y>j: yä:r (yer): qirg‘., q.balq., q.qalp. jer; yu:z (yuz): qirg‘., q.balq., q.qalp. juz. Bu holat yoqut tilida ham kuzatiladi: jon (odamlar), jïl (yil).
Qozon tatarlari tilida y palatallashgan jga o‘tgan. Ushbu o‘zgarish, asosan, old qator unlilari oldida ro‘y beradi: ya:r (yer): tat. jir; yä:l (shamol, yel): tat. jil.
y>j hodisasi qozoq va qoraqalpoq tillari uchun xos: yo:l (yo‘l): tur., ozarb. yol, turkm. yo:l, ammo qoz., q.qalp. jol; yo:q (yoq): tur. yok, turkm. yo:k, ozarb. yox, ammo qoz., q.qalp. joq.
Tarixan olganda, j affrikati djning kuchsizlanishi natijasida vujudga kelgan: dj>j.
y>ch. Ushbu holat xakas, tuva va shor tillari uchun xosdir: yaqa (yoqa): tat. yaoqa, ammo xak., tuv. chag‘a; ya:r (yer): tur., turkm. yer, uyg‘. yär, ammo xak., tuv. chir, shor. cher; yag‘ (yog‘): tuv. chag‘, xak. chag; yïl (yil): xak., tuv., shor. chïl.
Ushbu tillardagi bu holat ydan vujudga kelgan dj affrikatining jarangsiz-lanishi bilan bog‘liq.
y>d holati faqat oltoy tiliga xosdir: yaqa (yoqa): tat., boshq. yaoqa, ammo daka; ya:r (yer): uyg‘. yär, tur. yer, ammo olt, der; yo:l (yo‘l): tur., qum. yol, ammo olt. dol.
y>s hodisasi faqat chuvash tilida uchraydi: yaqa (yoqa): tat., boshq. yaoqa, ammo chuv sug‘a; yo:l (yo‘l): tur., ozarb yol, turkm. yo:l, ammo chuv. sul; yo:q (yo‘q): tur. yok, ozarb. yox, turkm. yo:k, ammo chuv. sux.
Tarixan olganda, dj>s holati ham dj ning jarangsizlanishi natijasi hisob-lanadi. dj affrikati, dastlab, jarangsizlanib, ch aylangan, so‘ngra sh>s sodir bo‘lgan.
y>s hodisasi faqat yoqut tilida uchraydi: yaqa (yoqa): tat. yaoqa~yoqut. sag‘a; yanï (yanga-yangi): tat. yaoña, qum. yañï~yoq. saña; yo:l (yo‘l): tur. yol, tur. yul~yoqut. suol; yo:q (yo‘l): tur. yok, turkm. yo:q, ozarb. yox~yoqut. suox.
y>n hodisasi xakas tilida, qisman, shor tilida kuzatiladi: yaña (yangi): xak. na:; yanaq (yanoq): xak. na:x; yan (yon): xak. nan; yomshaq (yumshoq): xak. nïmzax; yag‘mur (yomg‘ir): xak. nanmïr, shor. nag‘bur, nañmur va hokazo.
Ushbu holatlarda y>n hodisasi so‘z o‘rtasidagi n yoki ñ assimilyatsiyasi ta’sirida ro‘y bergan. Boshqa holatlarda so‘z boshidagi y xakas va shor tillarida ch tarzida ifodalanadi: xak., shor. chol<yo:l (yo‘l), xak., shor. chus<yu:z (100).
Bunday hodisa tofalar tilida kuzatiladi. Bunda y>ñ: tof. ña: (yangi)<yaña; no:n (yo‘g‘on)<yuvan, nenes (mox, yo‘sin), olt. yeñes.
Ozarbayjon tilida so‘z boshidagi y tor unlilar oldida ishlatilmaydi: ozarb. il (yil), ammo tur. yïl, tat. yïl, qum. yïl kabi; ozarb. ilan (ilon)~tur yïlan, qum. yïlan va hokazo; ozarb. üräk (yurak)~tur., qum. yürek, tat. yuräk; ozarb. üzük (uzuk)~ yüzük.
So‘z boshida tor unlilardan oldin yning tushib qolishi qisman qirg‘iz va oltoy tillarida ham sodir bo‘lgan: qirg‘. ïr (qo‘shiq)~tat. jьr, qirg‘. va olt. ï:raq (yiroq, uzoq)~tat. jьraq.
Intervokal holatda turkiy tillarda y ancha turg‘un: boyïn, boyun (bo‘yin): tur., ozarb., qar., turkm., uyg‘., qum., q.balq. boyun, qoz., q.qalp. moyьn, qirg‘. moyun, tat. muyьn, olt. moyïn; qoyug‘(quyuq): tur. koyu, tat. kuy, qirg‘. qoyu, turkm. goyï, qar. koyu, qoyu.
Turkiy tillardagi intervokal pozitsiyadagi g‘ dan vujudga kelgan y turg‘un emas: no‘g‘. yьrma (20)<iyirmä<ig‘irmä; ozarb. däl (yo‘q)<däyil<däg‘il.
Turkiy tillarda so‘z oxirida y ancha turg‘un hisoblanadi: ay (oy): q.turk., no‘g‘., ozarb., tur., qirg‘., qoz., q.qalp., turkm., olt., qum., q.balq. ay, tat. aoy, o‘zb. oy; yay (yoz fasli): q.tur., qum., ozarb. yay, tat. jäy, olt. day, qirg‘. jay, o‘zb. yoz, xak. chay.
Turkiy tillarning ko‘pchiligida s tovushi so‘z boshida saqlangan: saqal (soqol): q.turk., no‘g‘., qar., o‘zb. saqal, tat. saoqal, uyg‘., gag., tur. sakal, xak. sag‘al; sarïg‘ (sariq): q.tur., xak., tuv. sarïg‘, tur., gag., qum., qirg‘., olt. sarï, uyg‘. seriq, no‘g‘., qoz., q.qalp.,chuv. sarь, tat. saorь; sug‘ (suv): q.turk. sub, tur., ozarb., tat., gag., uyg‘., qoz. su, xak., tuv. sug‘, o‘zb., qum. suw, qirg‘. su:.
Shuning bilan birgalikda, quyidagi tovush o‘zgarishlari ham kuzatiladi:
s>s‘. Turkman tilida har qanday holatdagi s jarangsiz tish oralig‘idagi spirantga aylanadi: s‘arï (sariq), s‘u (suv) kabi.
s>h. Ushbu holat boshqird tili uchun xosdir: saqal (soqol): tur. sakal, no‘g‘. saqal, tat. saoqal~boshq. haoqal; sü:t (sut): tur., qum. süt, tat. sёt~boshq hёt; sarïg‘ (sariq): ozarb., tur. sarï~boshq. haorь kabi.
Bobotildagi so‘z boshidagi sning tushib qolishi yoqut tilida kuzatiladi: sug‘ (suv): xak., tuv. sug‘, qum., qar., q.qalp., suw, tur., qoz., olt., tat. su, qirg‘. su:~ yoq. u:; sü:t (sut): tat. sёt, qum., xak. süt~yoq. u:t; sän (sen): ozarb., uyg‘. sän, qum., o‘zb., qirg‘., no‘g‘., tur. sen~yoq. en.
Yoqut tilida so‘z boshida s tushib qolishi s>h bilan izohlanadi.
Ko‘pchilik turkiy tillarda intervokal holatda s tovushi saqlanadi: esän (eson): q.turk. esän, tat. isän, q.qalp., qoz., qirg‘. esen; osal (yomon, badjahl), qum. osal (zaif, xira), q.qalp., qoz., no‘g‘. osal (zaif), qar. osal (dangasa), o‘zb. osal (yomon).
Xuddi turkman tilidagidek, s>s‘ hodisasi boshqird tili uchun ham xosdir: äsän (sog‘lom); tat. isän, qoz., q.qalp. esen (eson-omon)~is‘än (sog‘lom); käsäk (kesak): tat. kisäk, qirg‘., qoz., no‘g‘., kesek, o‘zb. kesak, ozarb. käsäk~boshq. kis‘äk.
Bu holat turkman tilida ikki unli orasida s tovushi kelganda ham uchraydi: turkm. kes‘ek<käsäk.
Intervokal holatdagi s>z hodisasi xakas, tuva, oltoy tillariga xosdir: käsäk (kesak); olt. kezek, xak. kizek, tuv. kezek (qism); äsän (eson)~xak. izen, olt. ezen.
Intervokal sning yarimi jarangli zga o‘tishi chuvash tilida uchraydi: chuv.
kizik<käsäk juft so‘zda tadъk-kizik (parcha, bo‘lak); chuv. uzъ (foyda):< asïg‘~ gag. asï, qum. asuw (foyda); chuv. puzъ (dala)~tat. basu.
Turkiy bobotilda so‘z oxirida s kam uchragan.
Hozirgi turkiy tillarda so‘z oxirida s saqlangan: tü:s (rang, tus): qar., qirg‘., qum. tüs, q.qalp., no‘g‘. tёs, chuv. tis; is (qurum, qorakuya): q.turk. ïs, qoz., no‘g‘. ьs, o‘zb. is, qirg‘. is (hid); äs (xotira, еs): chuv. as, qirg‘., tur. es, q.qalp., tat. is.
Boshqird va turkman tillarida so‘z oxiridagi s ham tish oralig‘ida talaffuz qilinadi: boshq. tёs‘ (rang), is‘ (es), turkm. s‘es‘ (sas, ovoz).
Turkiy bobotilda so‘z boshida z tovushi qo‘llanilmagan. Intervokal holatda u ko‘pchilik turkiy tillarda saqlangan: qïzïl (qizil): qoz., q.qalp., no‘g‘., uyg‘., o‘zb., tat. qьzьl, qar., qum., qirg‘., olt., xak., tuv., q.balq. qïzïl, ozarb., turkm. gïzïl; azïq (oziq): q.turk. azuq, turkm. az‘ïk, olt. azïk, ozarb. azugä, no‘g‘. azьk, qirg‘., qar., qum. azïq, qoz. azьq, tat. aozьq; yüzik (uzuk): q.tur.., tur., qum. yüzük, q.qalp., qoz. yüzik, qar. üzük, q.balq. jüzük, tat. yezik.
Boshqird tili uchun xos xususiyatlardan biri z>z‘ hodisasidir: qïzïl (qizil): qirg‘. qïzïl, tat., qoz. qьzьl, tur. kïzïl~boshq. qьz‘ьl; boshq. ъz‘ьn (uzun). Bu holat turkman tilida ham kuzatiladi.
Intervokal pozitsiyadagi z>r hodisasi chuvash tilida vujudga kelgan: uzïn (uzun): tur., qirg‘. uzun, tat. ъzьn~chuv. vъrъm; yuzik (uzuk): tur va chuv. siri.
z>r hodisasi ancha oson izohlanadi. Z atrofidagi unli fonemalar zning ko‘proq ochiqligiga olib keladi. Kuchsiz artikulyatsiyali fonema sifatida z ularning ta’siriga qarshi turolmaydi. Tilning uchki qismi buralib, tanglay oldiga ko‘tariladi. Ushbu holatdagi nutq organlari, odatda, alveolyar rni hosil qiladi.
z>h hodisasi yoqut tilida uchraydi: uzïn (uzun): tur. uzun~yoq. uhun; qïzïl (qizil): tur. kïzïl, tat. qьzьl~yoq. kïhïl.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxirida z saqlanadi: qï:z (qiz): q.tur., q.balq., no‘g‘., qum., uyg‘. qr.tat. qïz; tat., qoz., q.qalp. qьz, turkm. gï:z‘; az (oz): tur., qoz., no‘g‘., qum, q.qalp., qar. az, tat. aoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |