirgi zamonni hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Bunga turk tilidagi yaz (yoz) fe’lining tuslanishi misol bo‘la oladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yazmaktayїm (yozmoqdaman) yazmaktayїz
2-shaxs. yazmaktasїn yazmaktasїnїz
3-shaxs. yazmaktadїr yazmaktadїrlar
Aslida, ushbu zamon infinitivga o‘rin kelishigi affiksini biriktirish yo‘li bilan hosil qilingan. Hozirgi zamonning bunday ifodalanishi qrimtatar, uyg‘ur tillarida hamda qoraqalpoq tilining dialektlarida, shuningdek, sporadik holatda turkman tilida, asosan, matbuot tilida uchraydi.
Qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va ba’zan boshqird tilida fe’ldan yasalgan otga o‘rin kelishigidagi -u://-ü: (qirg‘), -u//-ü (qoz.), -uw//-üw (q.qalp.), -ьw//-iw (boshq.) hozirgi zamon formalarini hosil qilish usullari uchraydi: qirg‘ jardam berilü:da (yordam berilayapti), qoz. mъnay jaratїluda (neft foydalanilmoqda), q.qalp. basuwda (u kelyapti) kabi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish