O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchi nutq madaniyati fanidan o’quv- uslubiy majmua
nutq.mad.majmua akbarjon
6- mavzu: NUTQ MADANIYАTINI EGALLASH YO’LLARI REJA: 1. Nutq madaniyati sohasining ish tutish doirasi. 2. Nutq madaniyatini egallashning yo’llari va bosqichlari. 3. Madaniy nutq malakasi – o’zbek adabiy tili va uning me’yorlarini egallash ekanligi. Jamiyat a’zolarining o’zaro fikr almashuv jarayonida tildan foydalanishi va foydalanalish qobiliyati o’zining ma’lum qonuniyatlariga ega. Bundagi bir umumiy holat shundan iboratki, har bir kishi ham o’z ona tilisi yoki o’zi egallagan boshqa biror tildan extiyojiga yarasha foydalanish ko’nikmasiga egadir. Ammo shaxsning o’zi egallagan tilni qaysi darajada (oddiy yoki chuqur) bilishi ushbu shaxsningo’z faoliyati, intilishi, hayotiy tajribasi hamda hayotiy extiyojiga bog’liq bo’lgan masaladir. Demak, odamlarning yoshlikdan ma’lum bir tilda so’zlay olishi tabiiy – shaxsiy va ob’ektiv qobiliyatdir. SHu tufayli ham nutq madaniyati sohasi kishilarni umuman so’zlashga, ma’lum til vositasida fikr almashishga o’rgatish vazifasini ko’zda tutmaydi. CHunki insonning o’z ona tilida so’zlay olish qobiliyati avvaldan bor bo’lgan tabiiy instinktdir. Xo’sh, shunday ekan, nutq madaniyati sohasining maqsadi nima? Nutq madaniyati sohasi, umuman, ona tilida emas, balki jamiyat a’zolarini ona tilining maxsus shaklda (madaniy shaklida) gapira olishga o’rgatishni ko’zda tutadi. Tilning bunday shakli ma’lum bir milliy tilda gapiruvchi ijtimoiy guruhlarning barchasi uchun mushtarak bo’lgan til – adabiy tildir. SHu tufayli nutq madaniyati uchun kurash bu kishilarning o’zaro har qanday fikr almashishini madaniylashtirish (masalan, sheva yoki lahjalarda gaplashishi) uchun kurash emas, balki butun millat a’zolari uchun yagona bo’lgan adabiy tilda to’g’ri fikr almashishi uchun kurashdan iboratdir. Xullas, kishilarda tabiiy va an’ana tusiga ega bo’lgan ona tilini yoshlikdan egallay olish va undan o’rinli, tanqidiy foydalana olish qobiliyati bor ekan, unda nutq madaniyati sohasi kimlarni ko’zda tutib ish olib boradi, degan savol tug’ilishi tabiiydir. Bu savolga mavjud javoblarda ushbu masala turlicha talqin etilganini ko’ramiz.Bular ichida uchtasi xarakterlidir. 1. Nutq madaniyati sohasi butun millatni (xalqni) ko’zda tutib ish olib boradi. 2. Nutq madaniyati faqat ziyolilar nutqini yaxshilashni ko’zda tutadi. 3. Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, yosh avlod nutqini to’g’rilashni ko’zda tutib ish ko’radi. Har uchala qarash tilshunoslik fanida hali maxsus ravishda o’rganilgan va yetarli isbotlangan emas. Nutq madaniyati sohasining ish tutish doirasini belgilash fanda munozaralidir. O’zbek tili nutq madaniyatiga bag’ishlangan ayrim ishlarda nutq madaniyati tushunchasi eng avvalo kimlarni ko’zda tutadi va kimlarga mo’ljallangan deyilgan savolga shunday javob berilgan: “Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma (matbuot) va ayniqsa og’zaki shakli uchun (kino, radio, televidenie, teatr sahnalari uchun) zarurdir”. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz notiqdangina emas, balki har bir fuqarodan talab qilinadigan ishdir. Nutq madaniyati ijtimoiy-madaniy hayotning qonuniy talabi bo’lsa-da, uni egallash aslida har bir shaxsning madaniy saviyasi, ong va bilimiga bog’liqdir. SHu nuqtai nazardan jamiyatdagi barcha shaxslarni bir vaqtning o’zida bir xilda yuksak madaniyat darajasiga erishgan deyish mumkin bo’lmaganidek, aniq shaxslarning barchasini ham bilim va madaniy saviyasi jihatdan nutq madaniyatini egallashga bir xilda hozirlangan, qobiliyatli odam deyish qiyin. Olimlar ushbu masalada turli-tuman, ammo umumiy bir maqsadni ifoda etuvchi fikrlar bayon etishgan. Nutq madaniyatini egallash borasida shaxsning umumiy madaniy darajasi yetakchi talablardan biri sanaladi. Nutq madaniyati ma’lum ma’noda har qanday kishilar, odamlar guruhini emas, balki ma’lum madaniy saviyaga ega, adabiy tilni muayyan darajada egallagan odamlarni ko’zda tutgan holda ish ko’radi. SHunday qilib, nutq madaniyati sohasi bir davrning o’zida jamiyat a’zolarining barchasini madaniy nutqiy tarbiya ostiga ola olmaydi. Ushbu ma’noda madaniy nutqiy tarbiya ma’lum chegarali, istisnoli tomonlarga ega. Nutq madaniyati sohasi, asosan, adabiy tilni egallaganlar, unda so’zlash va yozishni istovchilarni va yosh avlod nutqinito’g’rilashni ko’zda tutadi. Lekin nutq madaniyati sohasi bu bilan chegaralanib qolmasligi kerak, albatta. Vazifani bunday tushunish nutq madaniyati sohasi uchun chegaralangan maqsaddir. Nutq madaniyati sohasining to’liq maqsadi barcha xalq ommasining nutqini adabiy tarbiyaga olishdir. Adabiy tilni o’rganish va egallash to’rt xil yo’l bilan amalga oshadi deyish mumkin: 1. Tilni tabiiy holda egallash. Bunga bolaning o’z ona tilini oila muhitida, shuningdek atrof-muhit ta’sirida o’rganishi va bilib olishi kiradi. Bola tilni ota-onasidan, oila a’zolaridan, shuningdek, o’zi duch kelgan kishilardan tabiiy holda eshitish va o’zlashtirish orqali egallaydi. Bolada bola tili malakasi tabiiy holda, stixiyali ravishda yuzaga keladi va shakllanadi. Bu jarayonda ham qaysi bir darajada o’rgatish nishonasi mavjud. Masalan, oila a’zolarining bola nutqini nazorat qilishi, unga so’zlarni va qanday so’zlashni o’rgatish, bola tilida uchraydigan ba’zi nuqsonlarni to’g’rilashi kabilar. 2. Tilni o’qitish, o’rgatish orqali egallash. Bunga asosan o’rta va oliy maktab ta’limi kiradi. SHuningdek, qisman bolalar bog’chasidagi ta’limni ham mana shu omilga qo’shish mumkin. Til va uning konuniyatlari, nutq qoidalari o’rta maktabda ona tili va adabiyot darslarida o’qitiladi. Bolaning til egallashida boshqa fan darslarining rolini ham kamsitib bo’lmaydi. SHunga qaramasdan, o’rta maktabda nutq madaniyatini o’rganishning asosiy omili ona tili va adabiyot darslarida beriluvchi ta’limdir. Ayniqsa, bunda ona tili ta’limi yetakchi o’rinni egallaydi. 3. Til va nutq madaniyatini mustaqil o’qish, shug’ullanish orqali o’rganish. Tilni, nutq madaniyatini egallashda mustaqil o’qish, til va nutq ustida mustaqil ishlash muhimdir. Bu ish ikki xil xarakterlidir. Birinchisi, kishi tilga oid maxsus adabiyotlar, darslik va qo’llanmalar, lug’atlarni o’rganadi. Undagi til va nutqqa oid qonuniyatlarni egallaydi. Ikkinchisi, nolingvistik adabiyotlarni mustaqil o’qiydi va bu hol kishi nutqining o’sishiga, adabiy til me’yorlarini egallashga turtki bo’ladi. Mustaqil shug’ullanish adabiy tilni egallash, nutq madaniyati malakasini hosil qilishning muhim omilidir. CHunki bunda adabiy til me’yorlari ixtiyoriy, ongli ravishda o’zlashtiriladi. 4. Til va nutq madaniyatini egallashning ko’rinishlaridan biri nutqiy taqliddir. Har bir kishi o’zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va o’tkir gapiradigan kishilar nutqiga havas bilan qarashi va unga taqlid qilishga intilishi mumkin. Bu holda nutqiy taqlid – namunali til, nutq madaniyatini egallashga intilishning omillaridan biriga aylanadi. Namunali, yaxshi gapiruvchilar, odatda, radio va televidenie diktorlari, mashhur artistlar, badiiy so’z ijrochilari, ba’zi yozuvchilar, olimlar orasida uchraydi. O’z namunali nutqi bilan o’quvchilarda tilga, nutq madaniyatiga qiziqish uyg’otgan notiqlar va davlat arboblari, o’rta va oliy maktab o’qituvchilari oz emas. Keltirilgan barcha hollarda nutq madaniyatini egallash – bu ongli ravishda intilish va tinimsiz mehnatdir. CHunki nutq madaniyati malakasini busiz hosil qilib bo’lmaydi. SHunday qilib, tilni, nutq madaniyatini egallashning quyidagi bosqichlari mavjud: oila va atrof-muhitdan o’rganish; yasli, bog’cha ta’limi; o’rta maktab ta’limi; oliy maktab ta’limi; til ustida mustaqil shug’ullanish. Tilni egallash haqida gap borganda, ikki sifatiy narsani farqlamoq kerak. Birinchisi, umuman, o’zbek xalq tilini bilish, ikkinchisi, o’zbek adabiy tilini egallash. Nutq madaniyati shaxsning, umuman, tilni bilish darajasi bilangina emas, balki adabiy tilni namunali bilishi va undan nutqning og’zaki va yozma shakllarida namunali foydalana olish darajasi bilan o’lchanadi. Nutq madaniyatini egallash uchun nutqni o’stirishga oid bo’lgan adabiy til ie’yorlarini va unga vosita bo’luvchi narsalarni bilish ham muhimdir. Bular quyidagilar:
o’zbek tilining darslik va qo’llanmalari, o’zbek tili grammatiikalari, o’zbek tilining turli tipdagi lug’atlari; – o’zbek adabiyoti darslari, o’rta va oliy maktabda o’qitiladigan boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarga oid darslar va ular tili; o’zbek badiiy adabiyot tili; o’zbek matbuoti tili; o’zbek radiosi va televideniesi tili; – notiqlik san’ati yuzasidan o’qitiladigan fakultativ kurslar ta’limi va boshqalar. Xullas, nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa, adabiy til me’yorlarini egallash, ulardan o’rinli va unumli foydalana olishdir. Adabiy til, uning me’yorlari tizimi murakkab hodisa bo’lib, bu vositalarning qo’llanish xususiyatlari nutqning shakllariga, nutqiy uslublarning tiplariga ko’ra farqlanadi. Malumki, o’zbek adabiy tili ikki shaklga ega: yozma va og’zaki nutq. Har ikkala nutq xili uchun lisoniy asos – o’zbek adabiy tilidir. Og’zaki va yozma adabiy nutqni egallash uchun kishi quyidagi tomonlarga ham e’tibor bermog’i kerak: – kishi o’zining kundalik tiliga e’tibor qilmog’i, undagi yutuq va nuqsonlarni seza olmog’i kerak; –kishi tilga, uning qonun-qoidalariga ongli, ilmiy munosabatda bo’lmog’i lozim. Buning uchun o’sha til grammatikasini, fonetikasini, leksikologiyasini, stilistikasini yaxshi bilishi talab qilinadi; – kishi o’z yozma va og’zaki nutqi ustidan ongli nazorat o’rnata olmog’i lozim. Bu shaxsda o’z nutqidagi yutuq va kamchiliklarga tanqidiy yondasha olish ko’nikmasini yuzaga keltiradi; – kishida nutqiy did, tilning o’ziga xos nozik tomonlarini seza olish hissi bo’lmog’i kerak. Tilga did bilan yondashmasdan mustaqil notiq bo’lib yetishish qiyin; – nutq madaniyatini egallashning muhim shartlaridan biri tilga hurmat bilan qarash, unga muhabbat qo’yishdir; tilni o’rganish, nutq madaniyatini egallash kishi hayotining ma’lum davriga to’g’ri keladigan vaqtinchalik ish, bir fasllik tadbir emas, balki doimiy intilish va shug’ullanishni, bir umr takomillashtirib borishni talab qiluvchi hodisadir. Olimlarning qayd etishlaricha, nutq madaniyati adabiy tilni egallash va unda shunchaki to’g’ri gapirishdan iboratgina bo’lgan hodisa emas, balki u o’zining ma’lum sodda va murakkab bosqichlariga ega bo’lgan jarayondir. Mana shu nuqtai nazardan, nutq madaniyati ikki bosqichlidir: to’g’ri nutq va nutq madaniyati. Tilshunos L.I.Skvortsov bu bosqichlar mohiyatini shunday izohlaydi: “Nutq madaniyatidagi ilk bosqich – nutqning to’g’riligidir. Nutqning to’g’riligi adabiy til va uning me’yorlarini egallashdir. Nutqning to’g’riligi mohiyat e’tibori bilan maktab ta’limi predmetidir. O’rta maktab dasturi, umumiy tirzda, to’g’ri nutq malakasini shakllantirishni ko’zda tutadi. Adabiy tilni egallashning ikkinchisi, yuqori bosqichi to’la ma’noda nutq madaniyatidir. Nutq madaniyati haqida adabiy tilni o’rganish borasida ham, nutqning to’g’riligi (ya’ni adabiy til me’yorlarini egallash) borasida ham gapirish mumkin. Ammo nutq madaniyati bosqichida tilning variant vositalarini baholash boo’qacharoq bo’ladi, ya’ni yaxshi, yomon, aniq, o’rinsiz kabi mezonlar...” Xullas, nutq madaniyatining chinakam sohibi bo’lish uchun nutq madaniyatining har ikkala bosqichini mukammal egallash lozim. Ushbu darajaga erisha olgan har bir kishi, o’z navbatida, o’zbek adabiy tilining sust merosxo’rigina emas, balki o’zbek tilining sofligi va yanada rivoji uchun faol kurashuvchi shaxsga aylanishi shubhasizdir. CHunki inson hayotda lozim bo’lgan barcha narsa va qurollar kabi adabiy til ham doimiy g’amxo’rlikka, yordamga muxtojdir.
Download 1,46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |