O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


-ma’ruza. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar



Download 1,5 Mb.
bet64/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

23-ma’ruza. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar.

Reja:

  1. Hozirgi o‘zbek tilida sintaktik(aloqa-munosabat) kategoriyalar turlari

  2. Kesimlik kategoriyasining ifodalanishi.

  3. Egalik kategoriyasining xususiyatlari.

  4. Kelishik kategoriyasi va uning funksional shakllari.

Aytilganidek, aloqa-munosabat (sintaktik) kategoriyalari so‘z turkumiga emas, balki gap bo‘laklariga, so‘zning sintaktik mavqeiga xos. Aniqrog‘i, so‘z ma’lum bir turkumga xos bo‘lganligi uchun emas, balki qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganligiga, gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganligiga qarab aloqa-munosabat shaklini qabul qiladi. Biroq bunda so‘z turkumining ko‘proq qaysi gap bo‘lagi vazifasiga xoslanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, ot turkumi ko‘proq tobe mavqeda kelib, ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Kesim vazifasida kelishga esa fe’l turkumi xoslangan. Shuning uchun bu bir qarashda kelishik otga, kesimlik shakli esa fe’lga xosdek tasavvur uyg‘otadi. Bu – grammatik illuziya. Aslida barcha mustaqil so‘z turkumining barcha gap bo‘laklari vazifasida kela olishi haqidagi «aksioma» mazkur shakllarning so‘z turkumlariga munosabatini yaqqol namoyon qiladi.

So‘z turkumining gap bo‘laklari vazifasiga xoslanishi turlicha ekan, aloqa-munosabat shaklining ularning har biridagi voqelanishi o‘ziga xos. Quyida har bir so‘z turkumi misolida bu o‘ziga xoslik tahlil etiladi.

Aloqa-munosabat shaklining fe’lda voqelanishini kesimlik kategoriyasidan boshlash maqsadga muvofiq. Zero, fe’l – kesim vazifasida kelishga eng ko‘p xoslangan so‘z turkumi.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish