O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet62/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Olmosh

Qo‘shma



Juft

Takroriy


2. Ko‘rsatish


ana bu,

mana u


u-bu


o‘sha-o‘sha, shu-shu

4. So‘roq

nima uchun, nima maqsadda

-

kim-kim, nima-nima?

5. Belgilash

har kim, har nima

-

barcha-barcha, butun-butun

6. Bo‘lishsizlik

hech kim, hech nima

-

-

O‘zbek tilida olmoshning yasalishi masalasi munozarali. Olmoshning yasalish xususiyati tadqiqi tilshunosligimiz oldida turgan vazifalardan.



Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi (pronominalizatsiya)

Nutqdagi ma’lum sharoitga qarab ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib abstraktlashadi, umumlashadi – olmoshga yaqinlashadi. Bu hodisa tilshunoslikda pronominalizatsiya deyiladi. (pronom-lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi). Bu hodisa tufayli ot narsani, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, olmoshlarga o‘xshab ularga ishora qiladi. Masalan, odam, kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh vazifasida qo‘llanadi. Masalan: Uning ko‘nglini olishga bir inson topilmadi (hech kim topilmadi). Sizni bir odam chaqiryapti (sizni kimdir chaqiryapti). Yaqin kunda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarimiz tubandagilardan iborat (shulardan iborat).

Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so‘zlar olmoshga ko‘chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, narsa, ish: Shularni ko‘rib hayron qolasan kishi. Kecha yomon bir ish bo`ldi.. 2) sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi: Ba’zilar bu qoidalarga rioya qilishmaydi. 3) son: bir: Sizni kabinetda bir odam kutyapti. Umuman olganda, bir, bar, hech so‘zlari bilan keladigan ko‘pgina so‘zlar olmoshga ko‘chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.

Eski o‘zbek tilida men olmoshi o‘raida kamina (hozir ham ishlatiladi), kaminai kamtarin, bandai ojizingiz kabi so‘zlar ham qo‘llangan.



Faqir birinchi shaxs o‘rnida yoki «men», «sen» olmoshlari bilan birgalikda ishlatilib, so‘zlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi. Masalan: Tabibiy entikdi: - Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi.

Kamina kamtarlik yoki odob yuzasidan «men» so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Masalan: Kaminaning sizga bo`lgan hurmati g‘oyat samimiy. Kamina ham suhbatlaringizni sog‘ingan ekanman. (P.Qodirov). Xiva xonining saroyida ham kaminaning ko‘z-quloqlari bor. (Sh. Toshmatov).

Banda (bandai ojizingiz) so‘zi o‘zini kamtar tutish, murojaat qilayotgan shaxsga hurmat bildirish ma’nosini ifodalaydi. Masalan:-Amirim,-dedi mo‘ysafid soqolini tulamlab, - bu xokisor bandangizning (bandai ojizingizning) bir qoshiq qonidan keching. (P.Qodirov).


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish