O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet65/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Kesimlik kategoriyasi. Ma’lumki, kesim gap bo‘lagi sifatida dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‘rin tutadi. Uning mavqei turkiy tillarda, ayniqsa, muhim.

Turkiyshunoslikda ham, o‘zbek tilshunosligida ham kesimlik kategoriyasini maxsus morfologik kategoriya sifatida ko‘rsatish urf bo‘lmoqda. Zero, u aloqa-munosabat shakllari sirasida to‘liq sintaktik funksiya bajarishi bilan ajralib turadi. Turkiy tillarning asosiy xususiyati shunda. Chunki aloqa-munosabat kategoriyalari sirasidagi kelishik va egalik so‘zlarni bog‘lashga xizmat qilsa va ko‘p hollarda gap bo‘laklarini belgilamasa, kesimlik shakllari so‘zlarga alohida sintaktik vazifa beradi. Boshqacha aytganda, «gap bo‘laklarini shakllantirish» belgisi ostidagi ziddiyatda kesimlik kategoriyasi bu belgiga to‘liq egaligi bilan ajralib turadi. Egalik kategoriyasi esa gap bo‘laklarini belgilamaydi, balki faqat so‘zning sintaktik munosabatini ko‘rsatadi. Kelishik kategoriyasi bu belgiga majhul munosabatda. Chunki masalan, o‘rin-payt kelishigidagi so‘z hol vazifasida ham, boshqa vazifada ham bo‘lishi mumkin. Qiyoslang: Akam shaharda yashaydi (shaharda – hol). Shaharda yashaydigan akam keldi (shaharda aniqlovchining tarkibiy qismi, hol emas). Bosh kelishikdagi so‘z ega vazifasida ham (Akam keldi), egadan boshqa vazifada ham (Akam o‘qigan kitob) kela oladi. Shuningdek, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari ham muayyan gap bo‘lagini shakllantirmaydi.

Kesimlik kategoriyasining ma’nolari murakkab bo‘lib, ular quyidagilardir:


  1. tasdiq/inkor ma’nosi;

  2. mayl ma’nosi;

  1. zamon ma’nosi;

  2. shaxs ma’nosi;

  3. son ma’nosi;

k) kesimni shakllantirish va uni gapning egasi va hol bilan bog‘lash.

Demak, kesimlik kategoriyasida beshta ma’noviy xususiyat va bir sintaktik vazifa mujassam. «Tasdiq/inkor, mayl-munosabat, zamon, shaxs, son, ma’nosini ifodalab, kesimni shakllantirish va uning gap kengaytiruvchilari (ega, hol) ga sintaktik munosabatini ko‘rsatish» – kesimlik kategoriyasining UGMsi.

Kesimlik kategoriyasi shakllari uchun shaxs, son, zamon, mayl, tasdiq/inkor ma’nolarini yaxlit ifodalash xos bo‘lib, bu ma’no bir qo‘shimcha bilan ham, bir necha qshimcha bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, kitobni o‘qi gapida (o‘qi) so‘zshakli ikkinchi shaxs, birlik, hozirgi-kelasi zamon, tasdiq ma’nolari voqelangan bo‘lib, bitta nol shakl bilan yuzaga chiqqan. Otam – ishchi gapida ham shunday hol kuzatiladi. Kitobni o‘qimadingiz gapida shaxs-son ma’nosi (-ingiz), inkor ma’nosi (-ma), zamon ma’nosi (-di) shakli bilan alohida-alohida ravishda ifodalangan.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish