Aqliy hujum uchun savollar:
1. Nutq madaniyati va uslubiyat sohalarining aloqador va farqli tomonlari qaysilar?
2. Nutq madaniyati va uslubiyatning nutqiy uslublarga yondoshishiga ko’ra farqlari qaysilar?
3. Uslub tushunchasining lingvistik mazmuni nima?
4. V.V.Vinogradov tasnifiga ko’ra til uslublari qanday turlarga ajratiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Qung’urov, E.Begmatov, Yo.Tojiyev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, Toshkent, 1992 -yil.
2. T.Qudartov. Nutq madaniyati asoslari, Toshkent, 1993 -yil.
3. E.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. Toshkent, 1980 -yil.
4. E.Begmatov, Yo.Tojiyev. Nutq madaniyati va stilistika asoslari. Toshkent, 1987 -yil.
5. E.Qilichev. O’zbek tilining praktik stilistikasi. Toshkent, 1985-YIL.
6. A.SHomahsudov va boshqalar. O’zbek tili stilistikasi. Toshkent, 1983 y.
7. B.O’rinboyev. O’zbek tili so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. Toshkent, 1975 -yil.
8. M.Mukarramov. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili. Toshkent, 1984 -yil.
9. K.Nazarov. Nutq madaniyatiga oid masalalar. Toshkent, 1973 -yil.
10. E.Begmatov, A.Boboyeva, M.Asomiddinova, B.Umrqulov. O’zbek nutqi madaniyati ocherklari. Toshkent, 1988 -yil.
1-ilova
RIVOYАT
Rivoyat qiladilarki, qadim zamonda bir ko’zi qisiq, bir oyog’i oqsoq shoh bo’lgan ekan. SHoh yurtidagi hunarmandlar, san’atkorlar, ayniqsa, musavvirlarning hurmatini joyiga qo’yar ekan. SHoh aql-zakovatga to’lgan, yarim asrlik umrining muborak daqiqalarida hamma musavvirlarni saroyiga to’plab: “Mening tasvirimni ifodalovchi san’at mo’jizasini yaratingizkim, saroydagi hakamlarga va shaxsan menga manzur eta olsaengiz, mahoratingiz evaziga xazinamni ayamayman”, – debdi.
Musavvirlar ishga kirishib, bor mahoratlarini ayamasdan harakatga tushibdilar.
Birinchi tasvir san’ati muhokamaga qo’yilibdi. Hakamlar sarafsar solsalar: tasvirda shoh nihoyatda salohiyatli, sarvqomat, yusufsifat qilib tasvirlanibdi. SHunday jasur va mard qilib tasvirlanibdiki, hatto oyog’ining nuqsoni, ko’zining nogironligi bilinmay ketibdi.
SHoh o’zini tanimay: “Bu tasvirni ko’rgan fuqarolarim va mehmonlarim mening barcha ayblarimni, nuqsonlarimni berkitib tasvirlashibdi, deyishlari mumkin”, – deb musavvirni qaytaribdi.
Ikkinchi musavvir shohning oyoqlarini kalta, ko’zini qisiq, beo’xshov, basharasini nihoyatda badbashara qilib tasvirlabdi. Ma’lumki, shohga ham, saroy ahliga ham yoqmabdi.
Uchinchi musavvirning tasvirida tabiatning go’zal manzarasi: baland tog’da qorlar, tog’lar etagida o’rmonzor. Podshoh kiyik ovlashga chiqib, archa ostida mag’rur turgan kiyikka kamalakdan o’q uzmoqda. Podshohning kalta oyog’i harsang toshga qo’yilgan, qudratli qo’llari kamonni mahkam ushlagan, nogiron ko’zini qisib, kiyikni nishonga olgan. Uning harakatdagi gavdasi parvozga shaylanayotgan lochinday tasvirlangan.
Bu musavvir san’atiga hakamlar ming ofarinlar aytib, musavvirga shohona muruvvat ko’rsatib kuzatishibdi.
Bu rivoyatda musavvir uslubi, nozik didi haqida gapirilar ekan, so’zda ham shunday. So’zdan o’rinli foydalanish va so’zning ta’sirini kuchaytira bilish katta san’atkorlik mahoratini, nutq madaniyati va uslubiyatini bilishlikni taqozo qiladi.
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |