O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet66/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Egalik kategoriyasi. Bu kategoriyaning ko‘rsatkichlari quyidagi: -(i)m, -(i)miz, -(i)ng, -(ing)iz, -(i)si. Egalik affiksi tarkibida beriluvchi [-lar] shaxs haqida emas, balki egalik qilinayotgan narsa/predmet haqida ma’lumot tashigani, shu narsaning ko‘pligiga ishora qilganligi tufayli uni bu kategoriya bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Masalan, ...Antey kuchni yerdan oladi, Said Ahmad ...ularning maqtovlaridan. Maqtovlari so‘zshaklidagi (-lar) maqtovning ko‘pligini ko‘rsatmoqda.

Bu kategoriya shaxs va son ma’nosi bilan uzviy bog‘langan. Shu boisdan egalik kategoriyasi (qisq. EK)ning barcha ko‘rsatkichida bir vaqtning o‘zida shaxs ma’nosi ham, son ma’nosi ham ifodalanadi. Holbuki, bu ma’nolar ushbu kategoriyadan tashqarida ham mavjud (masalan, kishilik olmoshlarida, kesimlik kategoriyasida, shuningdek, otning son kategoriyasida va h.). Aslida shaxs-son ma’nosini ifodalash uchun kishilik olmoshi xoslangan. Ulardan boshqa lisoniy birliklardagi shaxs-son ma’nosi olmosh mohiyatining tajallilari. Demak, EKning mohiyatini shaxs-son ma’nosining qo‘llanilishi bilan bog‘liq o‘ziga xos holatdan tashqaridan qidirmoq lozim bo‘ladi.

EK asosidagi sintaktik qurilma rang-barang ma’noni anglatadi. Bu rang-baranglik shaxs-son, aniqlik/noaniqlik kabi tajalli ma’no, tobe so‘zning kelishik shakli, birikuvchi so‘zlarning semantikasi kabi omil bilan bog‘liq. Masalan, (g‘amim) so‘zshakli kontekst bilan bog‘liq ravishda ikki xil ma’no anglatadi: g‘amimni yedim – g‘amimni yeding. Shu boisdan EKning faqat sintaktik xususiyati uning mohiyatiga daxldor. Zero, EK UGMsidagi kategorial ma’no sintaktik tabiatli, undan anglashiladigan turli ma’no yondosh va hararoh ma’no. Xususan, «shaxs-son» ma’nosi EK uchun yondosh, shaxs-son kategoriyasi uchun kategorial.

EKning sintaktik (kategorial) mohiyati - «keyingi mustaqil so‘zning oldingi ifodalangan (a) yoki ifodalanmagan (b) mustaqil so‘zga sintaktik munosabatini ko‘rsatish. Masalan, a) mening kitobim, mening borganim, kelishning azobi; b) sevinchim, ishing;

EK qaratqich kelishigi va bosh kelishik shakli bilan zich munosabatda bo‘ladi. Aniqrog‘i, egalik affiksi bilan shakllangan so‘zdan oldingi, unga tobe so‘z qaratqich (a) yoki bosh kelishikda (b) bo‘lishi mumkin: a) mening kitobim, kitobning varag‘i; b) mart oyi, dam olish kuni, qish payti. (Keyingi birikuvlardagi bosh kelishik shaklini belgisiz qaratqich kelishigi sifatida tan olish ham uchrab turadi.)

Ko‘rinadiki, egalik ma’nosi uch xil usul bilan ifodalanadi:

1) morfologik usulda egalik ma’nosi egalik shakli bilan ifodalanadi, ammo qaratuvchi so‘z keltirilmaydi: kitobim, o‘qiganing, taq-tuqi.

2) morfologik-sintaktik usul. Bunda egalik subyekti qaratqich kelishigida, egalik obyekti egalik shaklida bo‘ladi: mening kitobim, sening o‘qiganing, bolg‘aning taq-tuqi, gulning qizili.

3) sintaktik usul. Bunda egalik subyekti qaratqich kelishigida, egalik obyekti egalik shaklisiz bo‘ladi: bizning uy, sizning ko‘cha.

Modal ma’no EK uchun nokategorial, ya’ni hamroh ma’no bo‘lib, u o‘zining grammatik kategoriyasiga ega emas. I shaxs birlik, III shaxs qo‘shimchasidan boshqasi modal ma’no ifodalaydi. «Sizlash», «sensirash», «kamsitish», «kesatish», «hurmat» kabi qator ma’nolar modal ma’no. Bu, ayniqsa, ko‘plikda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Akamning kitoblari, dadamning mashinalari kabi.

Egalik qo‘shimchalarining xususiy qo‘llanishida «butun-qism» ma’nosining yuzaga chiqishini ham kuzatish mumkin: o‘quvchilarning biri, talabalarning a’lochisi, odamlarning o‘qigani kabi.

EKning UGMsi kategorial va yondosh ma’no asosida bir necha OGMga ajraladi:

1) «qarashlilik/mansublik»: Ilhomning kitobi, bolaning otasi, qo‘yning boshi;

2) «foil-harakat»: Adibaning kulishi, sening qarishing;

3) «aniqlanmishni aniqlovchiga bog‘lash»: qovun bozori, go‘sht do‘koni.

Bu OGMlarning har biri bog‘lanayotgan so‘zlarning xususiyatiga bog‘liq ravishda qator XGMlarda yuzaga chiqishi mumkin: bolaning otasi, gulning bargi, Mohigulning kitobi, qizlarning bittasi. Masalan, bola va ota orasida qarindoshlik munosabati bo‘lganligi sababli ularning ifodalovchilari bo‘lgan (bola) va (ota) so‘zi egalik shakli bilan bog‘langanda, XGM «qarindoshlik» bo‘ladi. Ilhomning kitobi birikuvida uch xil XGM yuzaga chiqadi: «Ilhom yozgan kitob», «Ilhomga qarashli kitob», «Ilhom haqidagi kitob».

EKning ikkinchi OGMsi bog‘liq qurshovda – aniqlanmish vazifasida harakat nomi, sifatdosh, ba’zan fe’ldan yasalgan ot kelgan so‘z birikmalarida voqelanadi. Bunday birikmalarda aniqlanmish harakat-holat ma’nosida, qaratqichli aniqlovchi esa foil/subyekt ma’nosiga ega bo‘ladi: Sitoraning kelishi, Muniraning aytgani kabi.

EKning uchinchi OGMsi so‘z birikmalari tuzish, so‘zlararo sintaktik aloqani o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Misollar: Astrobodning bir kuni bir yilga teng. (Oyb.) Oygulning yo‘qligidan bo‘ldi.

EK shakllarining sintaktik vazifa bajarishi – otli birikma hosil qilish vazifasi asosida tadqiqotchilar turkiy tillar so‘z birikmalari tizimida ham, gap qurilishida ham alohida qurilish – possesiv (qarashlilik) qurilishi mavjudligini qayd etadi va possesiv qurilish nominativ qurilishga qarama-qarshi qo‘yiladi. Haqiqatan ham, istagan turdagi gap qaratuvchi birikma variantiga ega bo‘lishi mumkin: qizlardan bitta – qizlarning bittasi, molga qul – molning quli, vatan uchun kurash – vatan kurashi, qizil gul – gulning qizili.

EKning sintaktik funksiyasi ayrim so‘zlar tarkibida butunlay so‘nib ketadi: kechasi, o‘rni, qaysi kabi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish