ñ>n (pashsha): q.turk. siñäk, tur., gag., ozarb. sinek; yañï (yangi): tur., ozarb., gag. yeni, chuv. s‘ini.
ñ>g‘ hodisasi turkiy tillarda ag‘ach (yog‘och) so‘zida keng tarqalgan. Ba’zi ma’lumotlar ag‘ach so‘zining angachdan vujudga kelganligini tasdiqlaydi: angash (oltoy tilining teleut dialektida), tof. angesh, yoq. mas (yog‘och).
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxirida ñ(ng) saqlangan: kä:ñ (keng): uyg‘. käñ, qar., qirg‘., q.balq., olt. keñ, yoq. kieñ; tañ (tong): tat., boshq. taoñ, qum., uyg‘., qoz., no‘g‘., q.qalp., xak. tañ, turkm. dañ.
ñ>n: kä:ñ (keng): ozarb., tur. gen; tañ: ozarb. dan, tur. tan; täñ (teng): ozarb. tän, chuv. tan.
Bir qancha turkiy tillarda affikslar oldida so‘z oxiridagi ñ(ng) saqlanadi: añchï (ovchi): olt., qirg‘., xak. anchï, qoz., q.qalp., no‘g‘. añshь; añla (angla): no‘g‘., qum., turkm. añ-la, tat. aoñ-la, qoz. añ-da.
Turkiy bobotilda so‘z boshida r, umuman, ishlatilmagan. Intervokal pozitsiyada esa u saqlangan: ara (ora): q.turk., qirg‘., qum., olt., qoz., q.qalp., turkm., tuv., xak. ara, tat. aora; qurug‘ (quruq): tur. kuru, ozarb. guru, qoz., q.qalp., tat. qъrь, qirg‘., olt. quru, xak. xurug‘.
So‘z o‘rtasida unlilar oldidan r turg‘un emas. Chuvash tilida fe’llarning ayrim shakllarida r tushib qoladi: panъ (berdi)<parnъ; är (bo‘lmoq) fe’lidagi r hozirgi barcha turkiy tillarda ishlatilmaydi: tur. edi<erdi (erdi). Ayniqsa, uyg‘ur tilida bu holat uchraydi: uyg‘. ö:däk<ördäk (o‘rdak), o:ma (o‘rma)<orma, kö:mäk<ko‘rmäk kabi.
Ko‘pchilik turkiy tillarda r, asosan, turg‘un: qa:r (qor): q.tur., olt., qirg‘., qoz., q.qalp., no‘g‘., tuv. qar, tur. kar, ozarb. gar, turkm. ga:r, tat., boshq. qaor, xak. xar.
Umuman, turkologiyada r tovushi turg‘un emas deb hisoblanadi.
Uyg‘ur tilida so‘z oxiridagi r tushib qoladi: ye: (yer)<yär, qa: (qor)< qar. 4.5. Undoshlarda proteza hodisasi. Turkiy tillarda so‘z boshidagi unli oldidan tovushlar orttirilishi mumkin. Ayniqsa, chuvash tilida so‘z boshida v orttirilishi kuzatildi: vъrъm (uzun)<uzun, vis (uch)<u:ch (uchi), vun (10)<o:n, vïr (o‘r)<or; vïzъ (och)<a:ch, vigir (ho‘kiz)<ökuz, vъrman (o‘rmon)<orman.
Bunday holatni o‘zbek tilining jo‘sh shevasida uchratish mumkin: vat (ot)< at, valtï (6)<altï.
Qozoq, qoraqalpoq, qorachoy-balqar, shuningdek, no‘g‘oy va qumiq tillarida so‘z boshidagi o (o‘) va ö (o‘, o‘rdak so‘zidagi –R.Y.) lar ham diftong-lashadi. Bu holat o‘zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida ham kuzatiladi.
Turk va ozarbayjon tillarida vur fe’lida uchraydi: vur (urmoq).
So‘z boshida y orttirilishi, asosan, chuvash tilida uchraydi: yïvъr (og‘ir)< ag‘ïr; yïvъs (yog‘och)<ag‘ach<angach, yir (iz)<ï:z, yat (ot)<at.
So‘z boshida hning orttirilishi, asosan, turkiy tillarning janubiy va sharqiy arealiga mansub bo‘lgan ozarbayjon, turk, gagauz, o‘zbek, uyg‘ur, shuningdek, Erondagi xalajlar tilida uchraydi: ozarb. hör (o‘rmoq, to‘qimoq)<ör, ozarb. hochak (o‘roq)<orak, gag. hayg‘ïr (ayg‘ir)<ayg‘ïr, turkm. hür (puflamoq)<ür, xalaj. hat (ot)<at, haltï (6)<altï, här (er)<är.
Barcha xususiyatlarga ko‘ra, turkiy tillar hali boshqa tillar bilan munosabatda bo‘lmagan davrdayoq proteza hodisasi vujudga kelgan. Bobotil davri uchun u xos bo‘lmagan.
Demak, turkiy tillar fonetikasi, xususan, vokalizmi, konsonantizmida mushtarakliklar bilan birgalikda, o‘ziga xos xususiyatlar ham saqlanib qolgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |