O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchi nutq madaniyati fanidan o’quv- uslubiy majmua



Download 1,46 Mb.
bet36/49
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#77299
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
nutq.mad.majmua akbarjon

4-bosqich. Yakuniy (10 min.)

4.1. Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.

4.2. Mustaqil ishlash va bilimlarni mustahkamlash uchun savollar beradi.



4.1. Eshitadilar.

4.2. Topshriqlarni yozib oladilar.



5 - mavzu: Nutq madaniyati va uslubiyat.

REJA:

1. Til uslubiyati va nutq uslubiyati tushunchalari.

2. Uslub tushunchasining lingvistik mazmuni.

3. Tilning vazifaviy uslublari:

1. So’zlashuv uslubi;

2. Rasmiy ish qog’ozlar uslubi;

3. Ilmiy uslub;

4. Publitsistik uslub;

5. Badiiy uslub.

(Маъруза ривоят билан бошланади. 1-ловага қаралсин.)

Nutq madaniyati tushunchasining mohiyatini, ilmiy yo’nalish sifatida bu sohaning maqsad va vazifalarini aniqlash ko’p jihatdan nutq bilan nutqiy uslublar, nutq madaniyati sohasi bilan uslubiyat fani orasidagi munosabatni to’g’ri belgilashga bog’liqdir. Hozirga kadar bu ikki hodisa va tushuncha orasidagi umumiy hamda farqli tomonlar yetarli ravishda o’rganilgan emas. Ilmiy adabiyotlarda nutq madaniyati haqida gap borganda ko’p holda bu soha bilan uslubiyat birgalikda talqin qilinadi.

Bu ikki soha orasidagi munosabatni belgilashda fanda to’rt xil nuqtai - nazar oldinga suriladi:

1. Nutq madaniyati - bu uslubiyatning o’zidir;

2. Nutq madaniyati - bu amaliy uslubiyatdir;

3. Nutq madaniyati bilan uslubiyat o’zaro zich bog’liq bo’lgan sohalardir;

4. Nutq madaniyati va uslubiyat o’zaro zich aloqador, ammo har qaysi o’zicha mustaqil ilmiy sohalardir.

Keltirilgan qarashlarni tasdiqlaydigan ba’’zi fikrlarni qisqacha tahlil qilib ko’raylik. V.V.Vinogradovning nutq madaniyati muammosiga bag’ishlangan maqolalarida «til madaniyati» va «nutq madaniyati» atamalari baravar qo’llaniladi. Uiing fikricha, til madaniyati yoki nutq madaniyati deb yuritiluvchi fan nazariy amaliy sohadir. Bu soha adabiy til uslubiyatidan til uslubiyati bilan nutq uslubiyati oralig’ida turuvchi bir fan ekanligi bilan farqlanadi:

«Til madaniyati va nutq madaniyati haqidagi fan til uslubiyati va nutq uslubiyati bilan chegaradosh bo’lib nazariy va amaliy sohadir. U tilning keyingi davr rivojiga jonli va jadal ta’sir etish maqsadida adabiy tilning asosiy estetik me’yorlarini shakl va an’analarini badiiy adabiyot uslublari usuvi bilan bog’liq holda umumlashtiradi va xulosalaydi» va yanada takomillashtirish ishi qiziqtirmaydi. Uslubiyat uchun joriy harflar, imloviy me’yorlar va talaffuz shakllarining uslubiy vazifalari ahamiyatlidir. Nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng sohadir. Uslubiyat esa unga nisbatan olinganda anchagina tor, juz’iy sohadir.

Har bir vazifaviy uslubning o’ziga xos xususiyatlarini bilish uni ongli o’zlashtirish, egallash nutq madaniyatini ko’tarish uchun ahamiyatli ekani shubhasizdir. Masalan, ba’zi mualliflarning o’z ishlarini ilmiy til va uslub talablari darajasida yoza olmasligi, ularning ilmiy - publitsistik, ilmiy - ommabop uslubni tom ma’nodagi akademik ilmiy uslubdan farqlay olmasliklari, shuningdek, ba’zi badiiy asarlarni esa gazeta tiliga, ilmiy — prublitsistik uslubga yaqin bir tilda yozilganini yoki o’zbek tilida yozilayotgan rasmiy - idoraviy xujjatlar tilining rasmiy uslub me’yorlariga javob bera olmasligi, ular tilining pishshiq - puxta emasligi va boshqalar aslida ilmiy uslub, ilmiy — publitsistik uslub, ilmiy -ommabop uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub me’yorlari va ulardan foydalaning mezonini bilmaslik natijasidir. Mana shu ma’noda nutq madaniyatini ko’tarish aslida har bir aniq nutqiy uslubning o’ziga xos til madaniyatini ko’tarish hamdir. Vazifaviy uslublar ularning har biriga xoslangan til vositalari va bu vositalarni tanlash va qo’llash mezonini bilmasdan turib uslublarning til madaniyatini ko’tarish mumkin emas. Demak, adabiy tilni me’yorlash bo’yicha nutq madaniyati sohasida olib boriladigan ishlar va bu ishning natijalari har bir nutqiy uslub doirasida o’ziga xos gavdalanadi. Adabiy tilni me’yorlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar bu tilda mavjud bo’lgan vazifaviy uslubning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. SHu sababli ham adabiy tilning yagona, umummajburiy me’yorlarida sinonimiyaga, lug’aviy, morfologik va sintaktik variantlariga, fikrni parallel ravishda ikki xil ifodalash usullariga, so’z yasalishi, so’z ishlatilishida muayyan yaqinlikka yo’l qo’yiladi. Bunda ushbu nutqiy vositalarning turli uslublarda aniq bir uslubiy ehtiyojga ko’ra tanlanishi va qo’llanishi ko’zda tutiladi. Mana shu ma’noda nutqiy uslublar adabiy til (madaniy til) turg’un me’yorlarning ma’lum darajada nariantdor, ko’p qirrali va ko’p vazifali bo’lishini ham talab qiladi. Lekin nutq madaniyati (madaniy nutq) uchun birinchi iavbatda adabiy til doirasida shakllanuvchi uslublar - ilmiy uslub, ilmiy — ommabop uslub, rasmiy uslub, ilmiy-publitsistik uslub, adabiy — so’zlashuv uslubi, shuningdek badiiy uslub va ular tayanuvchi me’yorlar muhimdir.

Nutq madaniyati bilan uslubiyatning o’zaro munosabati haqida gap borganda til hodisasi bo’lgan nutq madaniyatini, nutqiy uslublarni ilmiy soha bo’lgan nutq madaniyati va uslubiyatdan farqlash lozim bo’ladi. Bularning birinchisi tabiiy holda real mavjud bo’lgan til hodisalarini anglatsa, ikkinchisi o’sha hodisalarni o’rganuvchi fan tarmoqlarini anglatadi.

SHunday qilib, nutq madaniyati bilan nutqiy uslublar teng hodisa bo’lmaganidek, tilshunoslikning nutq madaniyati uslubiyat deb yuritilayotgan sohalari ham batamom teng hodisalar emas. Ammo ular biri ikkinchisini to’ldiruvchi, o’zaro aloqador bo’lgan lisoniy muammolardir.

Kishilarning til birliklaridan, ya’ni fonetik, grammatik, lug’aviy va frazeologik vositalardan foydalanishda doimo o’ziga xoslik mavjud bo’lib, bu narsa so’zlovchining o’ziga xos uslubini ksltirib chikaradi.

Stilь, ya’ni uslub termini juda qadim zamonlardan buyon ishlatilib kelinayotgan bo’lib, u turli davrlarda turli sohalarda turlicha tushunildi va izohlandi. Aslida stilь grekcha stilos so’zidan olingan bo’lib, yozish uchun ishlatiladigan uchi o’tkirlashtirilgan tayokchani bildirgan. Qadimgi me’yorlash rimliklar, gretsiyaliklar uslubga kishilarni ishontirish san’ati sifatida qaraganlar. Hindlar uni nutqni bezash vositasi deb bilgan bo’lsalar, arablar bu so’z bilan o’zlarining diniy e’tikod va qoidalariga to’g’ri keladigan kiyimlarini ham atagan edilar. «Stilь» so’zining filologik termin sifatida ishlatilishi keyingi asrlardangina boshlandi.

Ko’plab adabiyotshunos va tilshunos olimlar mazkur tushunchaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Bu ta’riflarda bir - biriga karama - karshi fikrlar, masalaga turlicha yondoshishlar ham yo’q emas.

V.V.Vinogradov tomonidan berilgan ta’rif: «Uslub - bu jamoatchilik tomonidan anglab yetilgan vazifaviy jihatdan kelishilgan, qo’llanish vositalarining ichki uyushgan uslub yig’indisi, nutqiy muomala vositalarining u yoki bu umumxalq, umummilliy til doirasida, ifodaning ijtimoiy nutq amaliyotida xuddi shunday boshqa bir vazifani bajaradigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan vositalarga nisbatan tanlanishi va uyg’unlanishidir».

O’zbek tilshunosligida uslubiyatning nazariy masalalariga bag’ishlangap asarlar barmoq bilan sanarlidir. Bu asarlarning ba’zilarida uslub deganda ma’lum bir yozuvchining voqea-hodisani badiiy tasvirlash tarzi, til faktlariga murojaat qilishdagi o’ziga xos xususiyati nazarda tutilsa, ikkinchi bir xillarida so’zlar, grammatik shakllar va sintaktik qurilmalarning ko’chma ma’nolarda ishlatilishi uslubiy hodisa sifatida talqin qilinadi.

Tilshunoslikda aytilgan fikrlarga asoslanib uslub (stil) tushunchasiga shunday ta’rif berish mumkin. Uslub tilning jamiyat ijtimoiy faoliyatining ma’lum tomoni bilan bog’langan o’ziga xos lug’ati, frazeologik birikmalari, grammatik qurilmalari bilan nutqning xuddi shunday boshqa turlaridan o’z ichki xususiyatlari bilan tafovut qilib turuvchi kenja sistemasidir.

Lisoniy uslublar to’g’risida bahs yuritilganda asosan vazifaviy uslublar nazarda tutiladi.

Vazifaviy uslublar, ularning tasnifi masalasida «til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir» degan fikrdan kelib chiqish kerak. Til paydo bo’lgandanoq kishilar uchun xuddi shu vazifani bajara boshladi. Jamiyat taraqqiyoti bilan tilning ijtimoiy vazifasi ham taraqqiy etib, rivojlanib bordi. SHuning uchun ham vazifaviy uslublarni hosil qiluvchi asosiy omillar kishilarning ijtimoiy faoliyati va buning doiralari hisoblanadi.

Til uslublarining harakatda olinishi, aniq amalga oshishi nutq uslubi deb yuritiladi. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqining xarakteri nutqning qanday muhitda, qanday maqsadda bajarilayotganiga bog’liqtsir. Demak, ma’lum soha, sharoit, maqsad va vazifalar bilan bog’liq ravishda so’zlovchi tilning aniq vositalarini ishlatadi. Bu vositalarning aloqaning ayrim olingan bir sohasida doimiy ravishda ishlatilishi, boshqacha qilib aytganda, tilning bu vositalari uslubiy tarmoqlanishi natijasida vazifaviy uslublar shakllanadi.

Ilmiy adabiyotlarda, darsliklarda vazifaviy uslublarga nisbatan «til stillari», «nutq stillari», «funktsional nutq stili», «tilning stili», «nutqning stili» kabi atamalar ishlatiladi. Til va nutq uslublari, ularning tarkibi, bu uslublarning farqlari, mezonlari, og’zaki so’zlashuv nutqi, badiiy adabiyot tilining uslubiy makomi masalalarida ham olimlar bir fikrga kelishgan emas. Ko’pgana asarlarda «tilning vazifadosh uslublari», «nutqning vazifadosh uslublari» tushunchalari bir xil hodisa sifatida tushuniladi va tushuntiriladi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.

Bizningcha esa til uslublari atamasidan foydalana berish lozim.

Nutq uslublari deganda, til uslublarining aloqa jarayonida qo’llanilishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, nutq uslublari til uslublarining harakatdagi shaklidir.

Hozirgi vaqtda tilshunoslikda til uslublari tasnifida vazifaviy uslublar tan olinadi. Har biri alohida olingan uslub o’zining uslubiy buyog’i bilan boshqa uslublar uchun xos bo’lgan til birliklaridan farq qiladigan, u yoki bu darajada ular bilan uslubiy raqobat hosil qiladigan ma’lum bir sistemaga ega bo’ladi. Akademik V.V. Vinogradov aytganidek, tilning uch xil eng muhim ijtimoiy vazifasi mavjud: aloqa, xabar, ta’sir etish. Ana shu uch vazifani bajarishda tarixiy jihatdan tilning har biri o’ziga xos lug’aviy frazeologik va grammatik vositalariga ega bo’lgan kenja sistemalar shakllanadi. V.V.Vinogradovning bu umumiy tasnifi asosida til uslublari shunday turlarga ajratiladi:

1. So’zlashuv nutqi uslubi;

2. Ilmiy uslub;

3. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi;

4. Publitsistik uslub (ommabop uslub);

5. Adabiy - badiiy nutq uslubi.

So’zlashuv uslubi. So’zlashuv uslubi kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos amal qiluvidir.

Nutqda til unsurlarining ishtirok etishiga ko’ra kitobiy uslub sifatida qaraluvchi ilmiy, rasmiy ish qog’ozlari va publitsistik uslublarga so’zlashuv uslubi qarshi turadi deyish mumkin. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasida nutqiy aloqaning bevosita amalga oshuvi, nutqiy jarayonning oldindan tayyorlab qo’yilmaganligi, nutqiy munosabatda bo’layotgan kishilar o’rtasida rasmiy muolmalaning bo’lmasligi so’zlashuv uslubini boshqa vazifaviy uslublardan keskin chegaralaydi.

So’zlashuv uslubining yana bir farqi shundaki, unda lisoniy na nolisoniy omillarning munosabati boshqa uslublarga qaraganda mustahkamdir.

So’zlashuv uslubining o’ziga xosliklari:

1. Nutq ko’pincha elliptik xarakterga ega bo’ladi. So’zlashuv jarayonidagi vaziyatga ko’ra bayonotning ma’lum qismi nutqda koldirilib ketilaverilishi mumkin. Bunday holatda ham tinglovchilarga fikr tushunarli bo’ladi. Masalan, Qorami? Ko’kmi?

2. So’zlashuv nutqida til birliklari o’zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulgurmaymiz deyishdan ko’ra ulgurib bo’pmiz, ulgurmoq qayoqda, ulgurib ham bo’ldik kabi javob qaytarish bir muncha tabiiyroqdir.

3. Ohangning ahamiyati nihoyatda katta bo’ladi. Nutqiy ohang og’zaki nutqning amalga oshuvida til birliklaridan keyingi muhim hal qiluvchi vosita bo’lib, nutqning tezligi pauza, ton, melodiya, tovush tembri, mantiqiy urg’u va so’z urg’usi kabi intonatsiyaning ko’rinishlari ma’noni farqlashda, uning qirralarini ajratib ko’rsatishda, xayajonni kuchaytirishda katta xizmat qiladi.

So’zlashuv uslubi fonetik, leksik, grammatik o’ziga xosliklarga ham ega.

Nutqda tovushlarning uyg’unlashuvi (assimilyatsiya - ketti, yigichcha), bir tovush o’rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi (dissimilyatsiya - zaril), tovushlarning o’rni almashishi (metateza -turpoq), tovushlarning orttirilishi (proteza - uramol, epenteza -fikir, epiteza - kioska) yoki tushirilib qoldirilishi (prokopa-irik, sinkopa - direktir, apakopa - gazet, reduktsiya - bo’rni) kabi fonetik hodisalar so’zlashuv uslubida namoyon bo’ladi.

Barcha vazifaviy uslublar uchun umumiy bo’lgan adabiy xolis lug’aviy qatlam so’zlashuv nutqi uchun ham xosdir. So’zlashuv uslubi lug’aviy qatlamida kundalik turmush muomapasida faol qo’llanadigan so’zlar va ekspressiv buyoqqa ega bo’lgan so’zlar ko’zga tashlanib turadi.

Bu uslub o’ziga xos frazeologizmlar, ideomatizmlarga ham boy.

So’zlashuv uslubida ikki yoki uch so’zdan tashkil topgan nomlar birgina so’z bilan, hatto birgina bo’g’in bilan almashtiriladi: Alibek - Bek, Gulnoza - Gulnoz.

So’zlarni metonimik qo’llash keng tarkalgan: Zal kuldi, bugun bizda kengash kabilar.

So’zlashuv uslubi uchun bog’lovchisiz qo’shma gaplar xos. Sodda gaplar ko’pincha fe’l bilan ifodalangan kesimining yo’qligi bilan xarakterlanadi. Masalan: Biz siznikiga; Men, odatda ishga avtobusda, ishdan piyoda kabi.



Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir. Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:

1. Axborotning ob’ektivligi, aniqligi;

2. Nutqning ma’lumotlarga boyligi;

3. Fikrning qisqa, lo’nda ifodalanishi.

Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarning ifodalovchi atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.

Ilmiy uslub leksikasi ko’proq kitobiy, neytral so’zlarni to’g’ri ma’nosida qo’llash xarakterlidir. Bu uslub uchun begona unsurlarni, tilning obrazli vositalarini qo’llash xarakterli emas.

Ilmiy uslub o’zining quyidagi morfologik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:

1. Turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko’p ishlatilishi;

2. Adabiy tilda odatda birlik shaklda qo’llanuvchi sanash mumkin bo’lmagan narsalarni «nav», «tur» ma’nosida ko’plik affiksi bilan ishlatish (suvlar, moylar);

3. Otlarni asosan birlikda ishlatish.

Ilmiy uslubning sintaktik xosligi shundaki, qo’shma va murakkab gaplarga tez-tez murojaat qilinadi.

Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi uchun boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun shunday qilib, shu sababli, ko’rinadiki, shunga ko’ra, aytilganlarga ko’ra kabi so’z va so’z birikmalarining qo’llanishini shartlab qo’yadi. Ko’p qo’llanadigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak tipidagi kirish bo’laklari ham yuqoridagi maqsadlarga buysundirilgan bo’ladi. Ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi.



Publitsistik uslub. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondentsiya, maqola, ocherk, felьton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko’rinadi.

Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik uslub ijtimoiy - siyosiy bilimlarni targ’ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang - barangligi orqali kishilar ongiga ko’proq ta’sir etadi.

Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o’rinlaridan birini egallaydi, ya’ni qisqa, lo’nda, tushunarli, yorkin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.

Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o’rin egallaydi. CHunki gazeta va publitsistika bir-biri bilan chambarchas bog’liq. SHu bilan birga gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog’i hisoblanadi.

Publitsistik uslubning o’ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba’zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe’lning shart mayli shakllarining almashilib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir sostavli gaplarning qo’llaning darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq.

Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko’pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir.

Publitsistik uslub morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi. Morfologik uslublardan biri so’z yasalishida ko’zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so’zlar tarkibi o’zbek tilidagi qo’shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, paxtashunos; - lik qo’shimchasi bilan so’z yasash ham anchagina: ilg’orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik.

Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlari:

1. So’roq gaplar ko’p ishlatiladi;

2. Uyushiq bo’lakli gaplar keng qo’llaniladi;



3. Undov gaplar ko’p ishlatiladi;

4. Kirish bo’lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo’llaniladi;

5. SHaxsi umumlashgan gaplar ko’p ishlatiladi.

Badiiy uslub. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lug’aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga - estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining uchiga xos xususiyati deb qarash kerak bo’ladi.

Badiiy adabiyot tili adabiy til bilan birga umumxalq tili boyliklarini ham qamrab oladi. Ya’ni, asarning janr va mavzu shlabi bilan yozuvchining individual uslubiga bog’liq holda badiiy nutqdan umumxalq tilidagi barcha lug’aviy qatlamlar ishtirok etaveradi. Masalan, adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dag’al so’zlardan, eskirgan so’zlardan, oddiy so’zlashuv tili elementlaridan foydalaning maqsadga munofiq bo’lmagani holda ularni badiiy nutqda o’rni bilan qo’llash mumkin.

Badiiy adabiyot tilining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, so’z san’atkorlari faqatgina umumxalq tilida mavjud bo’lgan so’z va iboralardangina foydalanib qolmasdan, ularni qayta ishlab, yangi-yangi ma’nolarda qo’llaydilar, ma’nolarni kengaytiradilar, boyitadilar. Tilimizning ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi so’z va iboralar yaratadilar.

Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to’laligicha badiiy nutq uslubida namoyon bo’ladi deyish mumkin. Vazifaviy uslublarning hech birida badiiy nutq uslubidagichalik, til uning tuzilish jihatlari, lug’at tarkibi, ya’ni so’zning ma’no (boyligi va rang-barangligini, to’g’ri va ko’chma ma’nolarini namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya’ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok etolmaydi. Badiiy nutq doirasida til vositalari ma’lum qonun-qoidalarga amal qiladi, ana shu qonun-qoidalar uni boshqa uslublardan chegaralashga farqlashga imkon beradi.

Badiiy nutq uslubining o’ziga xos lug’aviy va grammatik xususiyatlari mavjud.

Badiiy uslubda so’z ma’nolarining kengayishi, o’zgarishi, ko’p ma’noli bo’lishi va hatto lug’atlarda qayd etilmagan ma’nolar kasb etishi qonuniyat sanaladi.

Lug’aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham badiiy nutq uslubining asosiy belgilaridandir.

Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, grammatik shaklning barcha ko’rinishlari - sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan qo’llanaveradi. Masalan:




Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish